Badiiy gimnastika va raqs elementlari.
Musiqa jo‘rligidagi
mashqlarni bajarish; qadamlarda sakrab oldinga va o‘ng tomonlarga yurish;
qo‘l va oyoq harakatlarini musiqaga moslab borish; milliy musiqa ritmlarini
ijro etish: “Andijon polkasi”, “Lazgi”; Ritmik gimnastika elementlari va
ayrobika; “Vals”, “Polka qadamlari”; “O‘rdakchalar raqsi”.
II bob. YENGIL ATLETIKA
(8 soat)
Yurish. Turli
sur’atda masofa bo‘ylab harakatlanib tez yurish; harakat
tezligini o‘zgartirib yurish; qo‘lni har xil holatda tutib yurish; yarim
cho‘qqayib keng qadamlab yurish mashqlarini bajarish; mo‘ljalga yugurish;
yo‘lakcha chizig‘i bo‘ylab yurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |