353
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
chi subyektlarning mustaqilligi, xususiy mulk daxlsizligi; oila qonunchiligida
nikoh tuzishning ixtiyoriy va erkinligi, nikoh shartnomasi asosida er va xotin
munosabatlarining mo‘tadillashuvi ushbu sohalarning liberallashuviga oid ay-
rim yorqin misollardir, xolos. Liberallashtirish shabadasi ma’muriy, bojxona,
soliq qonunchiligini ham qamrab oldi.
Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish. Ushbu yo‘nalishda
e’tibor qaratish lozim bo‘lgan quyidagi jiddiy masalalar mavjud:
– O‘zbekistonning
qonunchilik (kengroq doirada olinadigan bo‘lsa,
huquqiy islohotlar dasturi)
strategiyasini aniqlab, alohida rasmiy hujjat sifatida
shakllantirish va qabul qilish lozim;
– qonun ijodkorlik jarayonining sotsiologik jihatlariga e’tibor qaratish,
qonun bilan tartibga solish ehtiyojini o‘rganish va shu asosda bo‘lg‘usi qonun
ijodkorlik ishlarining empirik bazasini vujudga keltirish zarur. Shundan kelib
chiqib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzurida qonunchilik muammo-
larini sotsiologik tadqiq etish institutini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lar
edi;
– qonun loyihalari ishlarini rejalashtirish va bashoratlash masalalariga
jiddiy e’tibor qaratish lozim;
– qonunchilik texnikasini takomillashtirish va bu borada deputatlarning
tegishli malakasini hosil qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish lozim va hokazo.
Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirishning bir qator rezervlari
bor. Jumladan, qonun loyihalarining muhokamasiga manfaatdor tashkilotlarni,
fuqarolar, ekspertlarni kengroq jalb etish, umumxalq muhokamalaridan sama-
rali foydalanish, uning mexanizmlarini takomillashtirish, qonun loyihalarining
muhokamalarida deputatlarning faolligini oshirish, qonunchilik jarayonining
oshkoraligini kuchaytirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.
Yuqoridagi masalalarni hal etish nuqtayi nazaridan ko‘rilgan quyidagi
chora-tadbirlar e’tiborga molikdir. Avvalo, Harakatlar strategiyasida parlament
rolini oshirishga, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilashga
e’tibor qaratildi, qonun loyihalarini tayyorlashga keng jamoatchilikni jalb etish
muhim vazifalardan biri, deb belgilandi
1
. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. Mirziyoev parlament Qonunchilik palatasida 2017-yil 12-iyuldagi
videoselektor yig‘ilishida quyidagilarni ta’kidladi: Parlamentda, «fraksiyalarda
qonun loyihalari va boshqa muhim masalalar muhokamasini, ulardagi kon-
struktiv bahs va munozaralarni yanada kuchaytirishni bugun hayotning o‘zi
taqozo etmoqda. Qabul qilinayotgan har bir qonun loyihasi... atroflicha muho-
1
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа. – T., 2017. – 30–31-bеtlаr.
23–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |