237-rasm. Granatani harakat mobaynida uloqtirish usuli:
a, b, d, e — harakatlar ketma-ketligi.
granatani yarim bukilgan o‘ng qo‘lda, qurolni esa chap qo‘lda tutib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
chap oyoq tashlanganda qo‘l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi;
navbatdagi qadam tashlanganda (o‘ng oyoq bilan) qo‘l yoy bo‘yicha pastga ortga harakat qilishda davom etadi va ayni paytda tana o‘ngga buriladi;
uchinchi qadamda chap oyoq uchini nishon yo‘nalishi tomonga burib, o‘ng oyoqning tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‘xtatiladi;
harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq tana va qo‘l kuchini mujassamlashtirgan holda, granata elka uzra oshirib uloqtiriladi.
Granatani avtomobildan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
o‘rindiqda o‘tirgan holatda qolib, yoki ikkala oyoqqa turib, yoxud chap oyoqning tizzasini o‘rindiqqa qo‘ygan holat qabul qilinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |