P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Shunday qilib,  ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Shunday qilib,  ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab

 

qolish  va  keyinchalik  tiklash  (esga  tushirish)  dan  iborat  bo'lgan  aqliy

 

faoliyat  xotira  deyiladi.

Xotiraning ayrim jarayonlarini  — esda olib  qolish,  esda saqlash,  esga 

tushirish  va  unutish jarayonlarini  ko'rib  chiqaylik.

II.  ESDA OLIB  QOLISH

Xotira faoliyati  esda olib qolishdan boshlanadi.  Biz hamisha bir narsa 

yoki  hodisani  idrok  qilishimiz,  biron  narsa  haqida  o'ylashimiz  singari 

hamisha  biron  narsa  yoki  hodisani  esda  olib  qolamiz.  Esda  olib  qolish 

jarayoni eng awal  miya po'stida  idrok qilinayotgan narsalarning—buyum, 

surat,  so'z,  fikr va  hokazolarning «izlari»  hosil bo'lishidan va ayni vaqtda 

esda  olib  qolinadigan  material  bilan  kishida  mavjud  bilim  va  tajriba 

o'rtasida,  esda  qoladigan  materialning  ayrim  qismlari  yoki  elementlari 

o'rtasida  bog'lanish vujudga  kelishidan  iboratdir.

Esda  qolishning  nerv-fiziologik  asosi  bosh  miya  po'stida  yangi  mu­

vaqqat  nerv bog'lanishlari  hosil  bo'lishidan  iboratdir.

Esda  olib  qolishning  tezligi,  to'laligi,  aniqligi  va  mustahkamligi  har 

xil  bo'lishi  mumkin.  Esda  qoldirishning  bu  sifatlari  esga  tushirishning 

tezligi,  to'laligi va aniqligiga, shuningdek,  nechog'li tez yoki sekin unuti- 

lishiga qarab aniqlanadi.  Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib 

qo'ymaslik  esda  qoldirishning  eng  yaxshi  sifatlaridandir.

Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam 

bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadi:  puxta esda qolgan material sekin  unutiladi 

yoki sira unutilmaydi.  Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nima­

ga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi 

shartlarni  bilish  pedagogika  uchun  amaliy  ahamiyatga  ega,  chunki  bu 

shartlarni  bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq 

uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo'ladi.

Turmushdagi  kuzatishlar pedagogik  amaliy  va  maxsus  eksperimental 

tekshirishlar  ko'rsatishicha,  esda  qoldirishning  sifatlari  — uning  tezligi, 

to'laligi,  aniqligi  va  puxtaligi,  birinchidan,  esda  qoldirish  xillariga,  ik-

www.ziyouz.com kutubxonasi



kinchidan,  esda  olib  qolinayotgan  materialga  kishining  (shaxsning)  mu­

nosabatiga  va  uchinchidan,  esda  qoldirish  uchun  qo'llanilgan  maxsus 

metodik usul  va  priyomlarga bog'liq bo'lar ekan.

Biroq har holda esda mustahkam  olib  qolish,  albatta,  eng awal  nerv 

sistemasining ahvoliga bog'liqdir.  Nerv sistemasi sog'lom  va tetik bo'lsa, 

muvaqqat  nerv  bog'lanishlar tezroq  hosil  bo'lib,  puxtaroq  bo'ladi,  bino- 

barin,  esda  olib  qolish  ham  tez va puxtaroq bo'ladi.


Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish