P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 26,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/551
Sana11.01.2022
Hajmi26,8 Mb.
#348356
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   551
Bog'liq
Umumiy psixologiya. P. Ivanov, M. Zufarova

VI  bob.  XOTIRA

I.  XOTIRA TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Biz sezgan,  idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, 

balki  ma’lum darajada  esda olib qolinadi,  ya’ni  esimizda saqlanib qoladi 

va  qulay sharoitda  yoki  kerak bo Iganda esimizga  tushadi.

Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham 

esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi.  Buni har kim o‘z 

tajribasidan  yaxshi  biladi.  Masalan,  o'quvchilar  maktabda  o'qitilayotgan 

narsalarini  esda olib qoladilar,  esda saqlaydilar va esga tushiradilar.

Kundalik  tajribamiz  ko'rsatadiki,  esda  qolgan  narsalarning  hammasi 

ham  esimizga tushavermaydi,  ularning bir qismi  unutiladi.  Unutish  ham 

xotiraga  oid  hodisadir.

Ta’sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning 

fiziologik  asosi  muvaqqat  nerv  bog'lanishlaridir,  bu  muvaqqat 

bog‘lanishlaming hosil  bo'lish,  mustahkamlanish va keyin jonlanish  (tik- 

lanish) jarayonidir.

Esda  qoladigan  narsa  xotira  materialini,  esda  saqlanib  turadigan  va 

esga tushiriladigan  narsa  esa xotiraning  mazmunini  tashkil  qiladi.

Eng awal bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko'chalar, 

daraxtlar, hayvonlar va hokazolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib 

qoladi va esga tushadi.  Ko'rgan badiiy surat  va  rasmlar,  eshitgan  musiqa 

kuylari,  ashulalar va  hokazolar esda qoladi.

Ilgari  idrok  qilingan  narsalarning esimizga tushgan  obrazlari tasawur 

deb ataladi.  Bu  xotiramizda saqlanib  qolgan  idrok obrazlari  bo'lib,  maz- 

munan obrazli xotiraga taalluqlidir.  Odam xotirasining asosiy mazmunini 

nutq-so‘z  materiali  tashkil  etadi.  Idrok  qilingan  narsa  va  hodisalaming 

nomlari,  o'qilgan  matnlar,  so'zlar,  gaplar boshqalarning  nutqi  esda  olib 

qolinadi,  esda  saqlanib  qoladi  va  esga  tushiriladi.  Lekin  nutq  esda  olib 

qolinganda  u  yoki  bu  oddiy  tovushlar  birikish  sistemalari  emas,  balki 

nutqda  ifodalangan  ma’no,  o'zi  va  boshqalarning  fikrlari  esda  qoladi, 

saqlanadi  va esga tushadi.  So'zlarning  ma’no jihatdan  mantiqiy sur’atda 

bir-biriga  bog'lanib  esda  qolishi  va  esga  tushishi  mazmunan  so‘z  logik 

xotirasi  bo'lib,  obrazli  xotiraga  nisbatan,  ancha  murakkab aqliy faoliyat- 

dir.  Biz  ko’ngildan  kechirgan tuyg'ular,  har xil  muskul  va ish-harakatlari 

ham xotira  mazmunini  tashkil  qiladilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Shu sababli  esda qoladigan  materialning xilma-xil  mazmuniga qarab, 

xotirani,  odatda,  obrazli,  so‘z  logik,  emotsional  (tuyg'u-hissiyot)  va  ha­

rakat  xotirasi  kabi  xillarga  ajratiladi.  Albatta,  xotiraning  ana shu  xillarga 

bo'linishi nisbiydir.  Haqiqatda xotiraning shu hamma xillari bir-biri bilan 

chambarchas bog'langan,  bironta narsaning esimizda qolgan va keyin esi­

mizga  tushirilgan  obrazi  gap  bilan  ifodalanadi,  har  bir  tuyg'u-hissiyot 

bironta  bir  tasawurga,  yoki  fikrga,  yoki  ish-harakatga  va  hokazolarga 

bog'liq  holda tug'iladi.




Download 26,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish