O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

Elektron  hukumat  (ingl.  e-Government)  –  bu  fuqarolar,  biznes,  davlat 

hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda  

avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro 

o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan 

maksimal  darajada  foydalaniladi.  Dunyoning  taraqqiy  topgan  mamlakatlarida 



378 

 

«Elektron  hukumat»  milliy  tizimini  faol  tatbiq  qilinmoqda.  Bu  tizim  davlat 



tuzilmalarini  boshqarishni,  davlat  va  tadbirkorlar  o‘rtasidagi  aloqani 

mustahkamlash  orqali  biznes-jarayonlarni  samarali  rivojlantirishni  ta'minlabgina 

qolmay,  fuqarolarga  davlat  xizmatlarini  internet  orqali  hammabop  interaktiv 

shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.  

Mamlakatimizda  ham  bir  necha  yillardan  buyon,  maqsadli  ravishda 

interaktiv  davlat  xizmatlarini  aholi  va  yuridik  shaxslarga  davlat  organlari  veb -

saytlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumat  portali  orqali  taqdim  etish  uchun 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  joriy  etilmoqda.  2007  yildayoq,  49ta 

Bazaviy  interaktiv davlat xizmatlari reestri  (BIDXR) tasdiqlangandi. 2009 yilda u 

94taga kengaytirilgan bo‘lib, hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko‘rinishni qamrab 

oladi. 

O‘zbekiston  matbuot  markazida  “Elektron  hukumat  tizimi  va  interaktiv 

davlat xizmatlarining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya 

texnologiyalari  davlat  qo‘mitasi  raisi  o‘rinbosari  Sherzod  Shermatov  OAV 

vakillariga  Elektron  hukumat  tushunchasi,  uning  mazmun  mohiyati,  amalga 

oshirilgan  ishlar  va  kelgusidagi  vazifalar  haqida  ma'lumot  berdi.  Bugungi  kunda 

ushbu  yo‘nalishda  Korea  Respublikasi  ekspertlari  bilan  hamkorlikda  ish  olib 

borilayotganiga to‘xtaldi. 

    Qo‘mitaning  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  boshqarmasi 

boshlig‘i  Olimjon  Umarov  mavzu  bo‘yicha  batafsil  ma'ruza  qildi.  Ma'ruzachi 

Elektron hukumat tizimining ustuvor vazifalari haq ida to‘xtalar ekan, davlat data-

markazini,  interaktiv  davlat  xizmatlarining  yagona  portali  hamda  davlat  organlari 

axborot  tizimi  majmuasini  tashkil  etish  kabi  masalalar  ustida  olib  borilayotgan 

ishlar haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 iyulidan interaktiv 

davlat xizmatlarining yagona portali ishga tushiriladi. 

Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 

yilgi  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  2013 

yil  18  yanvardagi  Hukumat  majlisida  Prezidentimiz  Islom  Karimov  mamlakatda 



379 

 

«Elektron  hukumat»  tizimini  shakllantirish  Konsepsiyasi  va  kompleks  dasturini 



ishlab chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi. 

Davlat  organlari  rahbarlari  va  mutaxassislaridan  tuzilgan  maxsus  ishchi 

guruhi  tomonidan  mazkur  yo‘nalishda  dunyo  yetakchisi  bo‘lmish  Korea 

Respublikasi  va  boshqa  xorijiy  mamlakatlarning  «elektron  hukumat»  borasidagi 

ilg‘or  tajribalarini  inobatga  olinib,  «Elektron  hukumat»  tizimini  shakllantirish 

bo‘yicha  Konsepsiya  va  Kompleks  dasturni,  shuningdek,  2013-2017  yillarda 

O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini  rivojlantirish 

Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda. 

Loyihalarni  ishlab  chiqishda  koreyalik  va  boshqa  xorijiy  ekspertlar  faol 

qatnashmoqdalar,  ushbu  yo‘nalish  bo‘yicha  O‘zbekistonning  turli  vazirliklari  va 

idoralari  mutaxassislari  bilan  davra  suhbatlari,  uchrashuvlar,  seminarlar  va 

yig‘ilishlar o‘tkazilapti. 

Ishlab  chiqilayotgan  O‘zbekiston  Respublikasida  2013-2017  yillarda 

«Elektron  hukumat»  tizimini  shakllantirish  bo‘yicha  Konsepsiya  va  Kompleks 

dastur  davlat  organlarining  o‘zaro  va  aholi  hamda  tadbirkorlik  subyektlari  bilan 

munosabatlarining  bugungi  holati  va  yo‘nalishlarini  inobatga  olgan  holda, 

«Elektron  hukumat»  tizimini  shakllantirish  va  rivojlantirish  bo‘yicha  asosiy 

vazifalarni  belgilaydi.  «Elektron  hukumat»  tizimini  joriy  etish  bo‘yicha  taklif 

etilayotgan  chora-tadbirlarning  samaradorligini  baholash  uchun  davlat  organlari 

interaktiv  xizmatlarining  turli  sohalari  va  yo‘nalishlari  bo‘yicha  maqsadli 

ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan. 

  «Elektron hukumat» tizimi  joriy  etilishi natijasida to‘liq tranzaksiyalangan 

xizmatlarga  o‘tilishi  kutilmoqda,  bu  esa,  aholi  va  biznes  vakillarining  davlat 

xizmatidan  foydalanishda  turli  instansiyalarga  qatnashni  va  davlat  xizmatchilari 

bilan  bevosita  muloqotda  bo‘lishni  istisno  etadi.  Bu,  o‘z  navbatida,  aholiga 

qo‘shimcha  qulayliklar  yaratishga  va  biznes  yuritish  sharoitlarini  yaxshilashga 

xizmat qiladi. 

Bugungi  kunda,  «Elektron  hukumat»ning  samarali  unsurlari  sifatida,  20dan 

oshiq loyihalar amalga oshirildi. Ular sirasida: 



380 

 

Gov.uz  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumat  portali,  u  tashkilotlar, 

shuningdek,  yuridik  shaxslar  va  jismoniy  shaxslar  o‘rtasidagi  elektron-axborot 

munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday 

fuqaro  yoki  korxona,  tashkilot,  muassasa  vakili  bu  yerdan  O‘zbekiston  davlat 

hokimiyatining  barcha  unsurlari  haqida  to‘liq  ma'lumot  olishi,  shuningdek, 

bevosita  gov.uz  portali  orqali  u  yoki  bu  hokimiyat  organiga  elektron  shaklda 

rasmiy  so‘rov  yuborishi  mumkin.  Bu  portalda,  shuningdek,  Bazaviy  interaktiv 

davlat xizmatlari to‘liq reestri chop etilgan. 

“Elektron  hukumat”  –  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng 

qo`llash  hisobiga  tashkilotlar  va  fuqarolar  tomonidan  davlat  xizmatlari  hamda 

davlat  organlarining  faoliyati  natijalari  to`g`risida  axborot  olish  tezkorligi  va 

qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi.  

Aholi  farovonligini  yanada  oshirish,  mamlakatning  iqtisobiy  barqarorligini 

mustahkamlashning 

muhim 


omili 

sifatida 

aloqa, 

axborotlashtirish 

va 

telekommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  O‘zbekiston  hukumati 



siyosatining  ustuvor  vazifalari  qatoriga  kiradi.  Mazkur  vazifaning  mohiyati, 

maqsadi  va  istiqboldagi  rivoji  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 

2013  yilning  27  iyunida  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining  Milliy 

axborot-kommunikatsiya 

tizimini 

yanada 


rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risidagi  qarorida  ham  o‘z  ifodasini  topdi.  Mazkur  qarorga  muvofiq,  2013-

2020  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  telekommunikatsiya  texnologiyalari, 

tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.   

Dasturning  bosh  maqsadi  iqtisodiyotning  barcha  jabhalarida  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  qilishni  rivojlantirish,  axborot  resurslari, 

tizimlari  va  tarmoqlarining  yaratilishini  jadallashtirish,  shuningdek  aholi  va 

tadbirkorlik  sub’ektlariga  ko‘rsatilayotgan  interaktiv  davlat  xizmatlari  soni  va 

sifatini yanada oshirishdan iborat. 

2013-2020  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  telekommunikatsiya 

texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa  infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli 

ravishda  yana  ikki  dasturga  bo‘lish  mumkin.  Birinchi  dastur  –  O‘zbekiston 



381 

 

Respublikasi  telekommunikatsiya  texnologiyalari,  tarmoq  va  infratuzilmasini 



rivojlantirish  bo‘lsa,  ikkinchi  dastur  –  “elektron  hukumat”  tizimining  axborot 

tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish. 

Telekommunikatsiya 

texnologiyalari, 

tarmoq 

va 


infratuzilmasini 

rivojlantirish  dasturida  keng  polosali  texnologiyalar  yordamida  simli  va  simsiz 

aloqani,  ma’lumotlar  uzatish  hamda  ovozli  trafik  kommutatsiya  markazlarini 

yanada  rivojlantirish,  magistral  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  ta’mirlash  va 

kengaytirish,  multimedia  xizmatlarini  ko‘rsatish  uchun  zarur  infratuzilmani 

yaratish vazifalari belgilab olingan.  

Misol  uchun,  2020  yigacha  keng  polosali  optik  aloqa  tarmoqlarini 

rivojlantirish  va  kengaytirish,  undan  so‘ng  mamlakatning  barcha  hududlarida 

EVDO,  3G,  4G  LTE  baza  stansiyalarini  o‘rnatish  ishlarini  olib  borish 

rejalashtirilgan.  Korporativ  sohalar  uchun  multimedia  xizmatalrini  ko‘rsatish 

studiyalarini  ishga  tushirish,  axborot-ma’lumotnoma  markazlari,  ma’lumotlarni 

saqlash  va  qayta  ishlash,  keshlash  markazlari  faoliyatini  takomillashtirish  ko‘zda 

tutilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27  iyundagi PQ-1989-son 

Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish 

bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:   

“Elektron  hukumat”  tizimining  axborot  tizimlari  komplekslari  va 

ma’lumotlar  bazalarini  yaratish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  hamda  loyihalar  ro‘yxati 

Kompleks dasturi tasdiqlangan.  

Kompleks  dastur  –  O‘zbekistonda  “Elektron  hukumat”  tizimini  joriy 

etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta  loyiha va  6 ta tadbirlarni o‘z 

ichiga oladi. 

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks 

dasturini  amalga  oshirishni  muvofiqlashtiruvchi  Respublika  komissiyasi  tashkil 

qilingan. 

Shu  bilan  birga  Vazirlik  qoshida  2  ta  yirik  “Elektron  hukumat”  tizimini 

rivojlantirish  markazi  va  Axborot  xavfsizligini  ta’minlash  markazlarini  tashkil 



382 

 

etish belgilangan.  



O‘zbekistonda  “Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  etishning  o‘ta  muhim 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  loyihalarni  amalga  oshirish  bo‘yicha  grafiklar  ishlab 

chiqilgan.  Mazkur grafiklarda  loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni 

amalga oshirish belgilangan: 

Dastlabki  loyiha  oldi  tadqiqotlarni  o‘tkazish,  bunda  interaktiv  xizmatlar 

bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar  ishlab 

chiqish. 

Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. 

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.  

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish. 

Texnik topshiriq ishlab chiqish.  

Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish. 

Loyihani amalga oshirishdan iboratdir. 

“Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  qilishning  istiqbolli  rejalari  doirasida 

2014-2016  yillarda  idoralararo  integratsiyalashgan  platformani  yaratish  loyihasi 

amalga  oshiriladi.  Bu  platforma  barcha  davlat  organlari  axborot  tizimlarini 

birlashtiradi,  aholiga  ma’lumot  olish,  ariza  topshirish  va  boshqa  xizmatlardan 

foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.  

Davlat  organlarining  aholi  va  tadbirkorlik  sub’ektlari  bilan  o‘zaro  axborot 

almashinuvlari,  muloqotlari,  shuningdek  bir  qator  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish 

2013 yilda ishga tushirilgan 

Yagona portal

 orqali amalga oshirilmoqda.  

Dasturga  muvofiq,  “elektron  hukumat”  tizimi  foydalanuvchilarini 

identifikatsiya  qilish  maqsadida  ochiq  kalitlar  bazasida  Yagoan  identifikatsiya 

tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.  

Jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  transport,  kadastr,  ko‘chmas  mulk,  ma’lumot 

va  klassifikatorlar  jam  qilingan  milliy  ma’lumotlar  bazasi  va  reyestri,  axborot 

tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning  muhim bosqichi 

hisoblanadi.  

Shundan  so‘ng,  aholi  va  tadbirkorlarga  davlat  organlari  xizmatlaridan 



383 

 

elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, 



samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.  

2013-2020  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  telekommunikatsiya 

texnologiyalari,  tarmoqlari  va  aloqa  infratuzilmasini  rivojlantirish  dasturi 

O‘zbekistonda  axborot  jamiyatini  yanada  rivojlantirish,  mamlakatning  jahon 

axborot  makoniga  yanada  integratsiyalashuvida  yangidan-yangi  imkoniyatlarning 

yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. 

 

 


Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish