O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Kriptovaluta  va  raqamli  pullarning  ishlash    texnologiyasi



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

Kriptovaluta  va  raqamli  pullarning  ishlash    texnologiyasi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  19  fevraldagi  PQ-3549-sonli  “O‘zbekiston 

Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish 

vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi  Qarori  ijrosini  ta’minlash  hamda 

2018-2019  yillarda  axborotkommunikatsiya  texnologiyalari  tizimini  tubdan 

takomillashtirish  bo‘yicha  "Yo‘l  xaritasi"ning  7-bo‘limida  belgilangan  "Mirzo 

Ulugbek  Innovatsion  sentr"  innovatsion  markazi  tashkil  qilingan.  Innovatsion 

vazirlik tashabbusi bilan  innovatsion  markaz qoshida hozirgi davrda shiddat bilan 

rivojlanayotgan 

blokcheyn 

texnologiyasi 

imkoniyatlaridan 

foydalanish 

shartsharoitlarni yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilar 

tomonidan  ushbu  texnologiyani  o‘zlashtirishni  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida 

taqsimlangan  reestr  (blokcheyn)  texnologiyalari  bo‘yicha  vakolatlar  markazini 

yaratish  ko‘zda  tutilgan.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  paytda  blokcheyn 

texnologiyasini  atroflicha  tushunish  va  undan  moliya-kredit-bank  sohalarida 

unumli  foydalanish  yo‘llarini  chamalash  maqsadida  ushbu  maqola  omma 

e’tiboriga havola etilmoqda.  

Ko‘pincha  “Blokcheyn  —  ma’lumotlarni  saqlash  uchun  taqsimlangan 

reestr…” deb tushuntiriladi. 



Blokcheyn  —  bir-biri  bilan 

internet  orqali  bog‘langan  ko‘plab 




371 

 

kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida axborotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi.  



Uning asosiy vasifasi va ishlash texnologiyasini misol tariqasida qo’rishimiz 

mumkin.   

AQSHdagi  biror  bir  firmaga  bank  jo‘natmalari  orqali  1000  dollar 

yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank 

xodimi  shaxsiy  hisobingizdan  pulni  echib  olib,  uni  xalqaro  o‘tkazmalar  uchun 

bankning  yagona  hisobiga  o‘tkazadi.  Shundan  so‘ng,  boshqa  xodim  bu  pullarni 

agent  bankning  hisobiga  o‘tkazadi,  u  esa,  o‘z  navbatida,  pullarni  AQSHga 

o‘tkazadi.  U  erda  o‘tkazmangiz  aynan  shu  taxlitda  firmaning  shaxsiy  hisobiga 

tushadi.  Jo‘natma  davomida  hech  kim  xatoga  yo‘l  qo‘ymagan  bo‘lsa,  uch  kun 

o‘tib,  firma  barcha  banklarning  komission  foizlari  olingandan  so‘ng  970  dollarni 

oladi.  Biroq  shu  uch  kun  ichida  na  siz  va  na  sizning  firmangiz,  qolaversa,  bank 

xodimlaridan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qaerda ekanligi va ularning hisobini 

kim  yuritayotganligini  bilmaydi.  Undan  tashqari,  jahon  banklararo  moliyaviy 

tizimlarida turli  moliyaviy to‘lovlarni amalga oshirishda ma’lumotlarning o‘zgarib 

qolishi,  to‘liq  etib  bormasligi  yoki  yo‘qolib  qolishi  kabi  holatlar  ham  bo‘lishi 

mumkin.  Ana  shunday  holatlarda  moliyaviy  to‘lovlarni  blokcheynlardan 

foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.   

Hozirda  blokcheynlardan  asosan  kriptovalyuta  jo‘natmalari  uchun 

foydalanilmoqda.  Biroq  u  jahonning  bir  qancha  mamlakatlarida  turli 

tashkilotlarning  turli  maqsadlari  uchun  ham  faol  joriy  etilmoqda.  Masalan,  er 

kadastrini  yuritishda,  tibbiyot  korxonalarida  mijozlarning  anketalarini  saqlashda, 

davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va xakozolarda.  

Blokcheynning afzalligi  - uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz 

kriptovalyuta yoki biror ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday 

jo‘natma  haqida  ma’lumotni  o‘zgartirish  yoki  qalbakilashtirishning  umuman 

imkoni  yo‘q.  Chunki  u  butun  dunyo  bo‘yicha  yuz  minglab  kompyuterlar  hamda 

maynerlar  tomonidan  tasdiqlanadi.  Aynan  ushbu  kompyuterlarda  ushbu 

ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi, ular bilan istagan foydalanuvchi istagan 

vaqtda  tanishishi  mumkin.  Jo‘natma  jarayoni  bor-yo‘g‘i  bir  necha  daqiqa  vaqt 



372 

 

oladi  va  bank  jo‘natmasidan  bir  necha  o‘n  marta  arzondir.  Agar  siz  pullar  yoki 



ma’lumotni  blokcheynda  saqlasangiz,  ushbu  qaydlar  hech  qachon  yo‘qolib 

qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi.   

Moliyaviy  bozorning  istagan  ishtirokchisi  istagan  daqiqada  sizning 

moliyaviy  ahvolingizga  ishonch  hosil  qilishi  mumkin.  Bunda  hech  qanday 

uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining 

matematik  kafolati  ta’minlab  beriladi.  SHuning  uchun  ham  O‘zbekistonda 

Prezidentimiz  tashabbusi  bilan  blokcheyn  texnologiyasini  rivojlantirish  borasida 

bir qator muhim topshiriqlar berildi. Endi esa blokcheynlar bilan bir vaqtda hozirgi 

paytda  jahonning  barcha  mamlakatlarida  rivojlanib  borayotgan  ICO  (Initial  Coin 

Offering – kriptotokenlarni moliyaviy bozorlarga birlamchi  joylashtirish) nimaligi 

haqida  qisqacha  ma’lumot  berishga  harakat  qilamiz.  Buni  tushunish  uchun 

attraksionlar  parkini  tasavvur  qiling.  Uning  kirish  qismida  park  emblemasi 

tushirilgan  jetonni  xarid  qilasiz  va  turli  ko‘ngilochar  o‘yinlar  va  attraksionlar 

uchun u bilan to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan  ishlovchi turli  loyihalar (masalan, 

ma’lumotlarni  saqlashga  ixtisoslashganlar)  ham  ana  shunday  jetonlar  chiqaradi. 

Ular  tanga  yoki  token  deb  ataladi.  Xaridor  ana  shunday  tokeni  xarid  qilib,  uning 

yordamida  loyihaning  biror-bir  xizmati,  aytaylik,  ma’lumotlar  bazasidagi  o‘z 

ma’lumotlarini saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar 

bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn -loyihalar 

tokenlar  chiqarganda,  ularni  odamlar  harid  qilishi  uchun  moliyaviy  bozorga 

joylashtiradi.  


Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish