O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet333/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

Yagona 

Davlat 

Interaktiv 

Xizmatlari 

Portali 

(YIDXP)- 



www.my.gov.uz tashkil etildi va u 2013 yil 1-iyul sanasidan boshlab test rejimida 

ish boshladi: 

 

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 

 

1.  Elektron huqumatni rivojlanish boskichlari? 

2.  Elektron huqumatga ta’rif bering? 

3.  O’zbekistonda elektron huqumatning qanday modellari mavjud? 

4.  O’zR elektron huqumatining arxitektura tuzilishini ifodalang? 

5.  Dov.uz nima? 

6.  My.dov.uz nima? 

7.  Huqumat portalida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin? 




390 

 

 



5.3. Elektron tijorat texnologiyasi 

Shuni  aytish  lozimki,  "elektron  tijorat"  tushunchasiga  qat’iy  ta’rif  berish 

bugungi  kunda  oddiy  ish  emas.  Gap  shundaki,  bir  tomondan,  ommaviy  axborot 

vositalarida  va  taniqli  nashriyotlarda  elektron  tijorat  tovarlarni  Internet  ishlatish 

orqali  sotib  olish,  deya  ta’riflanadi.  Ikkinchi  tarafdan,  ixtisoslashtirilgan 

nashriyotlarda  elektron  tijoratni  juda  kо‘p  ta’riflari  keltiriladiki,  ularda  ushbu 

global  xodisaning  u  yoki  bu  hususiyati  qirralari  qayd  etiladi.  Umumiy  holda  bu 

yerda "elektron" va "tijorat" sо‘zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan 

qanday  ma’no  berishini  bilib  olish  lozim.  Shundan  kelib  chiqib,  elektron  tijorat 

tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. 

Elektron tijorat  tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, tо‘lovni 

amalga  oshirish,  tovar  (xizmat  bajarilishi)  yetkazib  berilishidagi  boshqaruvda 

qatnashuvni  о‘z  ichiga  oluvchi  operatsiyalarning  (amallar)  yopiq  siklli 

texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va 

elektron  vositalar  yordamida  о‘tkazilib,  egalik  etish  yoki  ishlatish  huquqini  bir 

yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga о‘tishi ta’minlanadi. 

Keltirilgan  ta’rif  elektron  tijoratning  "ideal"  tushunchasini  yoki  boshqa 

sо‘zlar  bilan  elektron  tijorat  tizimlarini  tashkil  etishda  intilishi  lozim  bо‘lgan 

maqsadni  о‘zida  aks  ettiradi.  Haqiqatda  bugungi  kunda  faqat  keng  rivojlangan 

elektron  tijorat  tizimlarigina  barcha  tijorat  kelishuvlar  tо‘liq  yopiq  amallarni 

(operatsiyalar)  elektron  yо‘l  bilan  о‘tishini  ta’minlaydi.  Keyinchalik  esa  biz 

shunga  amin  bо‘lamizki,  elektron  tijorat  sinfiga  kiruvchi  deb  qabul  qilingan 

tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy 

usullari, masalan tovar va xizmatlar tо‘lovini о‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan 

ta’rifda  "savdo"  va  "Internet"  sо‘zlari  yо‘q  bо‘lishiga  sabab  shuki,  elektron 

tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bо‘yicha axborot 

texnologiyalari  vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Elektron  tijoratda  Internet 

imkoniyatlari  90  -yillardan  faol  ishlatila  boshladi.  Elektron  tijoratning  о‘zi  esa 

bundan uzunroq tarixga ega. 



391 

 

Elektron tijorat tushunchasining paydo bо‘lishi 1948 yilda G‘arbiy  Berlinni 



kerakli  material  -texnik  xom  ashyo  bilan  ta’minlash  uchun  G‘arbiy  mamlakatlar 

tomonidan  bunyod  etilgan  avia  kо‘prikni  tashkillashgirish  ishlarida  qо‘llanilgan 

amaliyot bilan bog‘lanadi. Ushbu kо‘prik deyarli 11 oy faoliyat  kо‘rsatib, shahar 

ehtiyojlari tо‘g‘risida juda tez va aniq ma’lumotlar uzatilishini talab qilgan. 

Agar  Berlin  avia  kо‘prigini  elektron  tijoratning  paydo  bо‘lish  nuqtasi  yoki 

alohida  epizodi  hisobida  kо‘rsak,  30  yillik  AT&T  korporatsiyasi  loyihasining  ish 

faoliyati  boshlanishini  elektron  tijorat  tizimi  faoliyatining  boshlanishi,  deya 

hisoblash  mumkin.  Loyihaning  asosiy  g‘oyasi  AT&T  korporatsiyasi  telefon 

chaqiruvlarini  operator  orqali  qayta  ishlovning  narxini  kamaytirish  uchun 

chaqirilgan  abonentlar  shaharlararo  sо‘zlashuv  uchun  hisobini  avtomatik  usuli 

kashf  etilganligida  va  patentlanganligida  tashkil  topdi  va  bu  о‘z  navbatida,  800 

talik  raqamlar  xizmatining  tashkil  topilishiga  asos  bо‘ldi.

 

AQShda,  misol  uchun, 



har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. 

2006 yil hisob-kitoblariga kо‘ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard 

dollardan  oshib  ketgan.  Yevropada  esa  bu  kо‘rsatkich  130  milliard  dollarga 

yetganligi taxmin qilinmoqda.  

Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish  hajmi  hali 

unchalik  katta  emas.  Ekspertlarning  baholashicha,  2006  yil  sо‘ngida  u  1,55 

milliard  dollarga  tenglashgan  bо‘lsa-da,  о‘sish  sur’ati  yiliga  30-50  foizni  tashkil 

etmoqda.  

Internet  tarmog‘i  paydo  bо‘lguncha  bir  necha  yillar  davomida  elektron 

tijorat  turli  xil  ma’lumotlarni  uzatish  elektron  tizimlarida  asoslangan.  EDI 

(Yelestronic  Data  Interchange  -  ma’lumotlar  elektron  almashinuvi),  YEFT 

(Electronic  Funds  Transfer-fondlarning  elektron  almashinuvi),  YE  -Mail 

(Yelestronic  Mail  -  elektron  pochta)  elektron  tijorat  tizimlarining  butun  bir 

qatorida  yuqoridagi  ma’lumotlarni  almashish  tashkiliy  usullaridan  hozirda  ham 

foydalaniladi.  Internet  elektron  tijoratning  butun  dunyoda  tarqalishi  uchun  eng 

istiqbolli  vosita  bо‘lishiga  qaramasdan,  elektron  tijorat  rivojlanishining  axborot 

texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik о‘rnini egallab olmaydi. 



392 

 

Biroq  aynan  global  tarmoq  elektron  tijoratning  rivojlanishiga  qattiq  turtki 



berdi  va  u  katta  korporatsiyalargagina  emas,  balki  kichik  va  о‘rta  tadbirkorlarga 

hamda  alohida  shaxslarga  ham  foydalanish  imkoniyatini  berdi.  Bu  bilan  esa 

yetkazib  beruvchilar  va  iste’molchilarning  tobora  kengroq  doirasini  elektron 

tijoratga  jalb  etish  mumkin  bо‘ldi.  Elektron  tijorat  kundan  -  kunga  tovar  va 

xizmatlar  assortimentini  oshira  boshlagan  sari  alohida  shaxslarni,  korxonalarni, 

sohalarni,  davlat  muassasalarini  va  nihoyat  davlatlarni  bir  hamjamiyatga 

birlashtirib,  hamkorlarning  о‘zaro  ta’siri  axborot  va  telekommunikatsion 

texnologiyalar yordamida samarali va tо‘siqlarsiz rо‘y berishiga imkon berdi. 



Elektron  biznes  –  bu    biznesni  an’anaviy  turlariga  nisbatan  yuqori 

iqtisodiy 

samaradorlikni 

ta’minlash  maqsadida  eng  ilg‘or  axborot 

texnologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. 

Elektron  tijorat  о‘z  -  о‘zidan  tovar  va  xizmatlarni  realizatsiyalash  va 

yetkazib berish shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim 

xizmati  bilan  bog‘liq:  Nomoddiy  oqimlar  nomoddiy  tovarlar  (dasturiy  ta’minot, 

bino  loyihalari  va  b.)  ni  tо‘g‘ridan  -  tо‘g‘ri  tarmoqli  uzatish,  moddiy  xizmatlar 

(transport  chiptalari,  mehmonxonalarda  xonalar  va  x.z.  buyurtmasi)ning 

tо‘g‘ridan  -  tо‘g‘ri  tarmoqli  bajarilishi,  hamkorlar  (mijozlar,  buyurtmachilar, 

yetkazib  beruvchilar,  subpudratchilar,  banklar  va  b.)  bilan  moliyaviy  tarmoqli 

hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikatsion  

qо‘llab  -  quvvatlash  natijasida  yuzaga  keladi.  Bunday  oqimlar  u  yoki  bu 

virtual  tijorat  faoliyati  natijasida  umumiy  oqimlarning  sezilarli,  ba’zida  esa  juda 

katta  qismini  tashkil  etadi.  Tabiiyki,  nomoddiy  oqimlarga  xizmat  kо‘rsatishda 

elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron 

tijoratning rivojlanishiga olib keladi.  Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil 

andozalari qariyb hamma  mamlakatlarda,  iqtisodiyotlarning turli sohalarida, turli 

xil  hajmdagi  korxonalarda,  shuningdek  davlat  muassasalari  va  turli  darajadagi 

vakolatli  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  hokimiyat  organlarida  tarqalmoqda.  Bu 

andozalarning  umumiy  -qabul  qilingan  tasnifi  asosiga  shartli  ravishda  mol 

yetkazib  beruvchi  va  xaridor  deb  nomlash  mumkin  bо‘lgan  elektron  tijoratning 



393 

 

о‘zaro  aloqador  tomonlari  turlari  qо‘yilgan.  Bu  tavsifning  mazmuni  shundan 



iboratki,  elektron  tijoratni  yuritish  andozalari  mol  yetkazib  beruvchi  va 

xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi. 

Tovar yetkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi: 

Davlat (Government)   

Korxona (Business) – Yuridik shaxs 

 

 



Mijoz, iste’molchi (Consumer)- Jismoniy shaxs 

Hamkor (Partner) 

 

 

Korxona xodimi (Executive, Employee). 



Andoza  belgilanishi  tovar  yetkazib  beruvchi  va  xaridor  nomlanishidan 

tuziladi.  Misol:  Ingliz  tilida  (Business  to  business)  yoki  о‘zbek  tilida  (korxona-

korxona)  Business  to  consumer-korxona-iste’molchi.  Andozaning  qisqartirilgan 

belgilanishi  sotuvchi  va  xaridorning  ingliz  tilidagi  nomlari  bosh  xarfidan  tuziladi 

va  ular  о‘rtasida  2  raqam  qо‘yiladi.  Hozirgi  vaqtda  iqtisodiy  rivojlangan 

mamlakatda  turli  xil  darajada  quyidagi  andozalardan  foydalaniladi:  B2B,  B2C, 

B2P,  B2E,  C2B.C2C,  B2G,  G2P,  G2B:  (davlat  -  korxona)  va  P2G  (hamkor  -

davlat). 




Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish