20
‘‘Qaydasan sen’’ deb namlangan ijod na`munasida lirik qahramonni ruhiy
holatini aks ettirishda yomg`ir obrazidan foydalanadi va yomg`irni tinimsiz
yog`ish holatini osmon uyining buzilishi va yig`lash holatiga o‘xshatadi :
Yomg`ir yog`ib chiqdi tun bo‘yi,
Tong oqardi, tinmadi yomg`ir .
Buzilgandek osmon uyi –
Yerga qarab yig`laydi og`ir. (T 9-bet)
XX asrning 60-yil o‘rtalari, 70-yil boshlari she’riyatga kirib kelgan, yorqin
o‘zligini namoyon etgan Rauf Parfi yangi, oxori to‘kilmagan, kutilmagan
noan`anaviy majoziy (Qushcha, Chiroq, Daraxt, Nay, Nur) obrazlari bilan adabiy
jamoatchilik muhabbatini qozondi; majoziy obrazlilik asosiga qurilgan badiiy
tafakkur tabiati bilan el-yurt nazariga tushdi. Rauf Parfining tasavvur dunyosi va
tafakkuri keng ekanligi mazkur tashbihlarida ham o‘z aksini topgan.
Barglarda raqs etar shabboda,
O‘ynar sabo shaklida kecha,
Gullar kabi saqlaydi odob,
Afsonalar aytar tonggacha.
Kecha tepasida uchadi,
Kiprigimdan otilguvchi nur.
Menga kecha yomg`ir ichida,
Go‘zal xayol kabi ko‘rinur! (A S 6-bet)
Lirik qahramon kechinmalari qorong`u kechada yog`ayotgan yomg`irga esh.
Undan surur, umid tuyadi. Shu ma`noda, uning nazdida, barglarda raqs etar
shabboda. Hatto zimiston qorong`ulik ham sabo shaklida yoqimli, faraxbaxsh.
21
Gullar singari ximo tortib, tonggacha afsonalar aytayotgandek tuyuladi. Shu
boisdan ham lirik qahramon ko‘nglidan shu`la otiladi, kiprigidan nur chatnaydi.
Hayol – adoqsiz bo‘shliq qahridagi ro‘yo emas. U yomg`ir ichidagi zimiston
qorong`ulik. Unga ishonsa bo‘ladi. Garchand, qorong`ulik og`ushida esa-da,
yomg`irdagi oydin shabboda epkini ertaga otajak tonglar umidini uyg`otadi
1
.
Guvoh bo‘lamizki, Rauf Parfi ijodi misoli dengiz, unda mohirlik bilan
qo‘llangan har bir so‘z, fikr shu dengiz tubidan makon topgan beqiyos,
qimmatbaho xazinadir. Ayniqsa, shu xazinada tashxis san`atini dur desak
adashmagan bo‘lamiz.
Tashxis – hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatini ko‘chirish
san`atidir
2
. Ko‘rinadiki, timsolli, majoziy she`riyat Rauf Parfi uslubining o‘tli
nafasi, o‘zak mag`zi, deyish mumkin. Rauf Parfi lirikasining o‘ziga xosligini
belgilovchi asosiy omil, bu — she`riy san`atlar xilma-xilligi emas. Aksincha, ana
shu turfa xil she’riy san`atlarni yuzaga keltirgan badiiy tafakkur tabiatidir.
Biz Rauf Parfi ijodidagi tashxis san`atini quyidagi guruhlarga ajratib
o‘rgandik:
Jonsiz ashyolar va narsa-buyumlar bilan bog`liq tashxis san`ati.
His-tuyg`ular bilan bog`liq tashxis san`ati.
Do'stlaringiz bilan baham: