Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш



Download 11,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/268
Sana22.02.2022
Hajmi11,34 Mb.
#100425
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268
Bog'liq
nammqi 2020kanferensiya

Литература 
1. Указ Президента Республики Узбекистан от 1 марта 2013 года «О мерах 
по дальнейшему развитию альтернативных источников энергии», 
Ташкент 2013 год. 
2. Безруких П.П., Стребков Д.С. Состояние, перспективы и проблемы 
развития возобновляемых источников энергии // Малая энергетика, 2005, 
№1-2 (2-3).
3. Баадер В., Доне Е., Брендерфер М. Биогаз: теория и практика.М., Колос, 
2002
4. Стребков Д.С., Ковалев А.А. Биогазовые установки для обработки 
отходов животноводства. // Техника и оборудование для села – 2006. - 
№11. – С.28-30 
O’ZBEKISTONDA SHAMOL ENERGIYASIDAN FOYDALANISH 
ISTIQBOLLARI 
katt. o’q. A.X.Eraliyev, ass. X.A.Eraliyev (FarPI) 
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va 
rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari 
asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini 
diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor 
yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, 
mahalliy 
ilmiy-texnik 
ishlanmalarning 
amaliyotda 
tatbiq 
etilishini 
muvofiqlashtirish va ilg‘or xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish 
ishlari amalga oshirilmoqda. 
Shu munosabat bilan ushbu dasturga quyosh va shamol elektr stansiyalarini 
qurish uchun 4 ta investitsiya loyihalari kiritilgan bo‘lib, ulardan uchtasi 
Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida har biri 100 MVt quvvatga ega 
bo‘lgan quyosh stansiyalari va Navoiy viloyatida 102 MVt quvvatga ega bo‘lgan 
bitta shamol stansiyasidir. 


147 
Havo massasining yer atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan 
turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha 
energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kVt/ soatni tashkil 
qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10–12 % idan foydalanish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib Chorvoq suv omborining dam 
olish hududida eng katta shamol energoqurilmasi o’rnatildi. Quvvati 750 kVt/soat 
bo’lgan shamol energoqurilmasini o’rnatish, Janubiy Koreyaning “Doojin 
Co.LTD” kompaniyasi yordamida amalga oshirildi. Shamol energoqurilmasi 
maydoniga 40 m balandlikdagi minoraga shamol tezligini o’lchovchi 
anemometrlar va boshqa nazorat-o’lchov asboblari o’rnatilgan. Shamol 
energoqurilmasi bir yilda 12,3 million kVt/soat elekt energiyasi ishlab chiqaradi, 
natijada 700 000 m
3
tabiiy gaz tejalmoqda, shamol energoqurilmasi o’rnatilgan 
hududida shamolning o’rtacha tezligi 4,3 m/s ni, qish mavsumida esa 6,6÷7,1 m/s 
ni tashkil qiladi. Shamolning ko’rsatilgan tezliklari, shamol energoqurilmasini 
barqaror ishlashini ta’minlaydi.
“Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya) kompaniyalari 
tomonidan uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini 
rivojlantirish salohiyatini baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol 
energiyasi salohiyatini baholash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga 
ko‘ra respublikaning shamol energetikasi salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan 
bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki hududda qurish tavsiya etilgan. 
“Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi 
rivojlanishi uchun salmoqli salohiyatga egadir. Shuni hisobga olib yurtimizda 
shamol energiyasidan elektr energiyasi olishni yanada rivojlantirish mumkin va bu 
bilan kelejak avlod uchun tabiiy gazni ma’lum bir miqdorda tejashga erishiladi. 
Bundan tashqari shamol turbinalarinig ikkita asosiy turlari mavjud: vertikal va 
gorizontal aylanish o‘qli. Vertikal o‘qli turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda 
ishlaydi, shuning uchun ular past samarali hisoblanadi. Shuning uchun vertikal 
o‘qli turbinalar juda kam qo‘llaniladi. Asosan ular uy uchun o‘rnatiladi. Uy uchun 
kuriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Odatda uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s 
tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin. Yurtimizning adirlik, tog’ 
va tog’ oldi hududlarida vertikal o‘qli turbinalardan xonadonlar uchun shamol 
generatorlari sonini ko’paytirish shamol energiyasidan foydalanish istiqbolining 
rivojiga salmoqli hissa qo’shadi. 

Download 11,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish