X III bob. K O 'N IK M A , MALAKA VA ODATLAR
Irodaviy faollik kishilarning faoliyatlarida turli-tuman sifatlari bilan
namoyon boMadi.
Inson faoliyati odamlarga xos boMgan har xil ehtiyojlar asosida yuzaga
keladi. Faoliyatning o'zi ehtiyojlarni qondira oladigan yo'l hamda vosita
lami izlash va shuning bilan birga, ehtiyojni qondiradigan harakatlardan
iborat boMadi.
Faoliyatning asosiy turlari — mehnat, o'yin va o'qishdan iboratdir.
Faoliyatning istalgan turi odamda tegishli ko'nikma va malakalar bi
lan amalga oshiriladi.
I. KO‘NIKMALAR
Ko'nikma —
shunday aqliy hamda jismoniy harakatlar, usullar va
yo'l-yo'riqlardan iboratdirki, bular yordami bilan qandaydir maqsadga
erishiladi yoki ayni bir faoliyat amalga oshiriladi. Masalan, ayrim harflar
ni yozish usullari, ko'paytirish va bo'lish usullari, boltani ushlash va mix
qoqish yoki temirni toblashda bolg'a urish usullari shular jumlasidandir.
Ko'nikmalami bilim bilan aralashtirish yaramaydi. Albatta, har qan
day ko'nikma bilim bo'lishini taqozo etadi. Lekin bilimning ko'nikma
bilan bogMiq boMishi shart emas. Masalan, tarix, geografiya va adabiyot-
shunoslikka doir bilimlar shular jumlasidandir.
Bilimlar, asosan, voqelik to'g'ri aks ettiriladigan hukm va mulohaza-
larda ifodalanadi.
Ko'nikmalar esa, ko'proq aqliy yoki jismoniy harakatlarda ifodala-
nadilar. Ko'nikmalar oldindan belgilangan maqsadga mos bo'lishi' lozim.
Har qanday ko'nikma («а» harfini yozish, bolg'a bilan mix qoqish), al
batta, ayrim harakatlarning to'la va aniq bo'lishini talab etadi. Yassi du
maloq shaklni yoki ilmoqli to'g'ri chiziqchani seza olmaslik, ruchka yoki
qalamni to'g'ri ushlay olmaslik «а» harfini yoza olmaslikdan dalolat bera
di. Bolg'achani sopidan to'g'ri ushlay bilmaslik va bolg'a urishda qoMning
noto'g'ri harakat qilishi mix qoqa bilmaslikni ko'rsatadi. Bunda o*quvchi
«а» harfining qanday yozilishini va bolg'acha bilan qanday qilib mix qo-
qilishini bilishi va hatto gapirib berishi mumkin.
Ko'nikmalar qay daraja o'sganligi jihatidan bir-biridan farq qilishi
mumkin. Shuning uchun ko'nikma faqat bilim talab qilibgina qolmay,
333
www.ziyouz.com kutubxonasi
balki, albatta, qandaydir maqsad amalga oshiriladigan o'zaro mos ha-
rakatlarda ham ifodalanadi. O'quvchilar ko'nikma bilan bog'liq bo'lmagan
bilimlaiga ega bo'lishi mumkin. Masalan, o'quvchi kasrlami ko'paytirish
qoidasini bilishi mumkin, lekin bunday hisob amalini bajara olmasligi
ham mumkin, yoki o'quvchi orfograflya qoidalarini bilgani bilan savodli
yoza olmasligi mumkin. Ko'nikmalar amaliy faoliyatga, bilimlami amal
da qo'llay bilishga oiddir.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilimlarga odatlanmagan hech qanday
ko'nikma bo'lishi mumkin emas. To'g'ri yozish uchun grammatika qoi
dalarini bilish shart. Shu bilan biiga, ko'nikma hosil qilish uchun o'quvchi
tegishli natijalaiga erishtiruvchi to'g'ri usullarni ham bilishi lozim. Shu
ning uchun o'qituvchi yozishga o'rgatar ekan, ruchkani qanday qilib to'g'ri
ushlashni, daftaming qanday holatda turishini, yozishda ruchkani qan
chalik bosish kerakligini va shu kabilarni ko'rsatadi.
Yozishga o'rgatish paytida o'qituvchi ayni chog'da kalligrafiya jihati
dan aniq va chiroyli qilib yozilgan harflar namunasini beradi, ya’ni
boshqacha qilib aytganda, qanday natijaga erishishlari lozimligini
o'quvchilarga aniq sur’atda ko'rsatadi. Agar harakat yanglish, maqsadga
to'g'ri kelmaydigan usullar bilan bajarilayotgan bo'lsa, bunday holda
maqsadga tamoman erishib bo'lmaydi yoki yomon natijalarga olib keladi.
O'quvchi yozishning to'g'ri usullarini bilmasligi tufayli, aji-buji o'qib
bo'lmaydigan va xunuk yozishi mumkin.
Ish usullarini bilib olgandan so'ng, yoki bilib olish davomida o'quvchi,
o'igatilgan qoida yoki ko'rsatilgan namunalarga mos ravishda, ishning
hadisini ola boshlaydi.
Shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchi oldin tegishli bilimlami
o'zlashtirmasdan turib, berilgan nusxalarga taqlid qilish yo'li bilan ba’zi
ko'nikmalar hosil qiladi. Lekin bunday holda ham ko'nikmalar har holda
berilgan nusxani mustaqil kuzatish yo'li bilan olingan bilimga asoslanadi.
Ammo bunday bilimlarning aniq bo'lmasligi tufayli ko'r-ko'rona taqlid
qilish yo'li bilan orttirilgan ko'nikmalar yetarli darajada o'qib olinmagan
va to'la takomillashmagan bo'ladi.
Ko'nikmalar murakkablik darajalari jihatidan ham bir-biridan farq
qiladi. Ko'nikma oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin. Masalan, harf-
laming elementiaridan chiziqcha yoki aylana yozish oddiy ko'nikma bo'lsa,
butun bir so'zlarni yozish murakkab ko'nikmadir.
Murakkab bo'lgan yozish ko'nikmasi o'z ichiga bir qator oddiyroq
ko'nikmalami oladi. Masalan, ruchkani to'g'ri ushlash, yozishda ruchka
ning bosimini to'g'ri nazorat qila bilish ko'nikmalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sonlarni kvadrat yoki kub ildizdan chiqarishga qaraganda ulami arif-
metika usulida qo'shish oddiy ko'nikma bo'ladi.
Ninaga ip taqish va tugmacha chatish — oddiy uquvdir, lekin xuddi
shu nina bilan ko'ylak yoki kostum tikish — murakkab uquvdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |