TALABALAR UCHUN KO’RSATMALAR
“Geoaxborot tizim va texnologiyalar” kursi “Geodeziya, kartografiya
va kadastr” mutaxassisligi talabalari uchun majburiydir, ikki semestr
mobaynida o’rganish uchun mo’ljallangan va imtixon bilan yakunlanadi.
Imtixon testlash shaklida o’tadi. Kompyuter vositasida testlash to’rtta
testdan iborat, ulardan har biri o`quv qo`llanmaning tegishli bobiga
bog`langan. Imtixonni muvaffaqiyatli topshirish uchun o`quv qo`llanma
materiali tamoman yetarlidir, lekin o’z ustida ishlash saviyasini ko’tarish
maqsadida qo’shimcha adabiyotlar va Internet-manbalar tavsiya etiladi.
Testlarni muvaffaqiyatli topshirish o`quv qo`llanma materialini mulohaza
bilan o’qish va o’zlashtirish demakdir.
6
KIRISH
Ushbu o`quv qo`llanma geoaxborot tizim va texnologiyalariga –
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining
gurkirab
rivojlanayotgan
yo’nalishiga bag`ishlangan. O`quv qo`llanmaning bosh maqsadi –
geoinformatikaning asosiy tushunchalarini bayon etish, geoaxborot
tizimlarining ishlash prinsiplari to’g`risida aytib berish va ulardan
foydalanishning muayyan misollarini ko’rsatishdir. O`quv qo`llanma to’rtta
bobdan iborat va geoaxborot tizimlarining umumiy tavsifini, GAT larni
amaliy qo’llash misollarini, tahliliy masalalarning GAT - texnologiyalar
yordamidagi yechimini, eng ommabop GAT lar sharhini o’z ichiga oladi.
O`quv qo`llanma materiali talabalarga, turli tashkilotlar rahbarlari va
mutaxassislariga geoaxborot texnologiyalarini qo’llab yechish mumkin
bo’lgan masalalarni yo’lga qo’yishda yordam beradigan qilib tanlangan va
shakllantirilgan.
“Geoaxborot tizimlari” darsligi oliy professional ta’limning davlat
ta’lim standarti talablariga muvofiq tuzilgan va talabalarga geoaxborot
texnologiyalarini o’rganishda, zamonaviy GATlarning ishlash prinsplprini
o’zlashtirishda va fazoviy tahliliy masalalarni yyechish ko’nikmalariga ega
bo’lishda yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
Barcha davrlarda fizik ob’yektlarning fazoviy orientatsiyasi yoki,
sodda qilib aytganda, ularning geografik holatiga oid bilimlar odamlar
uchun juda muhim bo’lgan. Masalan, ibtidoiy ovchilar o’z o’ljalarining
o’rnashgan joyini doim bilganlar, biror jdoy ilk bor tekshirgan shaxslarning
yashashi yoki vafoti esa ularning geografiya bilimlariga bevosita bog`liq
bo’lgan. Shuningdek hozirgi zamon jamiyati ham kim va qaerdaligi
to’g`risidagi axborotga tayanib yashaydi, ishlaydi va hamkorlik qiladi.
amaliy geografiya kartalar va fazoga oid axborot ko’rinishida kashfiyotlar
qilishda yordam bergan, savdoda ko’maklashgan, o’tgan kamida 3000 yil
mobaynidagi insoniyatning hayotiy faoliyati xavfsizligini oshirgan, kartalar
esa sivilizatsiyamiz tarixi to’g`risida hikoya qiluvchi eng go’zal hujjatlardan
biridir (1.1-rasm).
7
Ushbu o`quv qo`llanma bakalavr bosqichi talabalari uchun
tayyorlangan bo‘lib, u «Geoaxborot tizim va texnologiyalari» fanining
o‘quv dasturiga mos tarzda yaratildi. o`quv qo`llanmani tayyorlashda
geoma
ʼ
lumotlar bazalarini loyihalash, yaratish va boshqarishning
Respublikamizdagi holati va tajribalari hisobga olindi, ushbu sohaga
oid zamonaviy adabiyotlardan, shuningdek, xorijiy davlatlar
tajribalaridan foydalanildi.
Mualliflar o`quv qo`llanmani yozishlaridan asosiy maqsad talabalarni
«Geoaxborot tizim va texnologiyalar» fanidan olgan bilimlarini kelajakda
geodeziya, kartografiya va kadastr saholarida geoinformatik ishlarni
amalga oshirishida qo‘llay olishlarini ta’minlashdan iboratdir. Mualliflar
o`quv qo`llanma to‘g‘risida bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni
mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
1.1-rasm. Yangi Angliyaning 1685 yilda Nikolas Vischer tomonidan
tuzilgan kartasi.
Bizning geografiya sohasidagi bilimlarimiz notanish shaharda kerakli
ko’chani izlash yoki o’z ish joyigacha bo’lgan eng qisqa piyoda yo’lini
hisoblab chiqish kabi har kungi masalalarni yechishda eng ko’p
qo’llaniladi. Fazoviy axborot qishloq xo’jaligi mahsulotlarini va sanoat
tovarlarini ishlab chiqarishda, issiqlik va elektr energiyasi olishda, biz
rohatlanadigan o’yin-kulgilarni tashkillashtirishda bizga yordam beradi.
8
O’tgan yuz yillikning so’nggi o’ttiz yilida insoniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |