Ijtimoiy-iqtisodiyot


II. BOB. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sharoitida



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana23.06.2021
Hajmi0,89 Mb.
#99466
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi Ergashova Maftuna

II. BOB. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sharoitida 

fermer xo’jaliklarining moddiy-texnika ta’minoti. 

2.1 Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish borasida 

amalgam oshirilayotgan ishlar 

Mamlakatimiz  iqtisodiyotining  real  tarmoqlarida  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash  tadbirlariga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Jumladan,  agrar  ishlab  chiqarishni  modernizasiya  qilish  va  yangi 

bosqichga  ko’tarish  masalalari  shu  kunning  dolzarb  vazifalaridan  biriga 

aylanmoqda. 

Shu 

munosabat 



bilan 

muhtaram 

Prezidetimiz 

tomonidan 

chorvachilik,  g’allachilik,  kartoshkachilik  kabi  sohalarda  ilg’or  mamlakatlar 

tajribasini o’rganish va amalda qo’llash, bizning iqlim sharoitimizda g’oyat muhim 

ahamiyat  kasb  etadigan  zamonaviy  sug’orish  tizimlari,  energiyani  tejaydigan 

zamonaviy  texnologiya  va  agrotexnologiyalarni  o’rganish,    urug’chilik-selektsiya 

islarni  yanada  takomillashtirish  va  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishning 

mahsuldorligini oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish  

vazifasi qo’yilgan edi. 

Mamlakatimizda  qishloq,  xo’jaligini  modernizatsiya  qilish  orqali  tarmoqni 

rivojlantirishning  istiqbolli  yo’nalishlari  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

tomonidan ishlab chiqilgan “Demorkratik islohatlarni yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  kontseptsiyasi”da  bayon  etilgan.    Ushbu 

kontseptsiyada  belgilab  berilgan  ustuvor  vazifalar  asosida  O’zbekiston 

Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

dasturda 2011-2015 yillar mobaynida: 

 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish, 



uning  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotidagi  ulushini  17,5  foizdan  13,5  foizga 

ko’paytirish; 

 

qishloq,  xo’jaligida  ilg’or  agrotexnologiyalar,  resurslarni  tejaydigan 



usullarni  joriy  etish,  selektsiya  va  urug’chilik  tizimini  rivojlantirish  hisobidan 

ekinlar  hosildorligini  oshirish  ko’zda  tugilgan.  Bunda  mineral  ug’itlardan 

foydalanish samaradorligini 15 foizga oshirish, suv sarfini 12 foizga kamaytirish; 



28 

 



 meva-sabzavot  tayyorlashni  1,5  barobar,  kartoshka  yetishtirishni  1,4 

barobar, poliz va uzumni 1,3 barobar ko’paytirish; 

 naslchilik  ishlarini  takomillashtirish,  oziqa  bazasini  mustahkamlash, 



zamonaviy texnologiyalar va modernizasiya natijasida naslchilik xo’jaliklari sonini 

2,5 barobar, oziqa ekinlari maylonini 1,3 barobar oshirish; 

 zooveterinariya punktlarini zamonaviy jihozlash, xizmatlar sifatini oshirish 



hisobidan  chorva  mollari  sonini  1,3  barobar,  go’sht  va  sut  mahsulotlari  ishlab 

chiqarish hajmini 1,3 marta oshirish; 

 parrandachilik va baliqchilik tarmoqlari rivojiga alohida ahamiyat qaratib, 



parrandalar sonini 1,8 marta oshirib, 670 ta baliqchilik xo’jaligi tashkil etish; 

 



qishloq  xo’jaligi  maxsulotlarini  saqlash  quvvatlarini  va  qayta  ishlash 

hajmini 


kengaytirish 

tadbirlari 

doirasida 

qishloqlarda 

zamonaviy 

minitexnologiyalar  negizida  qayta  ishlash  korxonalarini  ishga  tushirish  orqali 

meva-sabzavot  konservalari  ishlab  chiqarishni  1,7  barobar,  go’sht  konservalarini 

2,2  barobar,  kolbasa  mahsulotlarini  1,8  barobar,  sut  mahsulotlarini  1,9  barobar 

oshirish; 

 



sug’oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  jamgarmasi 

mablag’lari  hisobidan  meliorativ  inshootlarni  qurish,  rekonstruktsiya  qilish  va 

ta’mirlash,  tomchilatib  sug’orish  tizimini  yo’lga  qo’yish  va  meliorasiya 

texnikalarini  xarid  qilish  bo’yicha  qariyb  500  million  dollarga  teng  bo’lgan 

loyihalar  hisobidan  1,4  million  gektar  yer  mayloninig  meliorativ  lolatini 

yaxshilash; 

 

qishloq  xo’jaligi  texnikasi  parklarini  kengaytirish,  ularni  sifat  jihatdan 



yangilash, fermerlarni unumli qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlash, xizmat 

sifatini yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim prognoz vazifalari 

belgilangan. 

 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  mustaqilligimizni  2014  yilda  ijtimoiy-



iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan  iqtisodiy dasturning 

eng  muhim  ustivor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining 

majlisidagi  ma’ruzasida  ta’kidlaganidek  “2010-2014    yillar  davomida    qariyb 



29 

 

50ming  gektar  maydonda  yangi  bog’lar,  jumladan,  14ming  gektardan  ortiq 



maydonda  intentsiv  bog’lar,  23ming  gektarda  uzumzorlar  yaratildi.  Intentsiv 

bog’lar tahlil etish uchun Polsha, Serbiya va boshqa mamlakatlardan 6milliondan 

ziyod  ko’chat  olib  kelindi.  Bunday  bog’larning  ko’plab  afzalliligiga  ega  ekani  

bugungi  kunga  amaliyotda  nomoyon  bo’lmoqda.  Intentsiv  bog’lar  ikkinchi-

uchinchi yildayoq hosilga kiradi. 2011 yilda yaratilgan bog’larning har gektaridan 

2014  yilning o’zida o’rtacha 300 tsentnerdan    hosil olingani  va  hosildorning    yil 

sayin ko’rsatib borayotgani buni tasdiqlaydi”. 

 

Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va 



agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 2014 yilda 14 mimg 

gektar  yer  maydonlarida  intentsiv  bog’lar  barpo  etildi.  Bu  bog’larda  yuqori 

iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo’lgan mevali daraxt ko’chatlari ekilmolda. 

Bunday  bog’larning  yaratilishi  mamlakatimiz  aholisini  sifatli  mena  mahsulotlari 

bilan  barqaror  ta’minlash  imkonini  yaratadi.  Birgina  2011  yilning  kuzi  va  2012 

yilning bahorida jami 7661 gektar maydonda yangi mevali bog’lar, shundan 2110 

gektar  yer  maydoniga  intentsiv  bog’lar  barpo  etish,  8518,8  gektar  maydondagi 

bog’larni qayta ekish uchun rekonstruktsiya qilish belgilandan. 

 

Mamlakatimiz  aholisini  meva  va  sabzavotlar  bilan  yil  davomida  bir 



me’yorda ta’minlab berish uchun keng tarmoqli sovitish kameralariga ega bo’lgan 

omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  201  yil  7  aprelidagi    105-sonli  Qaroriga  muvofiq,  aholi 

va  tashqi  bozorlarga  yil  davomida  muntazam  meva-sabzavodlarni  sof  holda 

yetkazib  berish  maqsadida  2011-2015  yillarda  120,8  ming  tonna    sig’imga  ega 

yangi  sobitish  kameralarini  qurish  va  49,1  ming  tonna  sig’imga  ega  mavjud 

sovitish kameralarini modernizatsiya qilish ko’zda tutilgan. 

 

Qishloq xo’jaligi ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish vazifasi, birinchi 



navbatda,  sug’oriladigan  yerlarning  unumdorligi  va  irrigatsiya-melioratsiya 

holatiga bog’liq. Ilmiy tadqiqot ishlarning natijalariga ko’ra, o’rtacha sho’rlangan 

yerlarda  ekinlarning  hosildorligi  sho’rlanmagan  yerlarga  nisbatan  50-60  foizga, 

o’ta sho’rlangan yerlarda esa 90-100 foizga past bo’lishi aniqlangan. 




30 

 

O’tgan  yillar  davomida  sug’oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini 



yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo’lib keldi. O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini 

yaxshilashning  tizimlarini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi 

PF-3932-sonli  Farmoniga  muvofiq  olib  borilgan  ishlar  natijasida  1  million  700 

ming  gektar  sug’oriladigan  yerning  meliorativ  holati  yaxshilandi.  Bu  jami 

ekiladigan  maydinning  yarmidan  ziyodi  demakdir.  Dasturda  meliorativ  tizimlarni 

rivojlantirish  va  takomillashtirish  hamda  yerlarning  meliorativ  holatini 

yaxshilashga  yo’naltirilgan  quyidagi  tadbirlar  majmuasini  amalgam  oshirish 

mo’ljallangan: 

 

1. Magistral va xo’jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni, meliorativ 



nasos stantsiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq drenajlarni tiklash. 

 

2.  meliorativ  nasos  stantsiyalarini,  gidrotexnika  va  suv  o’tkazuchi 



inshootalarni  va  boshqa  meliorativ  obyektlarni  ta’mirlash-tiklash  ishlarini 

amalgam oshirish. 

 

3.  suv  xo’jaligi  qurulishi  va  suvdan  foydalanish  tashkilotlarining  moddiy-



texnik bazasini mustahkamlash. 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish