Tafakkur va nutq faoliyati tufayli biz o'z intilishlarimizni juda yaxshi
asosli qaror boMadi, qiladigan harakatlarimiz esa rejalashgan, rejali va
tartibli boMadi. Tafakkur faoliyati vazminlik va o'zini tuta bilish, qat’iyat
va chidamlik kabi kuchli iroda sifatlarini belgilaydi.
lantiradi. Motivlar kurashida hissiyotlarning roli kattadir. Hissiyotlar biz
rayonlaridagi roli ikki turli boMishi mumkin: ijobiy-faollashtiruvchi va
salbiy-tormozlashtiruvchi rol o'ynashi mumkin.
yo'qotsa va bunday hissiyot ta’siri bilan kishi asoslangan qarorga kelsa,
bunday paytda hissiyotlar irodamizni faollashtiradi hamda uni mustahkam
laydi. Bunday hollarda hissiyotlar maqsadga erishishda bizning
qat’iyatimizni, kuchimizni, dadilligimizni, barqarorligimizni va sabotimizni
ta’minlaydi. Qilinadigan katta ishlarda yo'nalish, ishonch, g'ayrat va ijo
biy ehtiroslarning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hammamizga
ma’lum. Yuksak siyosiy-ijtimoiy va axloqiy hissiyotlar, vijdoniy burch
hissi va xususan vatanparvarlik hissi irodamizni mustahkamlaydi, uni kuchli
va sabotli qilib, qo'yilgan maqsadni amalga oshirishimizga ishonch
bag'ishlaydi.
Hissiyotlarimiz, agar irodamiz qaratilgan maqsadga mos kelmasa, u
holda hissiyotlar irodaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunday hollarda
hissiyotlarning ta’siri irodani tormozlashtiradi. Ko'pincha qat’iyatsizlik,
beqarorlik va irodaning ojizligi shunday hissiyotlar ta’siri ostida voqe bo'ladi.
Ba’zan iroda kuchini ishga solib, ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni quwat-
lovchi hissiyotlami cheklashga, ularni kuchsizlantirishga yoki batamom
yo'qotib yuborishga to'g'ri keladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, mana shun
day hollarda iroda kuchining alohida turi bo'lgan vazminlik va o'zini tuta
bilish sifatlari ko'rinadi.
Kishining dunyoqarashi irodaga va iroda kuchining namoyon bo'Hshiga
katta ta’sir ko'rsatadi. Dunyoqarash kishilarning mehnat va ijodiy faoliyat-
laridagi har qanday qiyinchiliklarni yengishlarida ularning irodalarini ha
rakatga keltiruvchi buyuk kuchdir. Ishonch-e’tiqodlar kishining intilishlari
va harakatlarini ongli intilish va harakatlar bo'Hshiga yordam beradi. Inti-
lishlarimiz va harakatlarimiz, ongli intilish hamda harakatlar bo'lsa va ha
rakatlarimiz qaratilgan maqsad muhim bo'lsa, bu harakatlar ham juda aniq,
qat’iy va barqaror bo'ladi. Ulug' maqsadlar ulug' g'ayrat (energiya) tug'diradi.
Kishi o'z harakatlarida asoslanadigan axloqiy tamoyillar va bu ha
rakatlarni amalga oshirishda dilidan kechiradigan axloqiy hissiyotlar kuchli
iroda ko'rsatishda katta ahamiyatga egadirlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi