Parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirish usullari va qoidalari
Granatani uloqtirish jarayoni quyidagi usullarni bajarish bilan amalga oshiriladi: uloqtirishga tayyorgarlik ko‘rish (granatani o‘qlash va uloqtirish holatini qabul qilish) va granatani uloqtirish;
Granatani o‘qlash “Granatalar hozirlansin!” komandasiga ko‘ra, jangda esa mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
Granatani o‘qlash uchun avval granatani qopchiqdan chiqarib, qobiq quvuridan tiqinni chiqarish va zapalni quvurga burab kiritish (234-rasm) lozim. Granata uloqtirish uchun tayyor.
Granata “Granata bilan o‘t och!” yoki “Transheyaga qarata, granatalar bilan – o‘t och!” komandasiga ko‘ra, jangda esa mustaqil tarzda uloqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |