3.2 Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi va elementlari
Har bir xo’jalik yurutuvchi sub’yektlar mahsulot ishlab chiqarish jarayoni
bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
sarf qilingan moddiy reysurslar (asosiy vositalar eskirishi, urug’lik, o’g’it, yonilg’i-
moylash materiallari ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat ishlab chiqarish
xarajatlarini tashqil qiladi.
Xo’jalikning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa xo’jalik-moliyaviy
faoliyati natijasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin
(15-chizma):
- Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- noishlab chiqarish xarajatlari.
2. Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra:
75
- ichki xarajatlar;
- tashqi xarajatlar.
3. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatan:
- doimiy xarajatlar;
-o’zgaruvchan xarajatlar,
4. Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Xo’jalikning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa xo’jalik
faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
- favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirish bilan bog’lik quyidagi xarajatlardan tashqil topadi:
▪ bevosita moddiy material xarajatlari;
▪ bevosita mehnatga haq to’lash xarajatlari;
▪ ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.
Xo’jalikning bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq
bo’lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning
tarkibiga:
▪ mahsulotni sotish bilan bog’liq xarajatlar;
▪ boshqaruv xarajatlari;
▪ boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
▪ moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
▪ favqulodda zararlar kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan fermer xo’jaligining o’ziga
tegishli resurslar sarfi (asosiy vositalar, yem-xashak, organik o’g’itlar, asosiy
podaga o’tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) xo’jalikning ichki
76
xarajatlarini, tashqi mol yuboruvchilar va boshqa sub’yektlardan sotib olingan
resurslar uchun to’lovlar xo’jalikning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrda mahsulot xajmining o’sishiga nisbatan doimiy va
o’zgaruvchi xarajatlar farq qiladi.
Doimiy xarajatlar mahsulot xajmining o’zgarishiga bog’liq bo’lmay,
xo’jalikning ma’lum bir vaqt oralig’ida sarflashi qat’iy belgilab qo’uyilgan
o’zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizasiyasi,
boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug’urta to’lovlari, telefon uchun abonentlik
to’lovi va ijara to’lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarning
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot xajmining oshib borishi bilan bir
birlik mahsulotga tug’ri keluvchi o’rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi.
O’zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi
yoki kamayishiga qarab o’zgarib turadi, ya’ni mahsulot xajmiga mutanosib
bo’ladi. O’zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan
ajratmalar, xom ashyo, yonilg’i-moylash materiallari, o’g’itlar, yem-xashak,
yoqilg’i va energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar sarfi kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot
xajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga to’g’ri keluvchi o’rtacha o’zgaruvchi
xarajatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi xo’jalikning umumiy
xarajatlarini tashqil qiladi. Bundan tashqari bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga
sarflangan o’rtacha umumiy xarajatlar tushunchasi ham mavjud. O’rtacha doimiy
xarajatlar, doimiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish xajmiga bo’lish
orqali hisoblanadi. Xuddi shuningdek, o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarni,
o’zgaruvchi xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo’lish orqali
topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, hali moddiy resurslar va asosiy
vositalar to’la bandlik darajasiga erishmagan davrda o’rtacha doimiy xarajatlar
qiymati yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib
borish xususiyatiga ega. O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi
77
optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab
chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo’lishi tufayli, o’rtacha
o’zgaruvchi xarajatlar ortib boradi.
Keyingi har bir qo’shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga
sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar
summasining o’sgan qismini mahsulot xajmining o’sgan qismiga bp’lish orqali
topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo’shimcha
mahsulot birligi xo’jalikka qanchaga tushishini ko’rsatadi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi
ishchilarning ish haki va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfkni kiritish
mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot yetishtirish jarayonida
ishtirok etishi tufayli (masalan o’simlikchilikda yer xaydash traktorlarning
amortizatsiyasi), ularga ketgan xarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi
ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to’g’ri keladi. Bunday xarajatlar bilvosita
ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Xo’jalikning ishlab chiqarish, operatsion, moliyaviy va boshqa faoliyati
natijasida yuzaga keladigan xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofik
quyidagicha turkumlanadi (16-chnzma):
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning
iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bo’yicha ajratiladi:
▪ ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;
▪ ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
▪ ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
▪ asosiy fondlar amortizatsiyasi;
▪ ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
78
Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari elementlari:
2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asisiy faoliyatdan
olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr harajatlari elementlari:
▪ boshqaruv xarajatlari;
▪ mahsulotni sotish xarajatlari;
▪ boshqaruv operasion xarajatlar.
3. Xo’jalikning umumxo’jalik faoliyatida olingan foydasini aniqlshda
hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
▪ foizlar bo’yicha to’lovlar;
▪ mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish to’lovlari;
▪ xorijiy valyuta bilan operasiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
▪ qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
▪ moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.
4. Xo’jalikning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan bir necha yillar
davomida takrorlanib turmaydigan va fermer xo’jaligi boshlig’ining (mulk
egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog’liq bo’lmagan holda vujudga
keladigan voqealar va xodisalar (suv toshqini, yong’in, jala, do’l kabi tabiiy ofatlar
va mamlakat qonunchiligi o’zgarishi) natijasida qo’shlgan zararlar.
Mahsulot tannarxi shu mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan barcha
moddiy va mehnat resurslarining qiymat ko’rinishida ifodalanishidir. Mahsulot
tannarxini hisoblashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad mahsulot ishlab chiqarishga
sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli xujjatlarda vaqtida, to’liq va ishonchli aks
ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida,
oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatishdir.
Maxsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy
samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko’rsatgichlardan biridir. U fermer
xo’jaligiga u yoki bu turdagi mahsulotni yetishtirish qiymat ko’rinishida qanchaga
tushayotganini ko’rsatadi. Tannarxda xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatining sifat
ko’rsatkichlari: ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab
79
chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, xo’jalikni tejamkorlik
bilan va oqilona yuritish omillari, ekinlar hosildorligi va chorva mollari
mahsuldorligini yuksaltirish sharoitlari o’z aksini topadi.
Quyidagi 3.2.1-jadvalda “Xumora-sarka” f/x moliyaviy natijasi haqida
ma’lumot berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |