Yo‘qotilish ko‘rsatkichlarini kamaytirish uchun kov joy asosini zichlashtirish
maqsadida qurilmalar ishlatiladi yoki yog‘och, metall to‘shamalar barpo etiladi.
12.1 rasm. Rudani gorizontal tabaqalarga ajratib quruq materiallar bilan to‘ldirib qazish
tizimining variantlari. a-rudani o‘zi yurar mashinada tashish; b-rudani skreperda sidirib tashish; 1-yuk
tashiladigan shtrek, 2-blok vosstayusheysi, 3-shamollatuvchi vosstayushey, 4-to‘ldiruvchi materiallar
tushirishga xizmat qiluvchi vosstayushey, 5-shamollatuvchi-to‘ldiruvchi shtrek, 6-skreper qurilmasi, 7-
yuklovchi tashuvchi mashina, 8-beton to‘shak, 9-o‘zi yurar burg‘ilovchi qurilma.
Ruda sifatsizlanishi quyidagi holatlarda yuzaga keladi: kov joy yon tomonlari
ya’ni yondosh
jinslarning qulab tushishidan, ruda tanasidagi puch tog‘ jinslarini
tabaqalab qazib olinganda kov joyda rudani saralash imkoniyati mavjud
bo‘lmaganda.
Qazish ishlarini to‘g‘ri olib borilsa foydali
qazilmaning sifatsizlanish
ko‘rsatkichi 2-3 % ni tashkil etadi. Yupqa ruda tanalarini yondosh jinslar bilan
tabaqalab qazib olishda kov joyda saralash ishlari bajarilmasa sifatsizlanish
ko‘rsatkichi ahamiyatli darajada ortadi.
Ushbu qazib olish tizimida tayyorlash ishlarining hajmi katta ko‘rsatkichlarni
tashkil etmaydi 3 m qalinlikdagi ruda tanasida qavat balandligi 40 m blok uzunligi
50 m bo‘lgan blokda 1000 t zaxirani tayyorlash ishlarining solishtirma hajmi 3 m
ni tashkil etadi.
Yupqa ruda tanalarini qazib olishda burg‘ilovchining mehnat unumdorligi 4-5
m
3
/smena rudani kameralardan qazib olishda 10-11 m
3
/smena,
kov joydagi bitta
ishchi uchun mehnat unumdorligi 0,7-1,5 m
3
/smenadan 2-5 m
3
/smenani tashkil
etadi.
Portlovchi moddaning solishtirma sarfi yuqori mustahkamlikdagi va juda
turg‘un rudalarni qazib olishda 2-2,5 kg/m
3
ni tashkil etadi.
Mustahkamlagich materiallar sarfi 1m
3
qazib olingan rudaga nisbatan 0,01 m
3
dan 0,02 m
3
gacha ishlatiladi. Yupqa ruda tanalarini qazib olishda bu ko‘rsatkich
0,05 m
3
dan 0,06 m
3
gacha bo‘ladi.
Ushbu qazib olish tizimi yog‘och mustahkamlagichlar sarfi bo‘yicha
qatlamlab qulatish va tirgak mustahkamlagichlar bilan
qazib olish tizimlariga
nisbatan ancha samarali hisoblanadi.
Rudani qazib olish tannarxi tirgak mustahkamlagichlar bilan qazib olish
tizimiga nisbatan 1.5 marotaba arzon qiymatga ega. Nisbatan arzon to‘ldiruvchi
materiallar (boyitish fabrikasi chiqindilari va shlaklari,
karerlaridagi mavjud
otvallar
va
h.k)
dan
foydalanganda
va
to‘ldirish
ishlarini
mexanizatsiyalashtirilganda qazib olish ishlarining tannarxini yanada pasaytirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: