@TDIU_ARM
154
16-bob. XORAZM TURISTIK MINTAQASI
16.1. Xorazm viloyati tarixi va tabiiy-geografik o‘rni va iqtisodiy
rivojlanishi ko‘rsatkichlari
Xorazm O‘rta Osiyo hududidagi eng qadimiy davlatlardan biri bo‘lib, aholisi
o‘troq va ko‘chmanchi qabilalardan iborat bo‘lgan. Uning hududi Amudaryoning
quyi qismidan janubga tomon Murg‘ob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha
cho‘zilgan. U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, birinchi Doroning Bihistun tosh
bitiklari, qadimgi yunon mualliflari, arab geograflarining asarlarida uchraydi.
“Avesto”ning
dasht qismida Xorazm “Ming irmoqli daryo”, “Ko‘llar va o‘tloqlarga
boy o‘lka” sifatida madh etiladi.
Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
asarida shunday yozadi: “Xorazmliklar Xorazmga odamlar joylasha boshlaganidan
tarix olar edilar. Bu Iskandardan 980 yil ilgari bo‘lgan edi.
Undan keyin Siyovush ibn
Kaykovusning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmga
podshohlik qilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqtda Kayxusrav Xorazmga ko‘chib, turk
podshohlari (ustidan) hukmronligini yurgizgan edi. Bu voqea Xorazmga odam
joylashishidan 92 yil keyin bo‘ldi”.
Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat
tizimi bo‘lgan. Miloddan avvalgi ming yillik boshlariga aloqador “Amirobod
madaniyati”, quyi Amudaryo havzasidagi sun’iy sug‘
orish inshootlari tizimi (Gerodot
qadimda Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy sug‘orish inshootlari barpo
etilganligini yozadi) hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo‘lgan shahar-qal’alar -
Qal’aliqir, Ko‘zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar Xorazm vohasidagi qadimiy
davlatchilik belgilaridir.
Xorazm tarixini chuqur o‘rgangan mashhur rus olimi S.P.Tolstov “Qadimgi
Xorazm” kitobida antik Xorazm tarixini to‘
rt davrga bo‘ladi:
1. Uy-joy devorlari bo‘lgan shahriston madaniyati (miloddan avvalgi VI-IV
asrlar)
2. Qanqa (Qang) madaniyati (miloddan avvalgi IV asr - milodiy I asr)
155
3. Kushonlar madaniyati (milodiy II – II asrlar)
4. Kushon-Afrig‘ o‘tish madaniyati (milodiy V asrlar)
Bu davrlarga oid Amudaryoning o‘ng sohilida 250 dan ziyod, so‘l sohilida 60 ta
qadimiy shahar va qishloqlar o‘rni topilgan. Qanqaqal’a, Qo‘shqal’a, Tuproqqal’a,
Jingilja, Toshxirmon singari qal’a va istehkomlar o‘rni bunga misol bo‘la oladi.
Abu Rayhon Beruniy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlardan 22
tasining nomini keltirgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab Tuproqqal’a, 305
yildan keyin esa Kot (Kos) shahri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 4-3 asrlarda Xorazm
iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalib, yirik sug‘orish kanallari, yangi shahar va
qal’alar barpo etilgan.
Hunarmandchilik, san’at, ichki va tashqi savdo keng rivoj
topgan. Milodiy IV-VIII asrlarda Xorazm yangi yuksalishni boshdan kechirdi.
Burgutqal’a, Uyqal’a, Qumbosganqal’a kabi inshootlar ana Sh davrlarda qurilgan.
Xorazmning Etil (Volga) bo‘yidan Markaziy Osiyo orqali Mo‘g‘uliston va
Xitoyga hamda Eronga boriladigan savdo yo‘llari chorrahasida joylashganligi uning
iqtisodiy va ma’naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Xorazmning boy ko‘p qirrali tarixi qadim zamonlardan buyon xorijiy va
yurtdosh olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi.
Viloyat hududida ko‘plab tarixiy yodgorliklar mavjud. Ayniqsa, Xiva
shahridagi me’moriy obidalar bugun dunyo ahlining e’tiborini tortib kelmoqda. Bu
yerda Ark,
Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishanqal’a
yodgorliklari
alohida ajralib turadi. Xivadagi Ichanqa’la yodgorlik majmui esa YUNESKOning
Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sharq durdonasi bo‘lgan qadimiy Xiva
shahrining 2500 yilligi 1997- yilda xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Xorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni
mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z
qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida
tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003- yilda Vatanimizning yuksak
mukofoti - Jaloliddin Mangubyerdi ordeni bilan taqdirlangan.
Ma’lumki, Xo
razm diyori dunyo sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan
biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari
@TDIU_ARM
156
ham dastlab mana Shu yerda yaratilgan.Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi
bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda
ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor anan shu noyob kitobda
uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, yer, yurt
so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni
anglatadi.
Qadimda bu zaminda massaget, sak, apasak, os, dax kabi urug‘ va qabilalar
yashagan.
Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan
Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika
ummoni ortida quruqlik, noma’lum qit’a
borligini aytib, yerning aylana shakldagi
xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini
ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya’ni Ollohning qo‘
shnisi degan
nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm
viloyati Pahlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon
Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim
Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar,
Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at
namoyandalarining vatani hisoblanadi.
Xorazm viloyatida aholi soni 2017- yil 1- yanvar xolatiga 1776,8 ming kishiga
teng. Aholining 32,8 foizi shaharda, 67,2 foizi qishloqda yashaydi. Xorazm viloyati
ma’muriy
hududiy tuzilishi bo‘yicha 10 ta tuman va Urganch shahriga ajratiladi.
Bular o‘z navbatida 101 qishloq fuqarolar yig‘ini, 612 aholi punktlari, 3 ta
shahar va 7 ta shahar tipidagi shaharchalarga bo‘linadi.
Viloyatda 27ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib shundan
13tasi yengil sanoat korxonasiga qarashlidir.
Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra
sanoatni qayta jihozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini
rivojlantirish, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta
ishlashini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini hamda sayyohlikni rivojlantirishga
157
katta e’tibor qaratilgan.
Hozirgi vaqtda viloyatda 39 ta zamonaviy mexmonxonalar
faoliyat olib bormoqda.
Avtomobil yo‘llarining uzunligi 2296 kilometrni, shundan qattiq qoplamli
yo‘llar 2218 kmni tashkil qiladi. Viloyatda xalqaro klassdagi aeraport bo‘lib, hozirda
turli yo‘nalishlar bo‘yicha havo yo‘llari bilan bog‘langan. Viloyatda zamonaviy
telefon tarmoqlari, kommunikatsiya sistemalari (aloqa, peydjyer, modem va uyali
telefon) radio va tedevidenie mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: