Yuridik muassasalar – huquqiy tizimning muhim tarkibiy qismlari-
dan biridir. Yuridik muassasalar deb – huquq ijodkorligi, huquqni tadbiq
etish, uni muhofaza qilish hamda huquq buzilishlariga qarshi kurash bilan
shug‘ullanadigan davlat va boshqa ijtimoiy tashkilotlar tizimiga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yuridik muassasalar tizimiga, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi sud
hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura, bojhona va soliq
organlari, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, shuningdek vakillik
hamda davlat boshqaruv organlari, advokatura va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |