Biosferada hayotning chegaralari
Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan bo`lib,
bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kraterlari mustasno.
V.I. Vernadskiy o`z vaqtida hayot biosferaning barcha yerida mavjud ekanligini
ko`rsatib o`tgan edi. Uning fikricha tirik organizmlar turli muhitga
moslashaoladigan bo`lganlari uchun ham ular tobora yangi muhitlarni
o`zlashtiraboradilar. Darhaqiqat, hayot dastlab suvda paydo bo`lib, keyinchalik u
quruqlik va havo muhitiga ham tarqaldi. Lekin u bu bilan to`xtab qolmadi.
Hozirgacha fanga tirik organizmlar 180
0S
gacha issiqlik muhitida yashayolishlari
ma'lum edi. Yangi ma'lumotlarga ko`ra ular 1001
0S
issiqlikkacha chidayolishlari
bashorat qilinmoqda.
Tirik organizmlarning bosimga chidayolish diapazoni ham keng. Ular
vakuum sharoitidagi butunlay bosimsiz muhitda ham, bosimi minglab
atmosferaga teng bo`lgan muhitda ham o`z hayot faoliyatini saqlay oladilar. Ba'zi
bakteriyalar hatto 12 ming atmosfera bosimiga ham chidayolishlari aniqlangan.
Tirik organizmlar shuningdek muhitning ximizmiga ham chidamlidirlar.
Biosferaning dastlabki organizmlari butunlay kislorodsiz muhitda yashaganlar.
Ba'zi organizmlar (masalan, nematodlar) hozir ham anaerob sharoitida
yashaydilar. Ba'zi mikroorganizmlar turli tuzlar va kislotalarning eritmasida ham
yashayoladilar (masalan, oltingugurt va azot bakteriyalari). Ayrim organizmlar
radioaktiv nurlanishga chidamlidirlar. Masalan, ko`pchilik infuzoriyalar
radiatsiyaning fani Yer yuzidagi o`rtacha fondan 3 mln. baravar yuqori bo`lgan
sharoitda ham yashayoladilar. Ba'zi bakteriyalarning hatto yadro reaktorlari
ichida ham topilishi biosferada hayot chegaralarining nihoyatda keng ekanligini
yana bir bor tasdiqlaydi.
Biosferaning hayot chegarali shartli ravishda quyidagicha qabul qilingan:
pastki chegara – harorati 100
0S
gacha issiq suvga ega bo`lgan yer osti qatlamidir.
Bu qatlam ba'zi joylarda 10-15 ming metr chuqurlikkacha bo`lib, unda ayrim
bakteriyalar yashayolishi aniqlangan; yuqori chegara – yerdan 25-35 km.
balandlikda joylashagan ozon pardasi hisoblanadi. Undan yuqorida quyoshning
ultrabinafsha nurlari ta'siridan organizmlar yashayolmaydi (kosmonavt va
astronavtlar bundan mustasno).
Tirik organizmlar biosferada keng tarqalgan bo`lsalarda, ularning zichligi
barcha joyda bir xil emas. Ular Yer sirtining yaqinida ya'ni tuproqning yuza
qatlami, hamda atmosferaning pastki qatlamida nisbatan zich joylashganlar.
Lekin Yer sirtining barcha joyida ham bir xil zichlikda joylashmaganlar.
Organizmlarning zichligi yer ustining yashash sharoiti qulay bo`lgan joylarida,
dengiz va okeanlar suvining o`rta va ustki qatlamlarida, shuningdek suvlik,
quruqlik va havo muhiti to`qnash kelgan joylar hisoblanmish dengiz va
okeanlarning litoral zonalarida (qirg`oqqa yaqin yerlar), kurfazlarda hamda
estuariyalarda (daryolarning quyilish joyi) yuqori bo`ladi. Sahrolarda, tundrada,
okean tubida va baland tog`larda esa ularning zichligi nisbatan past bo`ladi.
Biosferada moddalar aylanishi
Biosferada hayotning davom etishi uchun unda moddalarning beto`xtov
aylanib turishi zarur. Ayniqsa kislorod, uglerod, azot va suvning
tuproq(organizm( organizm
tuproq; organizm
havo
organizm;
yer
havo
organizm; yer
havo
yer; yer
suv
yer; suv
havo
suv
printsipida aylanib turishi alohida ahamiyatga ega bo`lib, bu aylanishlar Quyosh
energiyasi yordamida amalga oshadi.
Biosferada moddalar aylanishi 2 xil bo`ladi – geologik (katta) aylanish va
biologik (kichik) aylanish.
1.Geologik modda aylanishi - tabiatda suv va havoning aylanishida
namoyon bo`ladi. Har yili Quyoshdan Yerga katta miqdorda energiya yetib
keladi. Bu miqdor o`rta kengliklarning har gektariga yilida 9 mlrd kaloriyaga teng
bo`lib, bu energiyaning teng yarmi Yerdan suv bug`lanishiga sarf bo`ladi. Suv
tabiatda Yer bilan havo o`rtasidagi katta doirada aylanib turadi. Suv bug`lari
quruqlik va suvlik yuzasidan havoga ko`tarilib, yog`inlar sifatida yana qaytib
tushadi. Bu miqdor yiliga qariyb 520 ming km3 ga tengdir. Soddaroq qilib
aytganda, shuncha suv bilan Yer shari sirtini 10m. qalinlikda qoplash mumkin.
Suvning geologik doira bo`ylab aylanishida u bilan birga unda erigan
mineral moddalar ham aylanib, shamol yordamida bir yerdan boshqa yerga
ko`chib yuradi.
2.Biologik modda aylanish – moddalarning tirik organizmlar hamda ular
bilan abiotik muhit o`rtasida aylanishidir. Biologik aylanish geologik aylanishdan
keskin farq qiladi. Geologik aylanishda moddalar shunchaki bir joydan boshqa
joyga shunchaki ko`chib yursalar, (masalan, yerdan havoga va yana yerga)
biologik aylanishda ular ko`chish bilan birga sintezlanib-parchalanib turadilar.
Bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan bu ikkala jarayon tiriklik asosini tashkil qiladi.
Yana shuni aytish joizki, geologik aylanish juda katta miqdordagi energiyani talab
qilsa, biologik aylanishda energiya sarfi juda kam. Buning uchun Quyoshdan
yetib keladigan energiyaning 0,1-0,3 % kifoya. Bu – fotosintez uchun
sarflanadigan energiya bo`lib, biologik modda aylanish ana shu jarayondan
boshlanadi. Biologik modda aylanishda quyosh energiyasi nafaqat sarf bo`ladi,
balki shu bilan birga u hosil bo`ladigan organik moddalar tarkibida bog`lanib ham
qoladi. Toshko`mir yoki yog`ochni yondirganda ajralib chiqadigan issiqlik va
yorug`lik ana usha bog`lanib qolgan energiyaning erkin holda chiqib ketishidir.
Biosferada mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va qayta
tiklanish jarayonlari uzluksiz davom etadi. Qayta tiklovchi mikroorganizmlar
geterotrof bakteriyalar bo`lib, ular oksidlar tarkibidagi azot va oltingugurtni
ajratib chiqaradilar. Oksidlovchi mikroorganizmlar esa avtotrof va geterotrof
bakteriyalar bo`lib, avtotrof organizmlar o`z to`qimalarida oltingugurt, azot,
temir, marganets va boshqa moddalarni to`playdilar. Ularning o`liklari to`planib
qolib, aerob sharoitda temir va temir-marganets rudalarini, anaerob sharoitida esa
metall sulfidlarini hosil qiladi. Geterotrof mikroorganizmlar va zamburug`lar esa
o`lgan organizmlar tarkibidagi organik moddalarni oddiy minerallarga
parchalaydi. Bu minerallar o`z navbatida yana avtotrof organizmlar tomonidan
organik moddalarga sintezlanadi, ya'ni biologik modda aylanish zanjiriga
qaytariladi.
Erkin kislorod atmosferada asosan fotosintez jarayonida hosil bo`ladi.
Bundan tashqari ozroq miqdordagi erkin kislorod atmosferadagi suv bug`i
molekulalarining Quyosh nuri ta'sirida atomlargacha parchalanishidan ham hosil
bo`ladi. Aynan ana shu kislorod dastlabki yashil o`simliklarning paydo bo`lishida
muhim rol o`ynagan.
Tabiatdagi erkin kislorodning qariyb barchasi oksidlanish jarayoniga sarf
bo`ladi va faqat juda oz miqdori ozon pardasini hosil qilishda ishtirok etadi.
Nafas olish va yonishda hosil bo`ladigan uglerod oksidlari yashil
o`simliklar tomonidan parchalanib, atmosferaga erkin kislorod chiqariladi. Bu
jarayon uzluksiz tsiklda davom etadi. Avtotrof organizmlarda kislorod va
karbonot angidridning bunday aylanib turishi tirik organizmlarni ham kislorod va
ham ozuqa bilan muttasil ta'minlab turadi.
Karbonat angidrid atmosferaga organizmlarning nafas olishida ajralib
chiqadi. Bir qism karbonat angidrid vulqonlar otilishida yer qa'ridan chiqadi. U
shuningdek yer po`stlog`ining yoriqlaridan ham doimo chiqib turadi.
Atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidridning barchasi organik moddalar
sinteziga, tog` jinslarining nurashiga va karbonatlar hosil bo`lishiga sarflanadi.
Moddalarning yuqorida aytilgan tartibda geologik va biologik halqada
aylanib turishi biosferada tabiiy muvozanatni saqlaydi va hayotning uzluksizligini
ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |