V. IRODA VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR
Ana shu yuqoridagi aytilganlardan ko'rinib turibdiki, iroda boshqa
psixik jarayonlar bilan mahkam bog'liqdir.
Irodaviy harakatlar biz idrok qilib turgan u yoki bu sharoitda yuzaga
keladilar. Qaroiga kelishda, harakatlarni rejalashtirishda (mo'ljallashda) va
amalga oshirishda odam ayni shu sharoitni tushuna olishi kerak. Bu tushu
nish va binobarin, qilinadigan harakatlarning muvaffaqiyati juda ko'p jihat
dan sharoitni idrok qilishning tezligi, to'laligi, aniqligi va to'g'riligiga bog'liq.
Idrok ana shunday sifatlarga ega bo'lmagan paytda irodaviy harakatlar kechi-
kishi, batamom amalga oshirilmasligi, o'zgarishi, xato bo'lishi mumkin.
Irodaviy jarayonlarda xotira katta rol o'ynaydi. Kundalik hayotimizda
juda ko'p irodaviy harakatlarimiz taxminan bir xil qiyofada takrorlanadi-
lar. Biron maqsad qo'yishda, harakat usullarini tanlashda, qarorga kelish
da va qilingan harakatlarga baho berishda kishi dastawal o'zining tur
mush tajribasi hamda bilimlariga asoslanadi.
Biroq hamma irodaviy harakatlar ham faqat ilgarigi harakatlarning
oddiy qaytarilishidan iborat emas. Sharoitning o'zgarib turishi davomida
ehtiyoj va qiziqishlarga qarab, odam har doim yangi maqsadlar qo'yishiga
hamda harakatning yangi usullarini qidirib topishiga to'g'ri keladi. Bu
o'rinda irodaga xayol yordam qiladi.
Irodaviy jarayonning muhim tomoni biron maqsad qo'yishdir. Biz o'z
harakatlarimiz qaratilgan maqsadni har xil aniqlikda tasawur qilishimiz
mumkin: ba’zan maqsadni shu qadar aniq, yorqin va jonli tasawur qi-
lamizki, go'yo kishi o'z harakatlaridan kelib chiqadigan natijani oldindan
ko'rayotgandek bo'ladi; ba’zan esa maqsad noaniq va xira tasawur qilini
shi mumkin. Maqsad qanchalik aniq bo'lsa, unga intilish ham shunchalik
330
www.ziyouz.com kutubxonasi
kuchli bo'ladi. Maqsadning aniq boMishi shu maqsadga yetishish yo'lini
qat’iyat bilan, uzil-kesil va ongli sur’atda tanlashga imkon beradi. Maqsad
ning aniqligi yana harakatning kuchli boMishiga, dadillik, sabot bilan ish
ko'rishga va chidamli bo'lishga madad beradi.
Kishining kuchli iroda ko'rsatishida uning o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini
amalga oshirishga mo'ljallangan va amalga oshiradigan yo'l va vositalami tasawur
qila olishi ham katta ahamiyatga ega. Bu yo'l va vositalami kishi qanchalik
aniq tasawur qilsa, bu vositalardan birini shunchalik tez tanlab olib, ma’lum
qarorga keladi va shunchalik zo'r ishonch bilan harakat qiladi.
Harakatlar qaratilgan maqsadlarni hamda ulami amalga oshirish yo'l
va vositalarini, irodaviy harakatlardan kelib chiqadigan natijalarni yaqqol
tasawur qilish va shuning bilan birga, iroda kuchi kishining tajribasi va
bilimlariga hamda uning xayoli, tafakkuri va nutqining taraqqiyot dara
jasiga bogMiq.
Maqsad va bu maqsadga erishtiruvchi vosita va yo'llami tasawur qi
lishning aniqligi turmush tajribasi hamda bilimlarga asoslangan xayolning
kengligi va kuchiga bog'liq.
Irodaviy jarayonlarning va irodaviy harakatlarning barcha moment-
larida nutq bilan chambarchas bogMiq boMgan tafakkur, ayniqsa, katta rol
o'ynaydi. Irodaviy harakatlar aql bilan qilinadigan harakatlardir.
Kishi bor tajribasi va bilimlariga asoslangan holda o'ylab biron maqsadni
qo'yadi va harakat qiladi, o'ylab ma’lum qarorga keladi, o'ylab maqsadni
amalga oshirish yo'li va vositalarini tanlab oladi, o'z harakatlaridan kelib
chiqadigan natijalarni oldin o'ylab
Do'stlaringiz bilan baham: |