SHimoliy Baqtriya O‘rta Osiyoning qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri bo‘lgan Baqtriyanining shimoliy hududlari. Bu o‘lka hozirgi Surxon vohasi va Tojikiston Respublikasining janubiy hududlari kiradi. Mazkur mintaqada mil.av. I ming yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ma’lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon vohasidagi Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so‘ng o‘ziga xos o‘troq dehqonchilik madaniyati vujudga keladi. Bu turdagi madaniyat ayrim jihatlariga ko‘raO‘rta Osiyoning janubida, xususan, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan SHimoliy Baqtriyaning ilk temir davriga oid yodgorliklarini o‘rganish o‘tgan asrning 50-yillaridan, ya’ni Qalan Mir manzigohida olib borilgan tadqiqot ishlaridan so‘ng kuchayadi. SHimoliy Baqtriyaning mil. av. I ming yilliklarning boshlariga oid manzilgohlari Surxon va SHerobod daryolarining irmoqlari atrofida Sopolli madaniyatining inqirozidan so‘ng rivojlangan bo‘lsa, Surxon va Amudaryolarning O‘rta oqimi, Kofirnigon, Vaxsh va Panj daryo vohalari esa qadimgi dehqonlar tomonidan mil. av. I ming yillikning ikkinchi choragi va O‘rtalarida o‘zlashtirilgan.
SHimoliy Baqtriyada mil. av. I ming yillikning birinchi yarmida o‘ndan ortiq dehqonchilik vohalari o‘zlashtirilib, turli shakllardagi manzilgohlarning rivojlanishi kuzatiladi. SHulardan ettitasi Sargandak -To‘palang-(Xolchayonning qo‘yi qatlami), Xalqajar (Mirshodi)-(Qiziltepa, Qizilcha guruhidagi manzilgohlari, Ahatqul), Urgulisoy (Bandixon)-(BandixonI,II, G‘ozimulla), SHerobod-(Jondavlattepa, Talashkantepa I, Pachmaktepa), Ulonbuloqsoy-(Kuchuktepa, Pshaktepa, Dabilqo‘rg‘on), O‘rta Surxon-(Xayitobod, Nomsiztepa), O‘rta Amudaryo-(Ko‘xna Termizning quyi qatlami, Kampirtepa yaqinidagi Nomsiztepa.) kabi kichik daryo vohalari Surxon vohasida va Kuyi Kofirnigon-(Qalam Mir, Munchoqtepa, Xirmontepa), Vaxsh-YAvon-(Tomoshatepa, Boldoy I, SHo‘rchitepa), Boytudasht-(Boytudasht) kabi vohalar Tojikiston Respublikasining janubida rivojlanadi. Ularning har birining hududi tabiiy chegaralanib, Arxeolog olim A.S.Sagdullaevning ilmiy tahlillariga ko‘ra ularning har biri alohida dehqonchilik tumani yoki kichik ma’muriy tuzilmani tashkil etgangan. Mazkur ma’muriy bo‘linmalarning har birida taxminan 3-5 tadan manzilgoh joylashgan. Ulardan biri hajmi kata va strukturasiga ko‘ra murakkab bo‘lgan. Ko‘rinishdan ular ma’lum tumanning ma’muriy markazi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Keltirilgan vohalardagi manzilgohlarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin.
Atrofi mudofaa devori bilan o‘ralib, sitadelga ega bo‘lgan yirik hajmdagi manzilgohlar (yoki qadimgi shaharlar) - Qiziltepa, Hayitobodtepa.
Mudofaa devorlariga ega bo‘lgan qal’a-qo‘rg‘onlariga imoratlar tutush joylashgan manzilohlar - Kuchuktepa Bandixon II, Talashkontepa I.
Yirik xajmdagi manzilgohlar yoki qadimgi qishloqlar- g‘G‘ozimullatepa.
Uy-qo‘rg‘onlari - Qizilcha guruhdagi manzilgohlar
Alohida vazifani bajaruvchi manzilgohlar (diniy inshoatlar)- Pishaktepa, Pachmaktepa.
Mil. av. II ming yillikning oxirgi va mil. av I ming yillikning boshlariga kelib, bu erda o‘ziga xos madaniyat shakllanadiki, bu davr tarixi arxeologik jihatdan Kuchuk I (mil. av. 1000-750) Qizil I (mil. av. 1000-700 yillar) Kuchik II (mil. av. 750-600) hamda Qizil II (mil. av. 750-600), belgilangan.Kuchik III (mil. av. 600-500), Kuchuk IV (mil. av. 500-350), Qizil III (mil. av 600-350) bosqichlari esa ahamoniylar davriga to‘g‘ri keladi.
Vohaning mil. av. I ming yillikning birinchi choragiga oid tarixini arxeologlar Kuchuk madaniyati, deb yuritish odatlangan. Bu davr yodgorliklarining hajmi ancha kichik (3 ga dan oshmaydi). Ulardan mashhuri Kuchiktepa manzilgohi hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan qal’a-qo‘rg‘onchadan iborat. Manzilgoh atrofida imoratlar joylashgan hamda ular mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Keyingi bosqichdaa Kuchiktepa madaniyati taraqqiyoti davomida Qadimgi Baqtriya madaniyatining vujudga keladi. Bu davr voha ijtimoiy-iqtisodiy muhim jarayonlar kechganligi bilan tavsiflanadi. O‘troq deqqonchilik madaniyati hududi kengayib, manzilgohlar soni ko‘payadi va ularning hajmi ortib boradi. SHuningdek, O‘rta Osiyoning janubiy o‘lkalaridagi kabi qadimgi yirik shahar markazlari shakllanadi.
Bu davrga oid Qiziltepa vohadagi yirik manzilgoh hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 30 ga.ni tashkil etadi. Manzilgoh sitadel (ark), shahar (shahriston) va atrofii hamda shahar atrofii okrugi qismlaridan iborat. Manzilgoh Qizil I davrida shakllanib, keyingi bosqichda kengayib asosiy qismi shakllanadi. Manzilgoh shimoli-g‘arbida ark (may.2 ga) barpo etilib, ularning atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olinadi. Mil. av. V-IV asrlarda mudofaa devori atrofi imoratlar barpo etiladi. SHahar ichkarisi alohida yangi imoratlar quriladi. Mudofaa devorlari ikki qatordan iborat bo‘lib, ularning O‘rtasida koridor mavjud. (Ichki devor 2,5 m, tashqi devor 0,7-1,0 m, koridor esa 1,5 m) devorlar yarim aylana va to‘rtburchak minoralar bilan kuchaytirilgan. Ularning har birida jangovar shinaklar bor. Manzilgoh ichkarisida ochiq maydon joylashgan. Qiziltepaning vohadagi boshqa manzilgohdan har tomonlama va alohida ajralib turish madaniy-iqtisodiy hamda ma’muriy markaz vazifasini o‘taganligidan dalolat beradi.
SHerobod vohasidagi Talashkon I ham diqqatga sazovordir. U doira shaklidagi istehkom qal’adan iborat bo‘lib, mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Devorlar to‘g‘rito‘rtburchak shaklidagi minoralar bilan kuchaytirilib, ularda shaxmat shaklidagi ikki qator shinaklar joylashgan. Qal’a ichidagi uylar mudofaa devorlariga taqab qurilgan. Manzilgoh O‘rtasi hovli sifat ochiq joy qoldirilgan. Bandixon voha tumanidagi yirik manzilgoh Bandixon II hisoblanadi. Bu manzilgohning umumiy maydoni 14 ga. dan iborat bo‘lib, ikki qism sitadel va uning atrofidagi joylangan uy-joy imoratlari joylashgan qismlardan iborat. Janubiy Tojikiston hududidagi manzilgohlardan Boytudasht va Bolday I kabi yodgorliklar ajralib turadi. Bu yodgorliklarning shakllangan davri mil av. I ming yillikning ikkinchi choraklariga to‘g‘ri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar alomatlari mavjud bo‘lib, Surxon vohasi manzilgohlarinikiga nisbatan soda va ularda jarayonlar kechroq sodir bo‘lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalaridagi markaziy manzigoh atrofidagi manzilgohlarda ham uy-joy va ho‘jalik imoratlari aniqlangan. Manzilgohlar shakllaridan uy--qo‘rg‘onlar muhim o‘rin tutadi. Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur davr qishloq xo‘jaligi hayotini o‘rganishdagi ahamiyati kata. Ulardan Qizilcha I va VI yodgorliklari arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Bu yodgorliklarning maydoni taxminan 0,2 ga. ni tashkil etad`111111i. Manzilgoh qo‘ra shaklida barpo qilingan. Umumiy devor bilan o‘rab olingan hovlining bir qismida uy-joy imoratlari va uning old tamonida hovli joylashgan. Ko‘rinishdan bu manzilgoh mazkur davr davlatmand patriarxal oilasiga tegishli uy-joy kompleksi hisoblangan. Umuman boshqa turdagi manzilgohlarda ham arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida o‘lkaning qurilish-me’moriy xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud Barcha turdagi imoratlar xom g‘isht va paxsadan barpo qilingan. Devorlar loysuvoq qilingan. Ba’zi imoratlarda yog‘och ustunlarining o‘rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan.
Umuman, mazkur davr O‘rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bilan belgilanib, yirik shaharlarning paydo bo‘lishi, qadimgi davlatlarning qaror topishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishlar sodir bo‘lgan davr hisoblanib kelgan.
Aholining asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik bo‘lib kichik daryolardan anhorlar orqali suv chiqarilgan, yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryolardan ariqlar orqali suv chiqarilgan. Katta anxorlardan birining izlari Bandixondan topib tekshirilgan. Bu erda boshoqli o‘simliklar poliz va bog‘dorchilik rivojlangan. CHorvachilikning ham yaxshi rivojlanganligi to‘g‘risida Kuchuktepa va Bandixondan topilgan hayyovon suyaklari etarli ma’lumot beradi. Topilmalarga ko‘ra SHimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisi qo‘y, echki, qoramol, ot, cho‘chqa boqishgan.
Ma’lumki, Sapolli madaniyati inqirozga uchragandan so‘ng o‘lkada o‘ziga xos madaniyat qaror topadi. Bu davrda Sopolli madaniyati uchun xos bo‘lga ayrim yutuqlardan voz kechiladi, xususan kulolchilikda qulda idishlar yasash an’anasi paydo bo‘ladi. SHimoliy Baqtriyaning ilk temir (Kuchuk I) davri sopol idishlar asosan qo‘lda va qisman kulolchilik charxlarida yasalgan. Ko‘lda ishlangan idishlarning sirtiga geometrik shakllarda naqshlar bilan bezatilgan. Ularning shakllari turlicha, ko‘pchiligining tagi yassi. Tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollari hamda qurol aslohalari ko‘plab topilgan. Keyingi (KuchukII, QizilII) bosqichida kulolchilik charxida sopol buyumlarini tayyorlash kuchayadi. Bu bosqichdagi sopol idishlar konsussimon va bankasimon shakllardan iborat. Idishlarning atrofi to‘q jigar rangda angob berilgan. Bu davrda sopollarni qo‘lda yasash an’anasi ham saqlanib qoladi.
Bu davrga oid topilgan tosh qurollari, xususan yorg‘uchoqlar, temir va bronzadan ishlangan turli mehnat qurollari va quro-yarog‘lar boy madaniyat namunalaridir.
So‘g‘d So‘nggi bronza va ilk temir davrining dastdlabki bosqichiga kelib, So‘g‘diyonaning janubiy hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati qaror topadi. Ilk temir davrida So‘g‘diyonaning barcha hududlari dehqonlar tomonidan egallanadi. So‘g‘diyona hududlarida ilk temir davriga oid yodgorliklar bir xil suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar ko‘proq uchraydigan va yaxshi o‘rganilgan voha Qashqadaryo hisoblanadi. Zarafshon vohasida esa Afrosiyob, Lolazor va Ko‘ktepalarning quyi qatlamlarida bu davrga oid moddiy topilmalar qisman saqlangan.
Umuman, So‘g‘diyonaning ilk temir davri yodgorliklari ham daryo vohalarida alohida shakllanadi. Bu an’anani Qashqadaryo vohasida aniq ko‘rish mumkin. bu erda ilk temir davriga oid bir nechta vohalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Manzilgohlarini esa, xajmi va avzifalariga ko‘ra quyidagi tiplarga ajratish mumkin.
Ark va mudofaa devorlariga ega bo‘lgan yirik shahar xarobalari (Afrosiyob, Uzunqir, Erqo‘rg‘on).
Qishloqlar (Daratepa, CHiroqchitepa, Beshqo‘tontepa).
Mudofaa devorlari bilan o‘ralgan alohida vazifalarini bajaruvchi manzilgohlar, ko‘rinishidan ibodatxona (Sangirtepa).
Do'stlaringiz bilan baham: |