Respublikmizda 1991 yil oxiri va 1992 yilning boshlaridan boshlab fermer
xo’jaliklarini mustaqil xo’jalik yuritish subyekti sifatida rasaman tan olish va faol
shakllantirish jarayoni boshlandi. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini joriy
etishni jadallashtirish, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirish, xususiy
mulk va shaxs manfaatlarining ustuvor rivojlanishini ta’minlash maqsadida 1991
yil 29 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 295-sonli «Respublikada
dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini
davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu
farmonning qabul qilinishi respublikada fermer xo’jaliklarini bozor sharoitida
shakllanib kelayotgan xo’jalik yuritishining yangi shakli sifatida xisobga olish va
rivojlantirish uchun dastlabki huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. Farmonda fermer
xo’jaliklarini shakllantirish maqsadida boshlang’ich yer fondini shakllantirish,
ularni moddiy-texnika resurslari va kreditlar bilan ta’minlash hamda fermerlar
faoliyatini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash masalalari belgilab berildi.
respublika hukumati tomonidan ajratilgan davlat yer fondi bazasida, zaxiradagi
yerlarda, mehnat resurslari yetishmaydigan, yangi sug’oriladigan, qishloq xo’jaligi
14
korxonalarining kam unumli, foyda bermaydigan yoki kam rentabelli yerlarida
shakllantirilgan. Bunda yuridik shaxs huquqi bilan tashkil etilgan mustaqil dehqon
(fermer) xo’jaliklari bilan bir qatorda jamoa (shirkat) xo’jaliklari hamda boshqa
qishloq xo’jaligi korxonalarining tarkibida ichki ijara shartnomasi asosida (yuridik
shaxs maqomiga, mustaqil balans va banklarda hisob raqamiga ega bo’lmasdan)
to’zilgan dehqon xo’jaliklari ham shakllanib bordi.
Qashloq xo’jaligida bozor munosabatlarining faol kirib borishi va
tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi bilan fermer xo’jaliklarining yangi ijtimoiy-
iqtisodiy uklad sifatida mohiyatini aniqlashtirish, ularning tashqiliy iqtisodiy
asoslarini teranlashtirish hamda xususiy maqomini mustaxkamlash zaruriyati
yuzaga keldi.
O‘zbekistan Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi «Dehqon xo’jaligi
to’g’risida» gi va «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlari qabul qilinishi bilan
fermer xo’jaligi va dehqon xo’jaligining maqomi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati va tashqiliy-iqtisodiy asoslari, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyekti sifatidagi umumiy va farqli tomonlarini aniq
belgilab berildi.
«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunga muvofik qishloq xo’jaligi
korxonalari tarkibida yuridik shaxs maqomini olmay ichki xo’jalik shartnomasi
asosida faoliyat ko’rsatib kelgan dehqon (fermer) xo’jaliklari fermer xo’jaligi
sifatida rasman tan olinmaydigan bo’ldi. Faqatgina o’z mustaqil balansi, banklarda
xisob raqamiga ega hamda mustaqil yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan
o’tgan dehqon xo’jaliklari fermer xo’jaligi maqamini oldi. Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qarori bilan barcha mustaqil va
mustaqil bo’lmagan dehqon xo’jaliklari attestatsiyadan o’tkazilib, «Fermer
xo’jaligi to’g’risida» gi qonun talablariga mos holda qayta ro’yhatdan o’tkazildi.
Fermer xo’jaligi uni tuzayotgan a’zolar xohishiga ko’ra ixtiyoriy tashkil etilib, o’z
ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko’zlab
tashkil etadi va ishlab chiqarishning qonun bilan taqiqlanmagan har qanday turi
bilan shug’illanishga xaqlidir.
15
Fermer xo’jaligining iqtisodiy negizini ishlab chiqarish vositalariga (yer
bundan mustasno) va o’z mehnati natijalariga mulkiy egalik tashkil etadi va u
tadbirkorlik erkinligi, oila hamda shaxsning o’z moddiy farovonligi yo’lida mehnat
qilishiga tayanadi. Mustaqil xo’jalik yuritish subyekti sifatida u mulkchilikning
boshqa shakllaridagi xo’jaliklar bilan teng huquqlarga ega ishlab chiqarish birligi
hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning shakllaridan biri
sifatida o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy-psixologik, tashqiliy-iqtisodiy va huquqiy
xususiyatlarga ega bo’lib, buni quyidagi chizmada yaqqolrok ko’rish mumkin (2-
chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: