Huquqiy prinsiplar huquqiy tizim doirasidagi rahbariy g‘oyalar
yig‘indisini tashkil etadi. Mazkur tushuncha kompleks xususiyatga ega. Chun-
ki, huquqiy tizimning har bir elementi o‘z prinsiplariga ega.
Huquqiy prinsiplar – yo‘naltiruvchi, dastlabki g‘oya bo‘lib, insonlarning o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun xizmat qiladigan, asosiy yo‘nalishni
ko‘rsatib beradi. Huquqiy tizimni shakllantirishda huquqiy prinsiplar (rahbariy
g‘oyalar)ning faol harakatini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquq ijodkorligi – jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini
aniqlash va baholash, vakolatli organlarning huquqiy hujjatlarni shakllantirish
va qabul qilish faoliyatini qamrab oluvchi jarayon.
Huquqni amalga oshirish – huquq normalari orqali ijtimoiy munosa-
batlarni tartibga solish yoki huquqni amalda tatbiq etishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |