Yagona
Davlat
Interaktiv
Xizmatlari
Portali
(YIDXP)-
www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida
ish boshladi:
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari?
2. Elektron huqumatga ta’rif bering?
3. O’zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud?
4. O’zR elektron huqumatining arxitektura tuzilishini ifodalang?
5. Dov.uz nima?
6. My.dov.uz nima?
7. Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?
390
5.3. Elektron tijorat texnologiyasi
Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat’iy ta’rif berish
bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot
vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish
orqali sotib olish, deya ta’riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan
nashriyotlarda elektron tijoratni juda kо‘p ta’riflari keltiriladiki, ularda ushbu
global xodisaning u yoki bu hususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu
yerda "elektron" va "tijorat" sо‘zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan
qanday ma’no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat
tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz.
Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, tо‘lovni
amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda
qatnashuvni о‘z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli
texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va
elektron vositalar yordamida о‘tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir
yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga о‘tishi ta’minlanadi.
Keltirilgan ta’rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa
sо‘zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bо‘lgan
maqsadni о‘zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan
elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar tо‘liq yopiq amallarni
(operatsiyalar) elektron yо‘l bilan о‘tishini ta’minlaydi. Keyinchalik esa biz
shunga amin bо‘lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan
tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy
usullari, masalan tovar va xizmatlar tо‘lovini о‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan
ta’rifda "savdo" va "Internet" sо‘zlari yо‘q bо‘lishiga sabab shuki, elektron
tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bо‘yicha axborot
texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet
imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning о‘zi esa
bundan uzunroq tarixga ega.
391
Elektron tijorat tushunchasining paydo bо‘lishi 1948 yilda G‘arbiy Berlinni
kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta’minlash uchun G‘arbiy mamlakatlar
tomonidan bunyod etilgan avia kо‘prikni tashkillashgirish ishlarida qо‘llanilgan
amaliyot bilan bog‘lanadi. Ushbu kо‘prik deyarli 11 oy faoliyat kо‘rsatib, shahar
ehtiyojlari tо‘g‘risida juda tez va aniq ma’lumotlar uzatilishini talab qilgan.
Agar Berlin avia kо‘prigini elektron tijoratning paydo bо‘lish nuqtasi yoki
alohida epizodi hisobida kо‘rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish
faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya
hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g‘oyasi AT&T korporatsiyasi telefon
chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun
chaqirilgan abonentlar shaharlararo sо‘zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli
kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu о‘z navbatida, 800
talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bо‘ldi.
AQShda, misol uchun,
har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi.
2006 yil hisob-kitoblariga kо‘ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard
dollardan oshib ketgan. Yevropada esa bu kо‘rsatkich 130 milliard dollarga
yetganligi taxmin qilinmoqda.
Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali
unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil sо‘ngida u 1,55
milliard dollarga tenglashgan bо‘lsa-da, о‘sish sur’ati yiliga 30-50 foizni tashkil
etmoqda.
Internet tarmog‘i paydo bо‘lguncha bir necha yillar davomida elektron
tijorat turli xil ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI
(Yelestronic Data Interchange - ma’lumotlar elektron almashinuvi), YEFT
(Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron almashinuvi), YE -Mail
(Yelestronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir
qatorida yuqoridagi ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham
foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng
istiqbolli vosita bо‘lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot
texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik о‘rnini egallab olmaydi.
392
Biroq aynan global tarmoq elektron tijoratning rivojlanishiga qattiq turtki
berdi va u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va о‘rta tadbirkorlarga
hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu bilan esa
yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning tobora kengroq doirasini elektron
tijoratga jalb etish mumkin bо‘ldi. Elektron tijorat kundan - kunga tovar va
xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni,
sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga
birlashtirib, hamkorlarning о‘zaro ta’siri axborot va telekommunikatsion
texnologiyalar yordamida samarali va tо‘siqlarsiz rо‘y berishiga imkon berdi.
Elektron biznes – bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori
iqtisodiy
samaradorlikni
ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot
texnologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir.
Elektron tijorat о‘z - о‘zidan tovar va xizmatlarni realizatsiyalash va
yetkazib berish shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim
xizmati bilan bog‘liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta’minot,
bino loyihalari va b.) ni tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar
(transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning
tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar,
yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli
hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikatsion
qо‘llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu
virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba’zida esa juda
katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat kо‘rsatishda
elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron
tijoratning rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil
andozalari qariyb hamma mamlakatlarda, iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli
xil hajmdagi korxonalarda, shuningdek davlat muassasalari va turli darajadagi
vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu
andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi asosiga shartli ravishda mol
yetkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin bо‘lgan elektron tijoratning
393
о‘zaro aloqador tomonlari turlari qо‘yilgan. Bu tavsifning mazmuni shundan
iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mol yetkazib beruvchi va
xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi.
Tovar yetkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi:
Davlat (Government)
Korxona (Business) – Yuridik shaxs
Mijoz, iste’molchi (Consumer)- Jismoniy shaxs
Hamkor (Partner)
Korxona xodimi (Executive, Employee).
Andoza belgilanishi tovar yetkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan
tuziladi. Misol: Ingliz tilida (Business to business) yoki о‘zbek tilida (korxona-
korxona) Business to consumer-korxona-iste’molchi. Andozaning qisqartirilgan
belgilanishi sotuvchi va xaridorning ingliz tilidagi nomlari bosh xarfidan tuziladi
va ular о‘rtasida 2 raqam qо‘yiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan
mamlakatda turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi: B2B, B2C,
B2P, B2E, C2B.C2C, B2G, G2P, G2B: (davlat - korxona) va P2G (hamkor -
davlat).
Do'stlaringiz bilan baham: |