388
5.2.4-ras m. gov.uz xorijliklarga mo’ljallangan
oynasi
Shuningdek hukumat portalida, Vazirliklar, Agentlik va boshqa Davlat
organlarining saytlariga havolalar, ularning manzillari, aloqa shakllari va mas’ul
shaxslarining qabul kunlari batafsil yoritilgan. Hukumat portali orqali bir
tomonlama axborot taqdim q ilish, qonunchilik manbalari bilan tanishtirish
shaklidan, ikki tomonlama, ya’ni, haqiqiy interaktiv xizmat shakliga o’tish
jarayonida birinchilardan bo’lib, Yuridik shaxslar uchun soliq deklaratsiyalarini
on-layn to’ldirish va DSI ga yuborish, fuqarolar uchun esa, soliq idoralaridan
shaxsiy STIR raqami, shuningdek, joriy sanaga soliqlardan qarzdorlik yoki
haqdorlik mavjudligi haqidagi ma’lumotnomani shakllantirib, yuklab olish
xizmatlari yo’lga qo’yilgan edi. Buning uchun Davlat Soliq Inspeksiyasining
maxsus sayti (asosiy sayt
www.soliq.uz
) –
www.hisobot.uz
ga kirib, zaruriy
ma’lumotlar – login, parol va ERI kalitini kiritish orqali shaxsiy kabinetga kirish
va standart harakatlarni amalga oshirish bilan ko’zlangan maqsadga erishish
mumkin. Mazkur yo’nalishda keyingi muhim qadamlar kommunal soha
tashkilotlaridagi
iste’molchilarning
hisob-raqamlarining
holati
haqidagi
ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi xizmatlar bo'ldi. Xususan, iste’molchilar
uchun foydalanilgan elektr energiyasi hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlarni on-
layn taqdim etishni birinchilardan bo’lib, O’zbekenergo DAK (
www.uzbekenergo.uz
)
389
yo’lga qo’ydi. Davlat statistika qo’mitasi saytida firma nomlarini on-layn
ro’yxatdan o’tkazish tizimi, Bojxona qo’mitasi saytida esa, bojxona
deklaratsiyalarini on-layn qabul qilish tizimi ish boshladi. Shu tarzda, hukumat
portalida interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib, ular sifat jihatdan ham
takomillashib bordi. Xususan, keyingi davrda xar bir davlat idorasi, tashkiloti,
muassasa va boshqa tuzilmalarning, mahalliy hokimiyatlarning rasmiy veb-
saytlarida alohida interaktiv xizmatlar bo’limi tashkil etildi. Biroq, bul holatning
bitta noqulaylik tarafi mavjud edi: ular tarqoq holda bo’lib, har bir muassasaga
murojaat etishda, uning sayti saytidan foydalanish, agar murojaatni ko’rib
chiqishda boshqa muassasaning ham ishtiroki talab qilinsa, bunda murojaat etuvchi
fuqaro, ikkinchi muassasaga ham alohida murojaat bilan chiqishi kerak edi.
Qolaversa, ayrim tashkilotlarning veb-saytlarida ko’rsatilgan manzillarning faol
emasligi, yoki, murojaat e’tiborsiz qoldirilishi holati nazoratdan chetda qolar edi.
Shu kabilarni bartaraf etish va davlat interaktiv xizmatlarini standartlashtirilgan
yagona tizimga birlashtirish bu o’rinda mantiqan to'g'ri va optimal variant bo’lardi.
Shu sababli ham Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan barcha davlat
interaktiv xizmatlarining standartlashtirilgan yaxlit majmuini o’zida namoyon
etuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: