Bosh miya yallig’lanishi kasalliklari
. Bosh miya yallig’lanish
kasalliklarida ExoEGda miya ichi topografiyasi va kalla ichki
gipertenziyasi belgilari aniqlanadi.
•
Gidrotsefal holatlar bo’ lmaganda serebral leptomeningitlar
ExoEGda sezilarli o’ zgarishlar bermaydi. Meningitlarda MExoning
turg’un va oshib boruvchi siljishi meningoensefalit
rivojlanganidan dalolat bsradi. M-Exoning turg’un va sezilarli darajada
siljishi, odatda tegishli klinik ko’ rinishda, miya absessi
rivojlanganligidan dalolat beradi.
Reoensefalografiya
•
REG-Bosh miya qon aylanishini tekshirish usuli bo’lib ,
elektr to’kini boshdagi teri ,suyak ,miya to’qimalaridan
va qon tomirlar ichida mavjud bo’lgan qondan
o’tayotganda ko’rsatilgan qarshilikdagi o’zgarishlarni
yozishga asoslangan. O’zgarishlar miya va miyadan
tashqaridagi tomirlar qonga to’layotganda hosil
bo’lgan tebranishlar hamda qon harakati tezligiga
bog’liq.
•
Sog’lom odam
reoensefalogrammasi:
•
A-reografik to’lqin
elementlari;1-EKG;2-
reoensefalogramma(REG)3-
birlamchi hosilasi;h-REG
to’lqin amplitudasi;
•
O’tkazilgan eksperemental va klinik tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, REG
asosan kalla ichini qon bilan to’layotgandagi tebranishlarga bog’liq.REG
tashqarida
yozilsada
miya
ichidagi
tomirlar
xolatini
aks
ettiradi,ekstrakranial tomirlarning
reogrammadagi ulushi uncha katta
emas ya’ni 10 -15%dan oshmaydi.
•
REGning ustunligi ayrim qon –tomir xavzalarida qon xarakatini alohida
o’rganish imkoniyatidadir.
•
Eng ko’p qo’llaniladigan fronto-mastoidal usul xisoblanib ,bunda
elektrodlar peshona va processus mastoideus soxasiga qo’yiladi. Bu
usul ichki uyqu arteriasi xavzasi qon tizimi holatidan axborot beriladi.
Lekin olingan natija occipito mastoidal usul,ya’ni vertebro-bazilyar
havza holati bilan solishtiriladi. Bunda elektrodlarning biri ensa
sohasiga, ikkinchisi esa processus mastoideus ga qo’yiladi.
Reografik egrilikni taxlil qilish ikkita asosiy
yo’nalishga ega:
1.Vizual taxlil. Bunda reogramma to’lqinlarning boshi, cho’qqisi va yakuniga
e’tibor beriladi.
Normada to’lqinlarning ko’tarilish qismi (yoki anakrota ) tikkaroq ,orqa qismi
(katakrota) egriroqdir. Sog’lom yosh odamlarda reogramma cho’qqisi o’tkir
yoki ozgina o’tmasroq bo’ladi.
Orqa qismida odatda bitta ,ba’zan ikkita qo’shimcha to’lqinlar va ularga mos
insizuralar bo’ladi.
2.Raqamli hisobotlar. Raqamli ma’lumotlarning katta miqdori
mavjud,biroq shifokorlarning kundalik amaliyotida eng ko’p
ishlatiladigani va ko’proq axborot beradigani quyidagilar:
1) Reografik indeks (RI)o’rganilayotgan soha tomirlar oqimi pulsli
qon to’lishining nisbat kattalik ko’rsatgichi(normada FM uchun bu
kattalik 0,15 om.ga ,OM-0,10 om.ga teng ).
Reogramma amplitudasi kattaligi bilan impulsli qon to’lishi darajasi
orasida ma’lum bog’liqlik mavjud:pulsli qon to’lish ko’rsatgichi
qonga ko’p to’lsa ,to’lqin amplitudasi yuqori bo’ladi va aksincha.
2) Reografik to’lqin oldi qismi vaqti (alfa)-tomirning to’liq ochilish
davrini aks ettiradi va tomir devori holati xaqida aniq axborot
beradi (normada 0,1 sek.ga teng ). Tomir to’nusi haqida
qo’shimcha axborot to’lqin ko’tarilish qismi oraligi bilan umumiy
to’lqin uzunligiga nisbatini hisoblash yo’li bilan olinadi.(T=15%)
3)
Dikrotik
indeks
(DKI)-arteriolalar
tonusini ko’rsatadi. U normal holatda 40-70
% ni tashkil etib ,periferik tomirlar
qarshiligi xolati to’grisida axborot beradi.
4) Diastolik indeks (DSI)-asosan qonning
arteriadan venaga oqib tushishi va vena
tonusi holatini ko’rsatib ,sog’lom odamda
75%ga teng.
Patologik holatlarda reoensefalografiya :
•
Do'stlaringiz bilan baham: |