@TDIU_ARM
148
Joriy 2016- yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga
oshirilgan izchil ishlar samarasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 5 milliard
so‘mni tashkil etgan.
Viloyat miqyosida 2017- yilning 1-yarim yilligida qiymati 145,4 mlrd. so‘mlik
1132 ta loyihalar amalga oshirilishi va 3967 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan
bo‘lib, haqiqatda umumiy qiymati 205,0 mlrd.so‘mlik (81,7 mlrd.so‘m bank
kreditlari) 1356 ta loyihalar (120%) ishga tushirilib 4 754 ta yangi ish o‘rinlari
yaratilgan.
“Navoiy” EIZ tashkil etilgandan buyon jami 122 mln.
AQSH dollari
miqdorida investitsiya kiritilgan. Kiritilgan investitsiyaning 35 %ga yaqini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi.
Viloyat bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot tarkibini yuqorida keltirilgan jadval
ma’lumotlaridan Shni ko‘
rishimiz mumkinki, yalpi hududiy mahsulotning tarkibiy
o‘sib borishiga e’tiborimizni qaratadigan bo‘
lsak, agarda 2010- yili yalpi hududiy
maxsulot 4,7 foizga oshgan bo‘lsa, 2016- yili bu ko‘rsatkich, 5,9 foizni tashkil etgan.
Ta’kidlash joizki sanoat (qurilish sohasi bilan birga) sohasida 4,0 foizga, qishloq,
o‘
rmon va baliqchilik xo‘jaligi 7,1 foizga oshgan alohida ta’kidlashimiz lozim.
Ayniqsa, Navoiy xalqaro aeraportini
yanada rivojlantirish hisobiga, Yevropa va
Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yo‘nalishlarda katta hajmdagi yuklar va yo‘lovchi tranzit
reyslari qabul qilish imkonini beruvchi Markaziy Osiyo hududidagi yagona xalqaro
logistika markazi tashkil etilgani “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining rivojida
muhim
o‘
rin tutmoqda.
Navoiy xalqaro aeraporti orqali yuklar tashish Germaniya, Italiya, Ispaniya,
Fransiya, Shvetsariya, Belgiya, Avstriya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya,
Bangladesh, Hindiston, BAA, Turkiya, Vetnam, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar
bilan amalga oshirilayotgani nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizning sanoat
salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini
rivojlantirish, qo‘shimcha minglab ishchi o‘rinlarini yaratish, pirovardida, xalq
farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
149
Navoiy viloyatini yanada rivojlantirish maqsadida muhtaram Yurtboshimizning
joriy yil 28 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari
asosida “2017
-2018 yillarda Navoiy viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” ishlab
chiqildi va Vazirlar
Mahkamasining 2017- yil 9- iyundagi 366-son qarori bilan tasdiqlandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlas
h to‘g‘risida 2017- yil 17- iyunda viloyat
hokimining Q-224-sonli qarori qabul qilindi. Ishlab chiqilgan dastur doirasida 2017-
2018 yillarda qiymati qariyb 6,4 trln. so‘mlik 2516 ta loyiha (1,2 trln.so‘m bank
krediti) 21 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish belgilangan.
Jumladan, sanoatda qiymati 5,9 trln.so‘mlik 648 ta loyihalarda (1,1 trln.so‘m
bank krediti) 14501 ta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligida qiymati 322 mlrd.so‘mlik 761 ta
loyihalarda (200 mlrd.so‘m bank krediti) 3692 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatishda
qiymati 235,7 mlrd.so‘mlik 1107 ta loyihalarda (95,2 mlrd.so‘m bank krediti) 4150 ta
ish o‘rni yaratilishi belgilangan.
Shundan, 2017- yilning 1-yarim yilligida qiymati 145,4 mlrd. so‘mlik 1132 ta
loyihalar amalga oshirilishi va 3967 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib,
haqiqatda umumiy qiymati 205,0 mlrd.so‘mlik (81,7 mlrd. so‘m bank kreditlari)
1356 ta loyihalar (120%)
ishga tushirilib, 4 754 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shu jumladan, sanoatda 285 ta loyiha 1882 ta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligida 458
ta loyiha 1 046 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish sohasida 613 ta loyiha 1 826 ta ish
o‘
rni.
Ishga tushirilgan loyihalarning yillik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
quvvatlari 80,2 mlrd.so‘mni tashkil qilib, byudjet daromadlari bazasi yiliga 4,7
mlrd.so‘mga oshishi ta’minlandi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda viloyatda faoliyat ko‘
rsatayotgan qo‘shma
korxonalar, xorijiy korxonalar soni-61 tani tashkil etgan. Natijada ishga tushirilgan
loyihalarning yillik eksport salohiyati natijasida viloyat bo‘yicha jami tashqi savdo
aylanmasi 2016- yilda 700,4 mlrd. dollarni tashkil yetib, tashqi savdo balansi 11,3
mlrd.doll. ijobiy ko‘rsatkichga erishilgan.