59
III. BOB. Fermer xo’jaliklarida MTP xizmatlaridan samarali foydalanish va
xo’jaliklarining moliyaviy natijalari.
3.1. Qishloq xo’jaligida investision faoliyatini tashkil qilishni yangi shakllarini
rivojlantirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida
zamonaviy bozor munosabatlari, shuningdek bir qator samarali moliyaviy xizmat
turlari shakllanib bormoqda. Jahonning barcha mamlakatlarida keng ko’lamda
qo’llanilib kelinayotgan lizing amaliyotlari shunday samarali moliyaviy xizmat
turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu istiqbolli faoliyatni rivolantirish maqsadida
hukumatimiz tomonidan muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda va ayniqsa, qishloq
xo’jaligida investision faollikni shakllantirish bo’yicha turli imtiyozlar
yaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini investisiyalash jarayonini yanada qo’llab-
quvatlashda lizing operasiyalari katta rol o’ynaydi. Shu maqsadda O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator
qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 1999-yil 14-aprelda qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasi "Lizing to’g’risida" qonun, 1991-yil 19-
noyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi "Ijara to’g’risida" qonuni,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28-avgustdagi "Lizing tizimini
rivojlantirishni yanada rag’batlashtirish bo’yicha chora- tadbirlari to’g’risida"gi
Farmoni, 1999-yil 20-iyul 776 soni "O’zbekiston Respublika banklari tomonidan
moliyaviy lizing o’tkazish tartibi to’g’risida"gi Nizomni misol qilib keltirish
mumkin. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Lizing faoliyatini
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2002-yil 28-
avgustdagi Farmonida lizing operasiyalari bilan shug’ullangan tashkilotlarga bir
qator imtiyozlar berilgan. Jumladan:
- lizing to’lovlari qo’shilgan qiymat solig’idan, hamda O’zbekiston
Respublika hududida lizingga berish uchun olib keladigan texnologiya uskunalari
vakil bankining tegishli tasdig’i mavjud bo’lgan taqdirda, bojxona to’lovidan va
qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinadi;
60
- lizingga oladigan xo’jalik sub’yektlarmizning shartnomasi amal
qiladigan muddatgacha lizingga berilgan mulkni soliq to’lashdan ozod qilinadi;
- lizingga berish uchun xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda
belgilangan bopqa to’lovlarning summasi lizing beruvchining soliqga tortish
chog’ida uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Lizingni qishloq xo’jaligiga joriy qilishning zarurligi quyidagilar holatlar orqali
tavsiflash mumkin.
- tarmoq uchun qishloq xo’jaligi texnikalarining yetishmasligi;
- qishloq xo’jaligi texnikalari parkining zamon talabiga javob bermasligi;
(eskirganligi)
- qishloq xo’jaligi texnikalari narxlarining oshib borishi;
- ba’zi qishloq xo’jaligi korxonalarida rentabelikning pastligi;
- investision faollikni pasayib borishi va boshqalar;
Bunday holatda qishloq xo’jaligi mashina-traktori parklaridan maksimal
tarzda intensiv foydalanishi hamda uni yangilash yo’llarini qidirib topish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunday yo’llardan biri bu – qishloq xo’jaligida lizing
faoliyatini amalga oshirish hisoblanadi.
Lizing operasiyalarini ikki asosiy shaklga ajratish mumkin:
- ichki, bunda uni amalga oshirishda lizing oluvchi, lizing beruvchi va
sotuvchi O’zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblanadi.
- xalqaro, bunda lizing oluvchi yoki lizing beruvchi O’zbekiston
Respublikasi rezidentilari hisoblanmaydi.
Lizingning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
- uzoq muddatli, uch yoki undan ko’proq yillarda amalga oshiriladi;
- o’rta muddatli, bir yildan uch yilgacha;
- qisqa muddatli bir yilgacha.
Lizingning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat:
- moliyaviy, lizingning bu ko’rinishi ma’lum muddatda ma’lum summaga
va ma’lum shart-sharoitlarda mol-mulkni sotib olishni ko’zda tutadi;
61
- operativ, bunda mashina va mexanizmlarni ekspluatasiya qilish vaqtida
ijarachilarni almashtirish kuzda tutiladi;
- qaytarib berish, bunda lizing predmeta mulkdori bir vaqtning o’zida
lizing beruvchi va lizingga oluvchi bo’lib hisoblanadi;
Lizing operasiyalarini sub’yektlari bo’lib, bir vaqtning o’zida lizingga
beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchilar hisoblanadi.
Lizingga beruvchilar – jismoniy va yuridik shaxs bo’lib, (lizing
nominatsiyalari), o’z mablag’’lari, yoki chetdan jalb qilingan mablag’’ evaziga
mol-mulkini (qishloq xo’jaligi texnikalarini) sotib oladi va uni lizing oluvchiga
ma’lum summaga, ma’lum muddatga va ma’lum shart-sharoitlar asosida sotib
olishni taklif etadi.
Lizingga oluvchilar – jismoniy va yuridik shaxs bo’lib, (har qanday mulk
sub’yekta) lizing shartnomasi asosida ma’lum summaga, ma’lum muddatga va
ma’lum shart-sharoitlar orqali lizing predmetini oluvchilardir.
Sotuvchi (yetkazib beruchi) – yuridik va jismoniy shaxs bo’lib, ma’lum
muddatga ishlab chiqargan (yoki sotib olgan) mol-mulkning sotish-sotib olish
shartnomasi asosida lizing oluvchi, yoki lizing beruvchilardir.
Mamlakatimizda tovar-kredit shaklidagi davlat moliyaviy lizinggi 1999-yil
20-iyuldagi 776-sonli "O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan moliyaviy
lizing o’tkazish tartibi to’g’risida"gi Nizom qabul qilinganidan so’ng keng
qo’llanila boshladi. Bu hol lizing faoliyatini rivojlantirish uchun davlatning rolini
tobora oshib borishiga hamda davlat mablag’’larini lizingga jalb qilishga
imkoniyatni yanada oshirib bordi.
Agrar sohada lizingni qo’llash va kuchaytirish sog’lom raqobat muhitini
yaratadi hamda lizinga oluvchini ishlab chiqaruvchiga yaqinlashtiradi, lizing
xizmatlari qiymatini (narxini) pasaytiradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida lizing faoliyatini rivojlantirish va
taqqoslashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jalik
texnikasini lizing asosida sotib olish bo’yicha maxsus Fond tashkil etilgan. Mazkur
62
Fondni tashkil etishdan maqsad agrar sohada investision jarayonlarni amalga
oshirishning yangi shaklini rivojlantirishga qaratilgan.
Lizing agrar sohasida sog’lom raqobat muhitini yaratib, lizinga beruvchi
sub’yektlarni ishlab chiqaruvchilarga yaqinlashtirishiga hamda lizing xizmatlari
qiymatini pasayishiga olib keladi.
Lizingning hajmi birinchi navbatda investisiyalar hajmiga, past daromadli
kompaniyalar soniga, o’z investisiyalarini moliyalashtirish uchun lizingdan
foydalanishiga bog’liq.
Qishloq xo’jaligi texnikalarning taqchiligi va investision faollikni pasayib
borishi sharoitida qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining me’yor
darajasida amal qilishi uchun mashina-traktor parklarini tashkil qilinishi ijobiy
holatlardan biri hisoblanadi. Ularni tashkil qilishi quyidagi omillar bilan
tavsiflanadi:
- qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan alohida texnik
vositalarni olishni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi. Chunki, ular
mazkur texnikalardan foydalanishni to’laqonli foydalana olmaydi;
- qishloq xo’jaligi texnikalari narxining yuqoriligi sababli ularni ortib olish
imkoniyatining cheklanganligi;
- respublikamizda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining texnik va texnalogik
vositalarni sotib olish uchun ichki moliyaviy dastlabki manbalarning yetishmasligi.
Mashina-traktor parki (MTP) tashkiloti ikki asosiy vazifani bajaradi: bir
tomondan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni ko’plab xizmatlarini,
ya’ni bahorgi dala ishlari, ekinlarga ishlov berish, yig’im-terim ishlari, kuzgi
ekinlarni ekish va boshqa ishlariga bo’lgan ehtiyojini qondirsa ikkinchi tomondan
qishloq xo’jaligi ekinlarini ishlab chiqarishning progressiv texnalogiyalarini
o’zlashtirishga sabab bo’ladi.
Birinchi vazifa MTP tomonidan yuqori unumdorligi bilan va kam xarajatlar
hisobiga bajariladi. Bu holat MTPlarning muvoffaqiyatli faoliyatining asosiy
shartlaridan biri bo’lib, uning natijasida qishloq xo’jaligi ekinlariga agrotexnik
ishlarni amalga oshirish belgilangan muddatda bo’ladi.
63
Ikkinchi vazifa qishloq xo’jaligining hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda MTPlar tomonidan operativ tarzda progressiv texnalogiyalarni qo’llash
asosida amalga oshiriladi. Bu ikki vazifani o’z vaqtida bajarilishi qishloq xo’jaligi
ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo’shimcha foyda olish imkonini beradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari MTP larning faoliyatidan qanchalik
ko’p qo’shimcha foyda olsa, ular tomonidan MTPlarga qishloq xo’jaligi ishlarini
bajarish uchun buyurtmalar shuncha ko’p bo’ladi. Tabiyki bunday holatda MTP lar
o’z faoliyatlari natijasida daromad olish manbaini ko’paytirib boradi. Bu holat
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini amalga oshirayotgan MTPlar uchun
qo’shimcha daromad manbasini shakllantiradiki, uning asosida investisiyalash
jarayonining muhim shakli lizing operasiyalarini amalga oshrish imkoniyatini
kengaytiradi.
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Oqdaryo” MTP DAJ faoliyati tahlili
shuni ko’rsatmoqdaki, ular tashkil etilgan davrda "Agromashservis" AJi hisobidagi
qishloq xo’jaligi texnikalarini xususiyatlashtirish asosida MTPlarning qishloq
xo’jaligi texnikalari bazasi shakllantirilgan. Oqdaryo tumanida MTP lar lizing
asosida zanjirli ishlov traktori- DT-75, MTZ-80, TTZ-8011, KXU-4B, kombayn
KEYS kabi qishloq xo’jaligi texnikalarini sotib olgan. Bu holat MTP lar
faoliyatida lizing operasiyalarini amalga oshirish asosiy investisiya shakli
hisoblanadi. Shuningdek lizing operasiyalar urta va uzoq muddatli shartnomalar
asosida tuzilmoqda.
Muallif
tomonidan
Oqdaryo
tumani
qishloq
xo’jaligida
mexanizasiyalashgan ishlar hajmi asosida MTP lari uchun zarur bo’lgan mashina
va mexanizmlarning optimal-zaruriy soni hisoblash tartibi ishlab chiqildi.
Qishloq xo’jaligida don ekinlarini yig’im terimida ishtirok etadigan har bir agregat
ish hajmini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiq.
Formula
(3.1)
64
Bu yerda
- agregatlar soni (dona)
- ish hajmi (ga)
- agregatning kunlik mikdori (ga)
D- agrotexnik ishlar muddati (kun)
Agregatlarning kunlik ishlovi smenadagi ish hajmini smena koeffisentiga
ko’paytirish orqali belgilanadi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Formula
(ga)
(3.2)
Bu yerda
- agregatning smenadagi ish hajmi
- smena koeffisenti
Qishloq xo’jaligi korxonalari uchun mashina-traktorlarni tanlashda turli xil
qishloq xo’jaligi texnologik jarayonlarni bajaradigan universal texnikalarni tanlash
maqsadga muvofiqdir. Bunday tanlov xo’jalik uchun zarur bo’lgan investisiyalar
hajmini kamaytirishga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, hozirgi
vaqtda qishloq xo’jaligini zarur texnika bilan ta’minlashning muham shakli sifatida
xo’jalik yurituvchilarning iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lgan narxlar asosida uzoq
muddatli kreditlar shakli sifatida lizing operasiyalari hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini xarid qilish uchun lizing operasiyalarini
amalga oshirish jarayonida quyidagilarni inobatga olish zarur: dastlabki avans
to’lovi, transport xarajatlari, lizing obyektini qoplash uchun yillik to’lov, sug’urta
badali, ijara to’lovi va taklif etiladigan imtiyozlar.
Qishloq xo’jaligi texnikalarini lizingga olishda dastlabki avans to’lovi 15
foizdan kam bo’lmasligi maqsadga muvofiq. Texnikalarni sotish va yetkazib berish
ustama narxlari vositalari sonidan qat’iy nazar 12 foizdan oshmasligi lozim.
Lizing operasiyalari jarayonidagi transport xarajatlari haqiqiy xarajatlar
asosida to’lanishi zarur. Shuningdek, lizing shartnomasi muddati davomida ijara
65
to’lovlarini hisobga olish bilan birgalikda sug’urta badallari lizing oluvchi uchun
lizing obyekta qiymatining 3 foizdan oshmasligi maqsadga muvofikdir.
Quyida keltirilgan 3.1.1-jadvalda Samarkand viloyati Oqdaryo tumani
"Oqdaryo" MTP DAJda KXU-4B rusumli 10 dona k/x agregatlari bo’yicha lizing
to’lovlarini amalga oshirish operasiyalari tahlili keltirilgan.
Lizing shartnomasiga ko’ra MTP tomonidan xarid qilingan 10 dona
agregatning shartnoma narxi 28700 ming so’mni tashkil etib lizing asosida uni
sotib olish 33005 ming so’m qilib belgilangan. Bu lizing operasiyasi o’rta
muddatli, ya’ni ikki yil mobaynida amalga oshirilishi ko’rsatilgan bo’lib, dastlabki
avans to’lovi 40%ni tashkil etadi. Mazkur agregatlar uchun har oylik lizing to’lovi
1061,9 ming so’mni ya’ni lizing shartnoma summasini 3,2%si tashkil etadi. (3.1.1-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |