Mantiqiy sharhlash – tafakkur jarayoni bo‘lib, huquqni talqin etayot-
gan shaxs sharhlashning boshqa usullariga murojaat etmasdan faqat mantiq
usullari yordamida huquq normasini izohlash usulidir. Bunda huquqiy nor-
maning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki mutanosibligi va
mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning
mazmuni aniqlanadi. Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va
dialektik mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda sharhlashning
obyekti normativ-huquqiy hujjat ichki qismlarining o‘zaro aloqadorligi hisob-
lanadi. Mantiqiy sharhlashning
maqsadi huquq normalarining mazmunini
mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holda tushuntirishdan iborat
bo‘ladi.
Mazkur sharhlash usuli yordamida huquq normasining mazmuni man-
tiqiy jihatdan qayta shakllantiriladi, tushunchasi mantiqiy tahlil qilinadi.
Ularning hajmi, belgilari va aloqalari aniqlanadi. Huquqiy qoida hayotiy
holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshash va qarama-qarshi jihatlar
o‘rganib chiqiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
30-moddasida «spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol
Do'stlaringiz bilan baham: |