1.3. TT oraliq muhit (Middleware) ining o‘rni va axamiyati
Ko‘plab taqsimlangan ilovalar tarmoq operatsion tizimi tomonidan taqlif
etilgan dasturiy interfeysdan bevosita foydalanish imkonini beradi. Ko‘pincha
aloqa turli mashinalardagi jarayonlarga xabar almashishi imkonini beruvchi
“soket”lar bilan operatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari ilova tez-
tez lokal fayl tizimi interfeysidan ham foydalanadi. Bunday holatda ilova va
tarmoq operatsion tizimi orasida dasturiy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha
abstraktni ta’minlovchi oraliq sathi yotadi.
Ko‘pgina ilovalar uchun oraliq qatlam DT ni taqdim etuvchi dasturiy
interfeys aslida hisoblash muhitini tavsiflaydi. Masalan, ko‘pgina ilovalar
to‘rtinchi avlod tili (4GL), tranzaksiyalarni qayta ishlovchi monitorlar (TP) (IBM
CICS, Digital ACMSxp) va ofis integratsiyalangan tizimlarini (Lotus Notes,
LinkWorks) shunday holatda ko‘rib chiqadi. Shuningdek, Object Management
Group (OMG) konsorsiumining Common Object Request Broker Architecture
(CORBA) realizatsiyasini ko‘rsatish mumkin, bunda funksiyalar to‘plami ushbu
25
funksiyalarga uzoqlashtirilgan kirishni ta’minlash uchun oraliq qatlam DT
kommunikatsiya servislaridan foydalanishi mumkin.
Bu va boshqa mumkin bo‘lgan yechimlar asosida oraliq qatlam DT
funksionalligidan maksimal foydalanish tamoyili yotadi. Oraliq qatlam DT tizim
funksionalligining katta qismini o‘ziga oladi, dasturchilarga dasturiy va amaliy
sohalarini qoldiradi. Amaliy dasturlarni yaratishda oraliq qatlam DT dan maksimal
foydalanish ishlab chiqilayotgan tizimlarning ishonchliligini sezilarli oshiradi,
ularga sanoat xarakterini beradi, tizim standartlashtirilgan va sinalgan fundamentga
qurilgan bo‘ladi.
TT larni yaratilishida OT lar bilan taqsimlangan ilovalar oralig‘ida
joylashgan oraliq sath dasturiy vositalari (xizmatlari) asosiy rol o‘ynaydi. 1.10 –
rasmda oraliq sathli TT ning umumlashtirlgan sxemasi keltiriladi.
Oraliq sath dasturiy ta’minoti taqsimlash va aloqa masalasini hal qilishi
uchun aniq bir modelga tayanishi kerak. Bu ma’noda «taqsimlangan faylli tizim»
modeli eng datlabki model hisoblanadi, masalan, Unix operatsion sistemaning
faylli tizimi.
Keyingi model – masofadagi protseduralarni chaqirish (Remote Procedure
Calls, RPC - udalennыy vыzov protsedur). Bajarilayotgan jarayon (masala
yechimini bajarayotgan dastur) foydalanuvchidan sir tutgan holda olisda
joylashgan protseduralarni chaqirishi mumkin. Lekin protseduralarning bajarilishi
olisdagi kompyuterda bajariladi. Protsedura ishlashi uchun kerak bo‘lgan
parametrlar unga tarmoq orqali uzatiladi, protsedura ishini yakunlaganidan so‘ng
boshqaruv yana protsedura chaqirilgan nuqtaga (kompyuterga) beriladi. Bunday
holat tashqaridan xuddi oddiy protsedura chaqirilganidek tuyuladi.
Keyingi modellar taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlariga asoslangan
(masalan, DCOM, COM+ hamda ActiveX texnologiyalaria asoslangan modellar).
Taqsimlangan ob’ektlar g‘oyasida har bir ob’ekt o‘zining interfeysini joriy etadi,
unda ob’ekt tomonidan undagi hamma ishlanmalar sir tutiladi va interfeysda
protseduralarni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan hamma usullar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Masofadagi jarayon faqat interfeysni ko‘radi, ob’ektni ichiga kira olmaydi.
26
Internet tarmog‘i Web tizimida taqsimlangan hujjatlar modeli qo‘llaniladi.
Modelga binoan, axborot hujjatlar ko‘rinishida tashkil etilgan. Hujjatlarning har
biri «qaerdadir» joylashgan, hujjatning qaerda (Internet tarmog‘ining qaysi server
kompyuterida) va qaysi Web serverda joylashganligi foydalanuvchidan sir tutiladi.
Xujatlarda boshqa hujjatlarga ishoratlar (ssыlkalar) bo‘lishi mumkin. Ular
foydalanuvchi tomonidan chaqirilishi va uning ekraniga chiqarilishi mumkin.
Oraliq sath servislari (xizmatlari yoki, to‘g‘rirog‘i, dasturiy ta’minotlari)) TT
larning asosiy xarakteristikalarini bajarilishini ta’minlaydi. Ular shaffoflik,
ochiqlik va masshtablanganlik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak.
1. Shaffoflik. Oraliq sathning hamma dasturiy ta’minoti katta tezlikdagi
aloqa vositalarini taqdim etish asosida tizimga kirish jarayonining shaffofligini bir
me’yorda (ya’ni, talab darajasida) ushlab turishi kerak. Aloqani ta’minlaydgan usul
OSI modeli asosidagi tarmoq operatsion tizimining transport sathi asosida emas,
balki oraliq sath taklif etgan taqsimot modeliga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Bu jarayon yuqorida keltirilgan taqsimlangan ob’ektlarning munosabatlarini
amalga oshiradigan modellar negizida bajariladi.
1.10 – rasm. Oraliq sathli TT ning umumlashtirilgan sxemasi
Taqsimlangan ilova
Oraliq sathda dasturiy ta’minot xizmatlari
ОТ tarmoq
xizmatlari
ОТ yadrosi
ОТ tarmoq
xizmatlari
ОТ tarmoq
xizmatlari
ОТ yadrosi
ОТ yadrosi
Mashina A
Mashina B
Mashina C
Tarmoq
27
Bundan tashqari, oraliq sath tizimi taqsimlangan ma’lumotlar bazasiga,
faylli tizimlarga va Web hujjatlariga shaffof kirishni ta’minlaydigan vositalarni
taqdim etadi.
2. Ochiqlik. Zamonaviy taqsimlangan tizimlar odatda bir nechta dasturiy
platformalarni qo‘llash imkoniga ega bo‘lgan oraliq sath tizimlari ko‘rinishida
yaratiladi. Ilovalar esa konkret bir taqsimlangan tizim uchun yaratiladi va ular
operatsion tizim platformasiga bog‘langan bo‘lmaydi. Ammo ko‘p hollarda ularni
konkret oraliq sathga qattiq bog‘langan holda bo‘lishlari talab etiladi.
Ma’lumki, ochiq tizimlarda uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan
ma’lumotning formati ularda qo‘llanilayotgan protokollarga mos kelishi, ob’ektlar
tizimida esa interfeyslar bir xil bo‘lishi kerak. Oraliq sath tizimlarida bunday shart
(ya’ni, «ochiqlik» sharti) har doim bajarilavermaydi.
Ochiq taqsimlangan tizimlar oraliq sathlarining har bir tizimida
foydalaniladigan protokollar va ilovalarga taqdim etiladigan interfeyslar bir xil
bo‘lishi shart.
3. Masshtablanganlik. Taqsimlangan tizimlarning razmerlari faqat tayanch
tarmoq razmeri bilan cheklanadi.
Ma’lumotlar saqlanishini (masalan, tranzaksiyalar taqsimoti mexanizmi)
hamda ma’lumot va dasturlarning himoyasini ta’minlash vazifalari ham oraliq sath
tizimining muhim xizmatlari hisoblanadi.
Oraliq qatlam tizimlari (middlware systems)– bu tarmoq dasturiy ta’minoti
yoki maxsus ilovalar va turli xil platformalar o‘rtasidagi ma’lumot almashinishini
ta’minlab beruvchi tizim hisoblanadi.
Aksariyat hollarda taqsimlangan tizim tarkibidagi mavjud kompyuter
qurilmalari turli operatsion tizimlar ostida (OT) ishlaydi hamda ular ulangan
tarmoq turli xil arxitektura negizida yaratilgan bo‘ladi . Ularni interatsiyasini
amalga oshirib, resurslari asosida yagona tizim shakllantirishda qiyinchiliklar
paydo bo‘ladi. Ular quyida keltirilgan usullar yordamida bartaraf etiladi.
1. Standart dasturiy intrfesni qo‘llash(Standart interfeysni ta’minlaydigan
dasturiy ta’minotlardan foydalanish). Bugunda aksariyat server ishlab chiqaruvchi
28
kompaniyalar bir nechta turdagi interfeyslarni qo‘llab quvvatlovchi serverlarni
taqdim etadilar. Bunday server kompyuterlaridan foydalanish har xil platformadagi
kompyuterlarni integratsiyalash jarayonlarini sezilarli darajada yengillashtiradi
(standart interfeysdagi dasturlarni turli xil tipdagi serverlarga o‘rnatish osonroq
hisoblanadi).
2. Standart protokollarni qo‘llash. Standart protokollar asosida yaratilgan
dasturlar o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega. Turli xil dasturlarni o‘zaro ma’lumot
almashuvini amalga oshirish uchun bitta protokoldan foydalanish kerak bo‘ladi
ya’ni, bir xil formatda va ketma - ketlikda. Foydalanuvchiga har xil turdagi
qurilmalar va tizimlar muammosini yechishda va axborot xizmatlaridan
foydalanishda, standart dasturiy interfeysli hamda standart protokollarga ega
taqsimlangan tizimlar servisi taklif etiladi. Bu servislar oraliq qatlam servislari
(middleware services) deb ataladi, chunki bu servis aynan operatsion tizim va
tarmoq dasturiy muhitining oralig‘ida joylashgan bo‘lib, ikki tomonning aloqasini
ta’minlash vazifasini bajaradi.
3. Meros dasturlari (ilovalar)(legacy applications) dan foydalanish. Ushbu
dasturlar mobil dasturiy ta’minotlar uchun oraliq qatlami (middleware) standart
qilib belgilanishidan oldin ishlab chiqilgan bo‘lib, uning servislaridan ham
foydalanish mumkin.
Oraliq qatlam servisining dasturiy ta’minoti. Oraliq qatlam servisi
(middleware service ) platforma va ilova orasida joylashgan bo‘lib ikkalasi uchun
umumiy servis hisoblanadi (1.11 - rasm).
Platforma ostida past darajali servislar to‘plami va ma’lumotni qayta ishlash
elementlari, shuningdek unga xizmat qiladigan operatsion tizimlar bo‘lishi
mumkin, misol uchun: Intel x86 va Win32, Sun SPARCstation va SunOS, IBM
RS/6000 va AIX, yoki Alpha AXP va Windows NT.
Oraliq qatlam servislari amaliy dasturlash interfeyslari va protokollarida
belgilanadi. Oraliq servisi o‘zining spesifikatsiyasiga mos keluvchi interfeys va
protokollariga o‘xshash ko‘plab realizatsiyalarga egalik qilishi mumkin.
29
Oraliq qatlam komponentalari turli xil ilovalar va amaliy sohalar uchun
umumiy hisoblanadi - ular turli xil platformalarda taqsimlanadi hamda standart
interfeyslar va protokollarni qo‘llab quvvatlaydi.
Quyida ularning xususiyati keltiriladi:
Oraliq qatlam servisi ko‘plab amaliy sohalarning qator ilovalari talabiga
javob berishi kerak.
Misol uchun, xabarlarni translyatsiya qiluvchi xabarlar kommutatori turli xil
formatdagi xabarlarni uzatish va qabul qilish bilan band bo‘lsa, unda bu oraliq
qatlam servisidan uzviy foydalanayotgan bo‘ladi. Faqat bir formatdagi xabarlarni
uzatayotgan kommutator oraliq tizim servisidan foydalanmaydi.
1.11-rasm.Oraliq qatlam dasturiy ta’minoti
Oraliq tizim servislari turli xil platformalarni qo‘llab-quvvatlashi kerak
bo‘ladi.
Masalan, turli xildagi ma’lumotlar omborini boshqarish xizmati bu oraliq
qatlam dasturiy ta’minoti doirasiga kiradi, chunki turli xil ma’lumotlar ombori bir
nechta platformalardan iborat bo‘ladi.
Oraliq qatlam servislari taqsimlangan hisoblanadi. Bu unga masofaviy
ulanish imkoniyati (ma’lumotlar ombori servisi) mavjudligi yoki u boshqa
Ilova
Ilova
Platforma
-OT
-Apparat ta’minoti
Platforma
-OT
-Apparat ta’minoti
Interfeys platformasi
Interfeys platformasi
Ilovalar, Middleware
(taqsimlangan tizim xizmatlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |