rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek
g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy
moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti
323
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida
tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali
investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish;
ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini
ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan
moliyalashtirish;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda
strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat
dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat
byudjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant
asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish);
tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya
dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta
jihozlash,
ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish,
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish
hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni
qo’shma moliyalashtirish;
Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq
bo’lgan xarajatlarni qoplashga.
Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha
Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari
bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida
ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va tijorat banki
o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo’yicha alohida
belgilanadi.
Ajratilgan mablag’larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan
holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to’lovlar bo’yicha
324
qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag’lar hajmining
10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.
Jamg’arma mablag’lari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import
kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi
tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank
tomonidan, avans to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: