Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

 
 
 
 


38 
 
1.4.1. TT komponentalarini dasturiy konfiguratsiyalanadigan  
tarmog‘i negizida o‘zaro bog‘lanish modeli  
 
Yuqori  bandda  tavsiflangan  dasturiy  konfiguratsiyalanadigan  tarmog‘i 
(DKT)  texnologiyasining  yaratilishiga  vujudga  kelgan  bir  nechta  holatlar  sabab 
bo‘lgan: 
mavjud  klassik  arxitektura  amaliy  jihatdan  tashqi  o‘zgarishlarga  hech 
qanday ta’sirini ko‘rsata olmay qoldi. Har xil ishlab chiqaruvchilarning vositalari 
bir-biribilan bog‘lanib birgalikda ishlashi o‘ta qiyin kecha boshladi; 
trafik  hajmining  geometrik  progressiya  bilan  o‘sishiga  mavjud  arxitektura 
talab etilgan sifat darajasida javob bermay qoldi; 
tarmoq  protokollari  va  protokol  steklari  haddan  tashqari  ko‘payib  ketdi  va 
tarmoqda foydali axborotlar hajmidan boshqaruv ma’lumotlarining hajmi kshpayib 
ketdi.  
Ma’lumot  uzatish  jarayonida  Ethernet  kommutatori  kommutatsiyalash 
jadvaliga so‘rov bilan murojaat qiladi (1.14 – rasm). So‘ng olingan axborot asosida 
kommutatsiyalovchi  matritsa  ma’lumotni  qayta  ishlaydi  va  natijaviy  axborotni 
belgilangan portga jo‘natadi. 
Ethernet kommutatorida  bir paytning o‘zida so‘rovni boshqarish va uzatish 
jarayonlari amalga oshiriladi. Boshqaruv sathi kommutatorga o‘rnatilgan kontroller 
sifatida,  ma’lumot  uzatish  sathi  esa  –  kommutatsiyalovchi  jadval  va 
kommutatsiyalovchi matritsa sifatida namoyon bo‘ladi. 
Kontroller ma’lum darajada intellektuallik funksiyalariga ega, ular negizida 
tarmoq  strukturasi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  asoslanib    navbatdagi  paketni 
uzatish to‘g‘risida o‘zi qaror qabul qilishi mumkin.  Lekin kommutator doirasida 
bunday  faoliyatni  bajarish  ko‘zda  tutilmagan,  faqat  ma’lum  bir  qoida  va 
prioritetlarni  tanlab  olish  asosida  kontroller  konfiguratsiyasi  o‘zgartirilishi 
mumkin. 
 


39 
 
 
 
1.14 – rasm. Ethernet kommutatorida so‘rovni qayta ishlash  
jarayonini ko‘rsatuvchi sxema. 
Bunday  holat  kommutatorning  va  butun    tarmoqning  funksionalligini 
cheklaydi.  Jumladan,  tarmoqda  “nuqta-nuqta”  aloqasini  o‘rnatish  jarayonini 
kommutatordagi kontroller yordamida emas, balki  tarmoqning boshqa “nuqta”sida 
o‘rnatilgan  OSI  modelining  uchinchi  sathida  ishlatiladigan  marshrutizatorning 
ishtiroki negizida amalga oshirish mumkin.  
Axborot  oqimlarining  hajmi  va  turi  oshib  borishi,  tarmoq  servis  va 
masshtabining  tobora  kengayishi  tarmoq  muhitida  axborot  qayta  ishlash 
jarayonlarini  tashkil  etish  usullarini    o‘zgartirilishiga  majbur  bo‘lindi:  mijoz  – 
server  asosida  tashkil  etish  usuli  o‘rniga  ma’lumot  qayta  ishlash  markazlari  va 
“bulut”  da  hisoblash  texnologiyalari  barpo  qilindi,  fayl  tizimlari  va  ma’lumot 
bazalari ma’lumot saqlash tarmoqlariga aylantirildi. 
Bunday o‘zgarishlar tarmoq texnologiyalarining sifatini o‘zgartirilishiga olib 
keldi, mikroprotsessor texnikasini rivojlanishi va ular asosida telekommunikatsiya 
vositalari yaratilishi yangi tarmoq arxitekturasini ishlab chiqilishiga olib keldi.  
DKT  da  tarmoq  infrastrukturasining  holatini  va  ma’lumotlar  tarmoqda  har 
xil  turdagi  ma’lumot  oqimlarini  boshqarish  darajasi  ma’lumotlarni  uzatish 
darajasidan ajratilgan holda amalga oshiriladi. 
Bunday  ajratish  hamma  tarmoq  marshrutizator  va  kommutatorlarida 
bajariladigan  boshqaruv  jarayonlari  bitta  kontroller  nomli  markaziy  vositaga 
yuklash orqali bajariladi. Boshыa sщz bilan, tarmoqdagi hamma marshrutizator va 
Kommutatorga 
kelib tushgan 
paket 
Kommutatsiya 
jadvali 
Kommutatsiya-
lash matritsasi 
Ethernet kommutator 
 
 
 
 
 
Kommmutator-
dan chiqib 
ketgan paket 
 


40 
 
kommutatorlar  tarmoq  operatsion  tizimi  (TOT)ning  boshqaruvi  asosida 
birlashtiriladi.  TOT  muntazam  ravishda  tarmoq  vositalarining  konfiguratsiyasini 
nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni boshqarishga imkon yaratib beradi. 
Bunday yondoshuv  tarmoq holatini nazorat qilish va boshqarish jarayonlari 
mantiqan bitta vositada, ya’ni kontrollerda markazlashtiriladi. 
 Bundan  tashqari,  boshqaruv  sathi  o‘z  vazifalarini  tarmoqning  fizik 
infrastrukturasiga va ma’lumot uzatish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga 
oshiradi.  Tarmoqning  ma’lumot  uzatish  va  boshqarish  darajalari  yagona 
unifikatsiyalangan interfeys orqali bog‘lanadilar. 
DKT  negizida  o‘tkazilgan  birinchi  amaliy  eksperimentlar,  bunday 
yondoshuvning  samarasini  yaqqol  ko‘rsatib  berdi,  DKT  arxitekturasi  negizidagi 
tarmoq vositalarining samaradorligini 25%-30% o‘sishiga, tarmoq ekspluatatsiyasi 
uchun ketadigan xarajatlarni kamida 30% kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga 
axborot xavfsizligi oshdi, yangi dasturlar yaratilishi hisobiga tarmoqni boshqarish 
moslashuvchanligi  sezilarli  darajada  yaxshilandi,  dasturiy  ta’minot  asosida  yangi 
servislarni yaratish va ularni tarmoq vositalariga yuklash imkonlari yaratildi. 
Bunday  tarmoq  birinchi  navbatda  ma’lumot  qayta  ishlash  markazlari  va 
korporativ tizimlarning faoliyatini yanada takomillashtirilishiga sabab bo‘ldi. 
 DKT arxitekturasi uchta sathdan tarkib topadi (1.15 – rasm): 
1.  Tarmoqning  infrastruktura  sathi  -    tarmoq  qurilmalari,  ya’ni 
kommutatorlar, marshrutizatorlar va aloqa kanallarini o‘z ichiga oladi 
 2.  Tarmoqning  boshqaruv  sathi  –  tarmoqning  global  ko‘rinishi  qo‘llab-
quvvatlanadi  va  nazorat  qilinadi.  Tarmoqning  global  ko‘rinishi  -  bu  tarmoq 
topologiyasi va tarmoq vositalarining holati. 
Boshqaruv sathi tarmoq ilovalariga  API dasturiy interfeysini taqdim etadi,  
API  (application  programming  interface)  -  ilovalarni  dasturlash  interfeysi  yoki 
amaliy sath interfeysi; 
3. Tarmoq ilovalarining sathi  - tarmoq boshqaruvining turli xil funksiyalari 
amalga  oshiriladi:  tarmoqda  axborot  oqimini  boshqarish,  xavfsizlikni  boshqarish, 
trafik monitoringini bajarish, servislar sifatini boshqarish va b. 


41 
 
Umuman  olganda  zamonaviy  tarmoq  marshrutizatorlarida  ikkita  asosiy 
masala yechiladi:  
paket    uzatilishini  boshqarish  –  marshrutizatorni  joriy  holatiga  asoslanib, 
paketni  qayta  ishlash,  uni  qaysi  marshrutga  yo‘naltirish  bo‘yicha  qaror  qabul 
qilish;  
ma’lumotni  bir  nuqtadan  ikkinchisiga  uzatilishini  ta’minlash  (forwarding), 
ya’ni paketni kirish portidan chiqish portigacha harakat qilishini ta’minlash. 
Butun tarmoq -  ma’lumot uzatish sathi (MUS) ya’ni aloqa liniyalari, kanal 
tashkil etish qurilmalari, marshrutizatorlar va kommutatorlardan hamda ma’lumot 
uzatish  qurilmalarining  holatini  boshqarish  sathidan,  ya’ni  ma’lumot  uzatilishini 
boshqarish sathi (MUBS) dan tarkib topadi.  
Marshrutizatorlarning  rivojlanishi  shu  ikki  sath  vazifalarini  bir-biriga 
yaqinlashtirish,  dasturiy  ta’minotlarini  takomillashtirish,  yangi  funksional 
imkoniyatlarni  joriy  etish  yo‘li  bilan  paketlar  uzatilishining  tezligini  oshirishga 
erishish  hisoblanadi.  Ammo  boshqarish  jarayoni  (ya’ni,  MUBS)  soddaligicha 
qolaverdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


42 
 
 
1.15 – rasm.Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmog‘ining arxitekturasi. 
 
DKTtarmog‘ining  infrastruktura  sathida  shu  ikki  MUS  va  MUBS  sath 
funksiyalari ajratiladi. 
1.16,  1.17  –  rasmlarda    DKT  arxitekturasi  va  an’anaviy  tarmoq 
tuzilmalarining  qiyosiy  ko‘rinishi  keltirilgan  (ya’ni,    MUS  va  MUBS  sathlarini 
ajratilmagan va ajratilgan holatlari).
 
Markazlashgan  boshqaruv  asosidagi  DKT  arxitekturasi  an’anaviy 
taqsimlangan  boshqaruv  asosidagi  tarmoq  arxitekturasiga  qaraganda  quyidagi 
afzalliklarga ega: 
1. Tarmoq boshqaruvi dasturlar asosida bajarilganligi sababli, u egiluvchan, 
tarmoq  boshqaruvini  modifikatsiyalash  yangi  ilovalarni  yaratish  va  joriy  etish 
evaziga boshqaruv sodda bajariladi, boshqaruv avtomatlashtiriladi; 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish