4– ma’ruza to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat. Erkin tushish. Pastga va yuqoriga vertikal otilgan jism harakati. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakatlarning grafik ta’sviri. Egri chiziqli harakatlar
4– MA’RUZA To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat. Erkin tushish. Pastga va yuqoriga vertikal otilgan jism harakati. To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakatlarning grafik ta’sviri. Egri chiziqli harakatlar. Aylana bo’ylab tekis harakat va uni tavsiflovchi fizik kattaliklar. Gorizontal otilgan jism harakati. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jism harakati.
Reja: Erkin tushish.
Yuqoriga tik otilgan jism harakati.
Erkin tushish tezlanishini geografik kenglikka bogʻliqligi.
Erkin tushish. Jismlarning og‘irlik kuchi (erning tortilishi) tufayli havosiz fazoda tushishi erkin tushish deyiladi. Erkin tushishni faqat havosiz fazoda, ya'ni vakuumda amalga oshirish mumkin. Chunki havoli fazoda tushayotgan jismga erning tortish kuchidan tashqari havoning qarshilik kuchi ta'sir qiladi. Erning tortish kuchi havoning qarshilik kuchiga nisbatan juda ko‘p marotaba katta bo‘lganda jismning tushishini erkin tushish deb atash mumkin. Masalan, biror balandlikdan erkin tushayotgan metall sharcha harakatini erkin tushish deb qarash mumkin. Chunki metall sharchaga ta'sir qilayotgan havoning qarshilik kuchi erning tortishish (og‘irlik) kuchiga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik. Lekin, shu balandlikdan tusha-yotgan qush pati yoki bir varaq, qog‘ozining harakatini erkin tushish deb hisoblab bo‘lmaydi.
E rkin tushish qonuniyatini birinchi bo‘lib mashhur Italiya olimi G.Galiley tajribalar asosida aniqlagan. Galiley jismlarning erkin tushishida ikkita qonuniyat borligini aniqlanadi. Birinchidan jismning erkin tushishi to‘g‘ri chiziqdi tekis tezlanuvchan harakatdan iborat. Ikkinchidan hamma jismlar erkin tushish vaqtida bir xil tezlanish bilan harakat qiladi.
Odatda erkin tushish tezlanishi g harfi bilan belgilanadi. Erkin tushish tezlanishinig qiymati g=9,81 m/s2 ga teng. h balandlikdan v0 boshlang‘ich tezlik bilan erkin tushayotgan jismning ma'lum t vaqtdan keyingi tezligi
=o+gt (4.1)
ifoda orqali hisoblanadi. Agar erkin tushayotgan jism boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lmasa (ya'ni o=0 bo‘lsa), uning t vaqtdagi keyingi tezligi = gt ga teng bo‘ladi.
o boshlang‘ich tezlik bilan tashlangan jism t vaqt davomida erkin tushgan bo‘lsa, uning tushayotgan h balandligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
h=оt+gt2/2 (4.2)
agar o=0 bo‘lsa, h = gt2/2 bo‘ladi.
Erkin tushayotgan jismning o boshlang‘ich tezligi va h tushish balandligi ma'lum bo‘lsa, uning harakat oxiridagi tezligi
(4.3)
agar o =0 bo‘lsa bo‘ladi. (3)-ifodaga ko‘ra quyidagiga ega bo‘lamiz:
(4.4)
agar o=0 bo‘lsa, bo‘ladi.