1.1.1.4. Аpparatlar
1.1.1.4.1. Reaktor (3-apparat)
Quvurchali reaktor etilenning 1500 atmosfera bosimi ostida po-
limerlash jarayonini olib borishga mo‘ljallangan. Reaktor sifatli
zanglamas po‘latdan yasalgan. Reaktor kalachlar yordamida birlash-
tirilgan. Yuqori bosim quvurcha Ø34´17 lardan tuzilgan. Yuqori bo-
sim quvurchalarining «ko‘ylagi» (sovitish yoki isitish uchun) bo‘lib,
Ø125´4 quvurchalardan qilingan.
Reaktorni «ilon izi» elementlari uzunligi 320 metrga yaqin
bo‘ladi.
1.1.1.4.2. Yuqori bosim ajratkichi (4-apparat)
Yuqori bosim ajratkichi yuqori bosim qaytarma etilenning poli-
etilendan ajratishga mo‘ljallangan. U qopqoq va tekis tubli vertikal
silindrik apparatdan iborat. Аpparat bug‘ bilan isitish uchun tashqi
«ko‘ylak» va issiqlikka izolatsiya bilan ta’minlangan. D
ichk
=500 mm,
D
tashqi
=650 mm, N
umumiy
=5250 mm, korpus materiali – po‘lat 30ХMА,
«ko‘ylagi» materiali – po‘lat 20, V
ajratkich
=0,98 m
3
, ajratkichning ish-
chi bandligi – 4,8 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |