Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 11,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/268
Sana22.02.2022
Hajmi11,34 Mb.
#100425
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268
Bog'liq
nammqi 2020kanferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. Majidov T.Sh. “Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” 
Toshkent – 2014. 
2. Аллаев К.Р. «Энергетика мира и Узбекистана». Молия, Ташкент – 2007. 
3. 
http://forca.ru/spravka/bezopasnost/harakteristiki-sily-vetra.html
  


148 
O’ZBEKISTONDA BIOGAZDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI 
ass. X.A.Eraliyev (FerPI) 
Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy 
xavfsizlikni ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun 
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. 
Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza 
qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini 
o‘zlashtirish hisoblanadi. 
Yagona energetika tizimining operatori dispetcherlik rejasi bo‘yicha elektr 
energiyasini sotib olishnishida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va 
ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanish, qazib olinadigan yoqilg‘idan 
foydalanib quvvat ishlab chiqaruvchi generatorlardan ustunroq hisoblanadi. 
Biomassa – o‘simlik va hayvonot dunyosidagi barcha organik moddalarni 
kelib chiqishini birlashtiruvchi termindir. Biomassa birlamchi - o‘simliklar,
hayvonlar, mikroorganizmlar va boshqalar hamda ularning uzoq yillik 
jarayonlardan so’ng boshqa turdagi yoqilg‘iga aylanishi va ikkalamchilarga 
(biomassani qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilar hamda inson va 
hayvonlarning hayoti davomida foydalaniladigan mahsulotlar) bo‘linadi. O‘z 
navbatida chiqindilar ham birlamchilarga – birlamchi biomassani qayta ishlaganda 
hosil bo‘ladigan chiqindilar (hashak, poya va barglar, qirindilar, spirt quyqasi, 
shox-shabbalar) va ikkalamchilarga-inson va hayvonot dunyosining fiziologik 
almashishi mahsulotlari kiradi. 
Biomassa keng ko‘lamli qayta tiklanadigan energiya resurslari demakdir va 
yog‘och, sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilarni o‘z ichiga oladi. 
Biomassadan energetika manbai sifatida yoqish, gazlashtirish, piroliz, spirt yoki 
biogaz olish uchun biokimyoviy qayta ishlash orqali foydalanish mumkin. Bu 
jarayonlarning har biri, belgilangan maqsadda qo‘llanish sohasiga ega. 
Birlamchi biomassani tabiiy holda quruqlikda va suvda o‘sadigan 
o‘simliklar tashkil qiladi. Biomassa fotosintez natijasida hosil bo‘ladi, ya’ni 
fotosintez natijasida quyosh energiyasi, o‘sayotgan o‘simlik massasida to‘planadi. 
Fotosintezning energetik foydali ish koeffitsienti o‘rtacha 5 % ni tashkil qiladi. 
Energiya olish maqsadida birlamchi biomassadan, ana’naviy yoqilg‘ilar o‘rnini 
qoplaydigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Birlamchi biomassaga, o‘rmon va 
yog‘ochni qayta ishlash sanoati hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqindilarini 
kiritish mumkin.
O‘zbekistonda sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik maydonlarini asosan g‘o‘za, 
g‘alla, tamaki, kungaboqar va poliz ekinlari egallaydi. Hozirgi kungacha 
g‘o‘zaning poyasidan qisman spirt, qog‘oz va bir qancha qurilish materiallarini 
ishlab chiqarishda hom ashyo sifatida foydalanib kelinadi. Qolgan o‘simliklarning 
poyalari tashlab yoki yoqib yuboriladi. Mana shu qishloq xo‘jalik chiqindilaridan 
ham biomassa, ya’ni bioyoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. 
Bir kilogramm go‘ngdan qancha gaz olish mumkin? Bir litr suvni qaynatish 
uchun 26 litr gaz sarflanshini hisobga olib quyidagi chiqindilardan qancha suvni 
qaynatishga yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan: 


149 
- qoramolning 1 kg go‘ngidan 7,5ч15 litr suvni qaynatishga; 
- cho‘chqaning 1 kg go‘ngidan 19 litr suvni qaynatishga; 
- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5ч23 litr suvni qaynatishga; 
- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5 litr suvni qaynatishga; 
- kartoshkaning 1 kg poyasidan 17 litr suvni qaynatishga; 
- pomidorning 1 kg poyasidan 27 litr suvni qaynatishga. 
Biogazning afzalliklaridan biri, hohlagan joyda issiqlik va elektroenergiya 
ishlab chiqarishdan iboratdir. 
Biogaz moslamalarida foydalanish kuydagi afzalliklarga ega: 

biogaz SO2 ga qaraganda neytral yoqilg‘i hisoblanadi, undan foydalanish 
esa atmosferada organik chiqindilarni achitishda yuzaga keladigan metan gazi 
miqdori ko’payishining olini oladi; 

achitilgan bimossadan olinadigan o‘g‘itlar qiymati boshlang‘ich hom 
ashyonikidan ancha yuqori; 

fermerlarga qarashli yerlarda ozuqa moddalarini ekologik xafsiz va 
iqtisodiy foydali uslubda ikkilamchi qayta ishlash qattiq biomassani biogaz olish 
uchun achitishning afzalligi hioblanadi; 

atrof-muhitning ifloslanishi kamayishi hisobiga insonlarning sog‘ligi 
yaxshilanadi; 

uzoq qishloqlarda ham maishiy qulayliklar yaratadi; 

yerlarni hosildorligini oshiradi; 

chiqindilardan foyda olish imkonini beradi; 

energetik qaramlikdan ozod qiladi. 
Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizda biogazdan keng foydalanish 
yo‘lga qo‘yilmoqda. Ba’zi noana’naviy energetik manbalardan foydalanishni sekin 
rivojlanishi, ularni ishlab chiqarish, ana’naviy energiya ishlab chiqarishga 
qaraganda qimmatligidadir. Masalan, bir kunda 300 tonna quvvatga ega biogaz 
moslamasining yaratish uchun talab etaladigan umumiy mablag‘ taxminan 6,4mln 
$ ni tashkil etadi. Bu narx kelgusi 15 yilda 5,8 dan 5 mln $ gacha tushushi 
kutilmoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda, bir kunda taxminan 6-8 m
3
biogaz va 
100-120 litr o‘g‘it ishlab chiqaradigan kichik bioreaktorlar o‘rnatilmoqda. 
Ularning eng kam narxi 250 $nni tashkil etadi. Maishiy iste’molchilarga 
mo‘jallangan biogaz moslamalaridan foydalangan holda, kichik xo‘jaliklar va 
fermerlar uchun o‘g‘it ishlab chiqarish ularning iqtisodiy samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. 

Download 11,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish