P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  idrokining  o'sishi



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  idrokining  o'sishi

Chaqaloq  uch-to‘rt  oylik davrida  idrok qila oladigan  narsalar doirasi 

hali  juda  tor  bo‘ladi.  Bola  bu  chog‘larda  eng  awal  ko‘z  oldidagi  rang- 

barang,  ovoz  chiqaradigan  va  harakatlanadigan  narsalarni  ozmi-ko‘pmi 

ravshan  idrok qila boshlaydi.  Bola onasini uning ovozidan erta bila bosh­

laydi.  Bola  buyumlarni  qo'liga  olib,  ular bilan  turli  harakat  qila  boshla- 

gach,  uning idroki  mazmun jihatdan kengayib boradi.  Chunki, bu vaqtda 

uning  ko'rish  va  eshitish  sezgilariga  teri  sezgisi,  maza-ta’m  bilish,  issiq- 

sovuqni,  qattiq-yumshoqni,  og'ir-yengilni  bilish  sezgilari  qo'shiladi.  Ya­

rim  yashar  bola  atrofdagi  narsalarni,  uy  ichidagilarni  taniydigan  bo'lib 

qoladi.  Bu  shuni  ko'rsatadiki,  demak,  bola  olti  oylik bo'lganda tevarak- 

atrofdagi  narsalarni  bir-biridan  ajratib  idrok qila  boshlaydi.

Bola u yoqdan-bu yoqqa awal  emaklab,  so'ngra mustaqil  yura bosh- 

lagach,  idrok  qilinadigan  narsalarning  doirasi  hiyla  kengayib,  idroki  ta­

komillashib boradi.  Shu bilan bir vaqtda bolaning qo'l  harakatlari  taraq­

qiy qiladi, teri sezgisi takomillashadi.  Narsalarni faqat ko'z bilan ko'rishning 

o'zi  endi  bolani  qanoatlantirmaydi:  bola  har qanday  narsalarning  oldiga 

borib  ularni  ushlab  ko'radi,  qo'liga oladi,  og'ziga eltadi,  itaradi,  irg'itadi 

va  hokazo.

Bola narsalarning o'zi bilan faol ish-harakat qilar ekan, bunda u narsa­

larning turli-tuman xossalarini — ularning shaklini, katta-kichikligini, qat- 

tiq-yumshoqligini, og'ir-yengilligini yaxshiroq bilib oladi. Yurish va yugurish 

bilan  bola  masofani  ham  aniqlay boshlaydi.  Ammo  bu  yoshdagi  bolalar 

narsalarning qanchalik yiroq-yaqin turishini aniqlay olmaydilar.  Ko'pincha 

bolalar o'zlaridan yiroq turgan bir narsani olmoqchi bo'lib qo'llarini uza-

www.ziyouz.com kutubxonasi




tadilar,  yoki  uzoqdagi  narsani,  masalan,  osmondagi  oyni  olib  berishni 

kattalardan  so'raydilar.

Bola awallari narsalar bilan bevosita amal qilib, shu narsalarning xos­

salarini  bilib  oladi,  keyinchalik  shu  xossalarni  muskul-harakat  sezgilari, 

maza bilish va teri sezgisi organlarining bevosita ishtirokisiz, faqat ko'rish 

bilan taniydigan bo'lib o'sadi.  Masalan, 2—3 yasharbola olmani ko'rganida 

uning hamma xossalarini:  rangi,  mazasi,  shakli,  kattaligi va boladan qan­

day  masofada turganligini  ko'zi bilan  tanib bila oladi.

Bola musiqaga oid ritmni va sodda kuylami,  masalan, allani erta yosh­

dan  idrok qila boshlaydi.  Bola cholg'u  ovozini  yoki ashulani  eshitar ekan, 

bunga  e’tibor  berib jim  qoladi,  tinchiydi.  Ikki-uch  yashar  bola  o'zi  ham 

sodda  kuylarni  ayta  oladigan  bo'lib  qoladi.  Bulaming  hammasi  shu  kabi 

idroklarning yosh  bolalarda  paydo bo'lish,  o'sib borishini  isbot  qiladi.

Bola  ikki  yoshga  qadam  qo'yganda  narsalarni  suratdagi  tasviriga  qa­

rab  ajrata  boshlaydi.  Bolaning  suratda  tasvir  qilingan  narsalarni,  umu­

man,  suratlarni tanish qobiliyatining o'sishiga  uning  haqiqiy narsalarning 

o'zini  ko'rishdan  hosil  bo'lgan  tajribasi  va  kattalarning  rahbarligi  ostida 

tez-tez  rasm  va  suratlar ko'rib turishi  yordam  beradi.

Shunday qilib, bolaning idroki yasli yoshidanoq (bir-uch yoshda) maz- 

munan ancha xilma-xil  bo'ladi.  Lekin  shu  bilan bir vaqtda,  uning  idroki 

hali  aslo  to'la  takomil  topmagan  bo'ladi.  Masalan,  shu  yoshdagi  bolalar 

vaqtni  yaxshi  ajrata  (idrok  qila)  olmaydilar.  Ular,  odatda,  bironta  ish- 

harakat yoki voqeaning necha vaqt davom etayotganini, bu vaqtning sekin 

yoki tez o'tayotganligini, bironta voqea yoki ish-harakatning «ilgari» yoki 

«keyin» yuz berganini ajrata bilmaydilar.  Bu yoshdagi bola idrok obrazlari 

ko'pincha tarqoq holda bo'lib, bir-biri bilan to'g'ri bog'lanmaydi, bu obraz- 

larning  ma’nosiga  bola  tushunib  yeta  olmaydi,  shu  sababli,  bu  yoshda 

bolaning idroki yetarli darajada ongli bo'la olmaydi.  Bola idrok qilar ekan, 

ko'pincha,  narsalarning muhim alomatlariga e’tibor bermay, balki yaqqol 

ayrilib  turadigan  tamonlariga:  rangi,  ovozi,  harakati  va  shakliga  e’tibor 

beradi.  Shu  bilan  birga yosh bolalar ko'rib  turgan  narsalarining arzimay- 

digan  mayda-chuyda tomonlarini,  masalan,  shkafning tabaqasida salgina 

darz  ketgan  joyini,  suratdagi  bolaning  kiyimida  bir  tugmasi  qadab 

qo'yilmaganini  va  hokazolarni  ham  payqaydilarki,  katta  yoshli  kishilar 

buni  payqamasliklari  ham  mumkin.

Yasli yoshidagi bolalaming idroki ko'proq, ixtiyorsiz bo'ladigan idrokdir. 

Bolalaming diqqatini beixtiyor o'ziga tortadigan narsalarni, bolalaming be­

vosita ehtiyojlari ta’siri ostida bo'layotgan  ish-harakatlariga bog'liq bo'lgan 

narsalarni idrok qiladilar, xolos. Ammo katta yoshli kishilar bolani: «mana, 

buni  qara»,  «falon  narsaga  quloq  sol»  degan  ko'rsatmalari  bilan  muayyan 

bir  narsani  idrok  qilishga  majbur  etadilar.  Lekin  bu  holda  ham  bolaning

www.ziyouz.com kutubxonasi




idroki turg‘un bo‘lmasdan,  diqqati juda tez chalg‘ib ketadi,  xususan idrok 

qilinmog‘i  kerak bo'lgan  narsa  o'zining  ko'rinishi,  harakati,  ovozi  va  shu 

kabi xususiyatlari bilan bolani qiziqtirmasa, idroki beqaror bo'ladi. Bu yosh­

dagi  bolalar  o'z  idroklarini  hali  idora  qila  olmaydilar.  Bolalar  idrokining 

ravonlik, barqarorlik, mukammallik va onglilik darajasi, ulaming o'yin faoli­

yatida hamda tafakkur va nutqlari o'sib borgan sari  osha boradi.

Maktabgacha tarbiya va yasli yoshidagi kattaroq bolalaming hayotida 

o'yin  katta  o'rin  oladi  va  yosh  bolalaming  tabiatiga  xos  bo'lgan  ha- 

rakatchanlikdan,  faoliyatga  intilishdan  tug'iladi,  o'yin  faoliyati  bolada 

tug'iladigan har xil ehtiyojlar: bilish  ehtiyoji,  ijtimoiy va estetik ehtiyojlar 

ta’siri  ostida  kuchayib  boradi.  Bola  o'ynar  ekan,  atrofidagi  muhit  bilan 

turli-tuman, bevosita va faol aloqa bog'laydi, o'z o'yinida atrofdagi voqe­

likni  aks ettiradi  va shu  voqelikka qarab  ish-harakat  qiladi.

Bolalar o'z o'yinlarida katta yoshli kishilarning ish-harakatlariga taqlid 

qiladilar.  Katta  yoshli  kishilarning  ish-harakatlariga  taqlid  qilmoq  uchun 

esa bolalar kattalarning ish-harakatlariga, bu  ish-harakatga aloqasi bo'lgan 

sharoit va buyumlarga e’tibor berib, razm solishlari kerak bo'ladi.  Shunday 

qilib,  o'yin jarayonida bola idrok qiladigan  narsalarning doirasi va idrokn­

ing  mazmuni  kengayib,  boyib  boradi.  Bola  bir yoshga  to'lib  ikki  yoshga 

qadam  qo'ygan  paytida  uning  idrokida  nutq  katta  rol  o'ynay  boshlaydi. 

Bola  boshqalaming  gap  so'zini  tinglaydi  va  bu  bilan  uni  bevosita  o'rab 

olgan  muhitdan  tashqaridagi  narsalarni  bilib  oladi.  Nutq  bolaning  idrok 

qilayotgan  narsalarini  yaxshi  anglab  olishini  o'stirishda  katta  ahamiyatga 

ega.  Bola narsalarning nomini bilib oladi  va o'zi  idrok qilgan  narsalarning 

nomini aytadi. Bironta narsaning nomini aytar ekan, bola bu narsani muayy­

an narsalar jinsiga kiritadi.  Idrokda onglilik darajasi o'sganligi shu yoshdagi 

bolalaming doimo: «Bu nima?», «Buning oti nima?»,  «Nega shunday?» va 

shu kabi juda ko'p savol  bilan  kattalarga murojaat  qilishlarida ko'rinadi.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish