Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet695/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   691   692   693   694   695   696   697   698   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

469

XXIII bob.

 Huquqiy xulq-atvor,  

huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik

Ijtimoiy havflilik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi.



Birinchidan, qonunga hilof ravishda tajovuzkorlik obyekti bo‘lgan mu-

nosabatlarni huquqiy tartibga solishning ahamiyati. Jinoiy tajovuz obyekti, 

odatda, eng muhim ijtimoiy munosabatlar, manfaatlar, moddiy ne’matlar hi-

soblanadi. Bu, eng avvalo, shaxsning hayoti va sihat-salomatligi, uning sha’ni 

va qadr-qimmati, mulki, davlat xavfsizligi, unda o‘rnatilgan boshqaruv tartibi 

va boshqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning mehnat, tabiatni muhofaza qilish, 

transport, uy-joy, kommunal xo‘jaligi hamda boshqa sohalari bunchalik ahami-

yatga molik emas, chunki ulardagi tajovuzkorlik qonunda jinoyat emas, balki 

nojo‘ya xatti-harakat deb e’tirof etiladi.

Ikkinchidan, keltirilgan zarar hajmi. Agar keltirilgan zarar katta bo‘lsa, 

odatda, xatti-harakatni jinoyat deb hisoblanadi. Juda kichik bo‘lsa, u nojo‘ya xatti-

harakat deb aytiladi. Masalan, o‘zboshimchalik ma’muriy nojo‘ya xatti-harakat so-

halari (qonunda belgilangan tartib-qoidani o‘zboshimchalik bilan buzish) fuqaro, 

davlat yoki jamoat tashkilotlariga jiddiy zarar keltirmasa, nojo‘ya xatti-harakat hi-

soblanadi. Agar u shaxs, davlat yoki jamoat tashkilotlariga zarar keltirgan bo‘lsa, 

bunday xatti-harakat jinoyat qonunlariga muvofiq jinoyat deb hisoblanadi.

Uchinchidan, huquqqa zid qilmishning usuli, vaqti va sodir qilish joyi. 

Masalan, harbiy xizmatchi tomonidan tinchlik vaqtida buyruqni bajarmaslik 

intizomiy nojo‘ya xatti-harakat deb topilsa, urush vaqtida bu og‘ir jinoyat 

hisoblanadi.

Nojo‘ya xatti-harakatlar ba’zi turlarining kengayib borishi ular ijtimoiy 

xavfining keskin ortishiga olib keladi va qonunchilikda nazarda tutilmagan 

jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘ladi. Bunday paytda Jinoyat kodeksi 

yangi moddalar bilan to‘ldiriladi.



To‘rtinchidan, huquqbuzarning shaxsi. Nojo‘ya xatti-harakatlar jinoyat-

lardan farqli o‘laroq, shaxs tomonidan ijtimoiy xavf tug‘dirmaydi yoki kam 

xavfli bo‘ladi. Agar shaxs huquqiy normalarni bir necha marta buzsa, ijtimoiy 

xavf tug‘diradi va uning keyingi xatti-harakati nojo‘ya harakat tarzida emas

balki jinoyat tarzida baholanadi. Mast holatida transport vositasini boshqargani 

va yana shunga o‘xshash xatti-harakatlar sodir etgani uchun (bunda 

uning transport vositasini boshqarishga huquqi bo‘lmasa) ma’muriy tarzda 

haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxs o‘sha nojo‘ya harakatla-

rini qayta takrorlasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.


Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   691   692   693   694   695   696   697   698   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish