Parazit begona o'tlar va ularga qarshi kurashish choralari


Achchiqmiya, eshakmiya, oqmiya (



Download 1,05 Mb.
bet3/14
Sana29.05.2022
Hajmi1,05 Mb.
#619222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Parazit begona o\'tlar va ularga qarshi kurashish choralari

Achchiqmiya, eshakmiya, oqmiya (sofora alopekuroides, s, paxikarpa)–dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 30-70 sm, ildizbachki (ildizpoya) dan ko‘payuvchi ko‘p yillik o‘t. Ildizpoyali begona o‘tlar O‘zbekistonning hamma sug‘oriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu o‘tlar boshqa begona o‘tlardan ko‘ra bir necha baravar zarar keltiradi. Chunki ularning ko‘payish imkoni bir necha baravar yuqori. Ildizpoyali begona o‘tlarning yer ostidagi ildiz bo‘g‘imlarining har bir bo‘lagi alohida o‘simlik bo‘lib o‘sadi. Bundan tashqari ular urug‘idan ham ko‘payadi. Ular juda zich bo‘lib tuplab o‘sadi, madaniy o‘simliklarni siqib mutloqa yo‘qatib yuboradi, ko‘payishi vegetativ va generativ, tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz bo‘g‘imi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olish bilan avj olib o‘saoladi.
Bu o‘simlik lyossli adirlarda, to‘qoyzorlarda, sho‘rxok, qumli tuproqlarda, lalmi va sug‘oriladigan ekinlar orasida begona o‘t sifatida o‘sadi. Barglari murakkab tokpatsimon, 8-13 juft bargchalardan iborat. Gullari oq, och pushti rangli bo‘lib, poyasi uchida joylashgan 10-25 sm uzunlikdagi shingil gul to‘plamini hosil qiladi.
Achchiqmiyalarning butun yer usti qismi parazit. Vegetativ a’zolarida gullash paytida 2,45-2,60 foiz, urug‘ida esa 1,6-2,2 foiz parazit moddalar bo‘lib, ular asosan paxikarpin, sofokarpin, soforin, matrin, spartein kabi alkaloidlar aralashmalaridan iborat. Agarda yem tarkibida 0,4 foiz achchiqmiya aralashgan bo‘lsa, u parazit hisoblanadi va bunday yemni mollarga berib bo‘lmaydi. Achchiqmiya juda ham qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik bo‘lganidan boshqa yem-xashak o‘tlar o‘smaganda ham u yaxshi o‘sib rivojlana oladi va shunday yillarda chorva mollari uni yeb zaharlanishi mumkin. Achchiqmiya alkaloidlari zaharining ta’siri nikotin ta’siriga o‘xshab odamlarni ham zaharlashi mumkin.
Achchiqmiyaning parazit moddalari so‘ruvchi zararkunandalar-hasharotlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Medisinada esa, achchiqmiya zaharidan nafas olishni tezlashtiradigan dorilar olishda foydalaniladi.
Isiriq (peganum xarmala) – juft bargdoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 30-60 sm, o‘q ildizli yoki ildiz bachkidan ko‘payuvchi o‘t. Poyalari serbarg. Bir tup o‘simlikdan 30-50 (100) tagacha yer usti poyasi bo‘ladi.Barglari navbatlashib joylashgan, uch tilimli. Gullari sarg‘ish, bargi qo‘ltig‘idan chiqadi. May-iyun oylarida gullab, urug‘laydi. Mevasi kusaksimon.
Isiriq tashlandiq joylarda, qishloqlar, quduqlar atrofida, mol ko‘p boqiladigan yaylovlarda o‘suvchi paskval begona o‘simlik. Cho‘l, loyli yarimsahro, adirlarda juda ko‘p uchraydi va O‘zbekistonning duyarli hamma viloyatlarida tarqalgan. Isiriq tabiiy sharoitda urug‘idan , ildiz yuqori qismining bo‘laklanishidan va ayrim hollarda ildiz bachkilari hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Isriqning ildizi 3-5 (7) metrgacha chuqurga kirib boradi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Barglarida esa, sukkulentlik alomatlarini ko‘rish mumkin. Isriqning ildiz bachkidan ko‘payuvchi formasi muallif tomonidan Samarqand, Panjakent shaharlari atrofida o‘rganilgan. Bu holda o‘q ildiz unchalik yaxshi taraqqiy etmaydi va asosan 10-15 sm chuqurlikda gorizontal holatda bachki hosil qiluvchi ildizlar rivojlanadi. (..rasm). Hosil bo‘lgan yer osti poyalari 1,5-2,0 m2 yerni butunlay qoplab turadi. Isiriqning bir necha yillar bilan ko‘paya olishi uning o‘zgarib turuvchi tashqi muhit omillariga tez moslasha olish xususiyatiga ancha kuchli ekanligini ko‘rsatadi. ,u esa ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Isriqning barg, poya va urug‘larida peganin, garmalin kabi alkaloidlar topilgan. Bu moddalar isiriq urug‘ida 3-4 foizgacha bo‘lishi mumkin. Isiriq o‘ta sassiq va parazit bo‘lganidan uni, odatda, mollar yemaydi. Yegan taqdirda ham zaharlanish yuz beradi. Zaharlangan hayvonlarda karaxt bo‘lish, va oshqozon-ichak sistemasining buzilishi kuzatiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, isiriq qurigandan so‘ng yaxshi yem-xashak bo‘ladi va hatto chorvo mollarni semirtirishi ham mumkin.
Isiriq sharq medisinasida juda qadimdan foydalanib kelinayotgan qimmatli shifobaxsh o‘simliklardanbiridir. Kuydirilganda hosil bo‘lgan uchuvchi parazit moddalar ko‘pgina bakteriyalar, parazit zamburug‘larni o‘ldiradi. Kishilar uning shu xususiyatlaridan foydalanib, yosh bolaning kiyim-kechaklarini, yangi uyga ko‘chib kirish oldidan uy ichini dudlatadilar. Gripp, shamollash paytida ham isiriq tutunini hidlash ancha foyda beradi.
Isiriq ko‘sakchalarini ipga tuzib, qishloqlarda juda chiroyli taqinchoqlar, devorga ilib qo‘yiladigan chorsi (belbog‘)lar yasaladi. Ammo ayrim joylarda isiriqni diniy talqin etadilar. Shu sababdan isiriqning shifobaxshligini kishilar orasida to‘g‘ri tushunishlari uchun olimlarimiz yordam berishlari, tushuntirish ishlari olib borishlari lozim.
Hozirgi zamon medisinasida isiriq ildizining bo‘ktirmasi va garmin alkaloidining xlorli tuzi parkinsonizmni davolashda qo‘llaniladi. Isiriqning qaynatmasi va bo‘ktirmasi esa, zotiljam va bezgak kasalligini davolashda ham ishlatiladi.


  1. Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish