Rauf Parfi lirikasi yangiliklarga boydir, chunonchi uch qatordan iborat
qofiyasiz, hech bir adabiyot qoidalariga bo‘ysunmaydigan she`rlar mavjud.
Shoirning bundan ko‘zlangan asosiy maqsadi esa yangiliklarga boy ijodkor sifatida
24
tanilish emas, balki she`riyatni ko‘ngil mulkiga aylantirish va uning dil torini
chertayotgan ohangiga turli ranglar uyg`unligini kashf etishdir. Yuqorida
keltirilgan misralar ham xuddi shu she`rlar sirasiga kiradi. O‘zaro zid tuyg`ular
orqali falsafiy fikrlarini kitobxonga yetkazib bergan. Tuyg`ularni obraz darajasiga
ko‘targan va ularning ham ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashmoqni istaydi.
Insonlarning ichki kechinmalarini yuzaga chiqaruvchi hodisalar: yig`lash( “ruhiy
yoki jismoniy azobga ekanini tovush chiqarib yoki chiqarmay, ko‘z yoshi to‘kkan
holda ifodalash” (O‘TAIL. 103-bet)) ,qayg`urishni tuyg`ularga: sevinch va kulgu
(“xursandligini zavq-shavqini uzoq-uzoq tovushlar bilan ifodalash” (O‘TAIL.
103-bet))ga ko‘chiradi. Sevinch va kulgiga murojaati bevosita nido she`riy
san`atini ham yuzaga keltiradi. Bundan tashqari,adabiyotimizda oksyumoron deb
ataluvchi mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga mazmunan zid
bo‘lgan ikki tushunchani ifodalovchi so‘zlar o‘zaro qo‘shib qo‘llaniladigan
hodisa ham qo‘llangan
1
. ( Sevinch qayg`urganmisan. Kulgu yig`laganmisan)
Rauf Parfi hayvonlar, qushlar, jonsiz va mavhumiy narsalarni shu xilda
tasvirlash vositasida she`riy asarda ilgari surgan muayyan g`oyani aniqroq
ifodalaydi, shuning uchun tasvirlanayotgan lirik timsollar yorqirroq, jozibadorroq,
jonliroq aks etgan.
Rauf Parfi ijodida nido san`atining bu ko‘rinishidan tashqari majoziy
ma`nodagi va istioraga asoslangan ko‘rinishlari ham mavjud. Bunda asosan ijodkor
murojaat qilayotgan narsa-buyum va shaxs ko‘chma ma`no ifodalaydi:
Mehribon yellarning qanotlarida,
Kelgil,afsonalar aytmoqda bo‘g`lar.
G`aroyib gullarim bordir narida,
Gulim, ko‘rmagansan umringda hali.
(T 10-bet)
1
Abduraxmonov H, Mahmudov N. So’z estetikasi. Toshkent:”Fan”, 1981. 38-47-bet.
25
Ushbu banddagi “
gulim” so‘zi o‘z ma`nosida qo‘llanayotgani yo‘q, ya`ni
shoir haqiqiy tabiatdagi chiroyli bo‘lgan o‘simlikni emas, balki gul kabi go‘zal
mahbubaga murojaat qilmoqda. Binobarin,
gul so‘zi
mahbuba, inson ma`nosida
ishlatilgan va nidoning go‘zal na`munasi yaratilgan. Buning kabi misollar
ijodkorning she`rlarida talaygina:
Bugun shoh erurman, tilak tilagil,
Bugun men gadoman, tingla,
malagim. (T 11-bet)
Shoir «Yurak» she’rida «Men faqat Turkiston atalgan yorqin, Bir butun
yurtimni istayman, xolos» der ekan, yoqavayron o‘z vatanida vatansiz turkiylar
birligini, yo‘llar, ko‘llar, tillar, dillar bir bo‘lishini, yaxlit bag`ri butun millat
sifatida qad tiklashini orzu qiladi
1
. Ayni shu g`oyalar mag`zini nido san`ati orqali
ifodalagan:
O‘zingni ayama borayotgan Ildiz,
borayotgan Hasrat,
borayotgan Vatan,
Do'stlaringiz bilan baham: