46
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Sotsial normalarga – odat, axloq, din, etika, estetika kabi normalar kir-
gan. Ibtidoiy davrdagi sotsial normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab
chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan.
F. Engels insoniyatning «go‘daklik» davriga shunday tavsif bergan: «Bu
urug‘doshlik tuzumi g‘oyat sodda bo‘lganligiga qaramasdan, qanday g‘aroyib
tashkilot! Soldatlar, jandarmlar va politsiyalar, dvoryanlar, qirollar, noiblar, ho-
kimlar yoki sudyalar, turmalar, protsesslar yo‘q bo‘lsa-da – hamma ishlar
belgilangan tartibda boradi. Har qanday janjal va anglashmovchiliklar kim-
larga taalluqli bo‘lsa – o‘shalarning kollektivi tomonidan, ya’ni urug‘ va qabila
tomonidan, yoki ayrim urug‘larning o‘zi o‘rtasida hal qilinadi; kambag‘al va
muhtoj kishilar bo‘lishi mumkin emas, kommunistik xo‘jalik va urug‘ qarigan-
lar, kasallar va urushda mayib bo‘lganlarga nisbatan ado qiladigan vazifalarini
yaxshi biladi. Hamma shu jumladan, xotin-qizlar ham teng va erkindirlar»
1
.
Shunday qilib, ibtidoiy tuzum sharoitidagi ijtimoiy hokimiyat quyidagi
o‘ziga xususiyatlar bilan ifodalangan:
birinchidan, urug‘ning butun jamoasi hokimiyatning birdan-bir manbayi
hisoblangan. Barcha jamoa a’zolari hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok et-
ganlar, uning to‘laqonli sohibi sanalganlar. Urug‘, qabila jamoasining o‘zi o‘zi
uchun xulq-atvor qoidalarini o‘rnatganlar va ularga ixtiyoriy rioya qilganlar;
ikkinchidan, urug‘ning barcha katta yoshdagi a’zolari ishtirokidagi
majlis (kengash)lar ijtimoiy hokimiyatning yuqori, oliy organi bo‘lgan. Umu-
miy majlis (kengash) urug‘ jamoasi hayotining, xo‘jalik faoliyatining barcha
masalalarini hal etgan;
uchinchidan, urug‘ jamoasining kundalik hayot-faoliyatini boshqarish
umumiy majlisda saylab qo‘yiladigan oqsoqol zimmasiga yuklatilgan. Boshqa-
ruv ishlari hammaning manfaatini inobatga olib amalga oshirilgan. Oqso-
qol o‘z shaxsiy manfaatini jamoa a’zolarining umumiy manfaatidan ustun
qo‘yaolmagan. Muhimi, oqsoqol ham, harbiy yo‘lboshchilar ham yalpi ishlab
chiqarish faoliyatida boshqalar bilan bab-baravar ishtirok qilganlar;
to‘rtinchidan, ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat kuchga emas, balki
obro‘ga, hurmatga, e’tirofga va odat qoidalariga, diniy talablarga tayangan.
Qoidabuzarlar qattiq jazolangan. Majburlov, jazo choralarini qo‘llash butun
urug‘ jamoasining amri bilan amalga oshirilgan. Majburlovni qo‘llovchi alo-
hida, maxsus organlar bo‘lmagan;
beshinchidan, qabila miqyosidagi ijtimoiy hokimiyat ham urug‘ doirasida-
gi hokimiyat singari tamoyillar asosida amalga oshgan. Bu davrda «ibtidoiy
demokratiya» hukm surgan, deyish mumkin. Qabiladagi ijtimoiy hokimiyat
qabila kengashi, umumiy yig‘ilishi, qabila boshlig‘i timsolida namoyon bo‘lgan.
1
Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 273–274-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |