P. I. Chaykovskiy asarlari mazmunining umumnazariy-tarixiy jarayonlari



Download 331,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana07.04.2022
Hajmi331,61 Kb.
#534545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2834-Article Text-5775-1-10-20220325

«Manfred»
simfoniyasi va bir qismli dasturli uvertyura fantaziya 
hamda poema va fantaziyalari - 
«Romeo va Juletta», «Fatum», «Bo‘ron», 
«Francheska 
da Rimini», 
«Gamlet», 
«Sarkarda»
nomli 
asarlari 
kiradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
765


P.I.Chaykovskiy yaratgan to‘rtinchi va beshinchi simfoniyalar uning ijodiy 
xazinasidan o‘rin olgan mashhur asarlaridan hisoblanadi. Kompozitor falsafiy 
izlanishlari orasida asosiy masala-inson hayoti va uning mohiyati simfoniya janrida 
aks etadi. Simfonik janr badiiy g‘oyalarning rivojlanish jarayonini erkin va hech 
qanday chegarasiz ifoda qilishda katta imkoniyat yaratishiga kompozitorning 
ishonchi komil edi. Haqiqiy dramaturg sifatida u asosiy ziddiyatlarni yahlit holda
musiqiy obrazlarning to‘qnashuvi va rivojlanishi orqali tasvirlab berishga intilar edi. 
Musiqada bularning barchasi turli xil musiqiy mavzularning qayta ishlanishida, bir-
biri bilan taqqoslanishida, hamda ularning o‘zaro harakatda, uzviylikda yoritib 
berilishida aks etadi. Mavzular orasidagi kontrastlar kuyda, garmoniyada hamda 
orkestr tembrlarida ham namoyon bo‘ladi. 
P.I.Chaykovskiyning ko‘pgina simfonik asarlari dasturiy xususiyatga ega. 
Asarlari yoki asar qismlarining nomlanishida dastur yaqqol ko‘rinadi. Misol 
tariqasida 
«Qish orzu-xayollari»
simfoniyasi hamda 
«Romeo va Juletta»
uvertyurasini keltirishimiz mumkin. 
«Manfred»
simfoniyasida bayon qilingan dastur 
so‘z orqali ifodalangan. Oltinchi fojiaviy simfoniyaning dasturi rasman eolon 
qilinmagan bo‘lsa ham, ammo ijod jarayonida kompozitor uchun u juda katta 
ahamiyatga 
ega 
bo‘lgan. 
Kompozitor 
bu 
simfoniyaga 
«Hayajonli»
(«Pateticheskaya»)
degan nom beradi. Ushbu simfoniyada hayot va mamotning 
azaliy kurashi umumlashma holda berilgan desak xato qilmaymiz. Kompozitorning 
tabiatan dramatik xarakterga egaligi dasturli asarlari uchun badiiy syujetlarni 
tanlanishida ham o‘z aksini topadi. Adabiy asarning bosh g‘oyasini, to‘qnashuvini 
gavdalantirish asosiy masala bo‘lib qoladi. P.I.Chaykovskiy lirik-dramatik, lirik-
fojiaviy simfonik asarlarning yaratuvchisi sifatida jahon simfonizmi tarixida o‘z 
nomini qoldirdi. U katta simfonik o‘lchamdagi g‘oyalarni va obrazlarni 
umumlashtirish kabi Bethovencha tamoyillarni o‘zining cholg‘u asarlarida qayta 
tikladi. 
XIX asrda rus musiqasi tarixida simfoniyani, Asafevning so‘zi bilan aytganda, 
«tovushlarda aks etgan hissiy falsafa»
darajasiga ko‘tarish faqat P.I.Chaykovskiyga 
nasib etdi. Uning simfonizmiga xos bo‘lgan lirik holat, psixologizm, asar 
obrazlarining janriga ko‘ra ajralib turishi, umumiy dasturga intilish - bularning 
barchasi simfonik uslubning harakatchan hamda shiddatli tasvirlanadigan vositalari 
orqali aniq namoyon bo‘ladi. Taneyevga yozgan xatida P.I.Chaykovskiy simfoniyani 

«musiqiy shakllar orasida eng lirik»
shakl deb atagan, fon Mekkga yozgan xatida 
esa simfoniyaning ustun tomonlarini ochib berib, unda ijodiy xayol uchun 
imkoniyatlar kengligini taokidlagan edi. O‘zaro kurash, keskin ixtilof va ziddiyatlarni 
gavdalantirish P.I.Chaykovskiyning dasturiy hamda nodasturiy cholg‘u musiqalarini 
o‘zaro yaqinlashtirib turadi. Chaykovskiyning simfonik musiqasining eng muhim 
belgisi - simfoniya va opera janrlariga xos usullarning bir-biriga o‘tishidir. Simfonik 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
766


tizimi syujet rivojlanishiga ega bo‘lib, obrazlar ziddiyati unda aniq ifodalanadi. 
Ayniqsa, dramatik va fojiaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan avj qismida opera 
dramaturgiyasiga xos usullarning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Ayni shu uslub 
vositasida to‘rtinchi va oltinchi simfoniyalarning birinchi qismlaridagi kulminatsion 
o‘rinlari, beshinchi simfoniyaning esa sust harakatlanadigan o‘rnida mashoum taqdir 
mavzusi ifodalangan. Operaning simfoniyaga bo‘lgan ta’siri mavzularning 
tanlanishida va ularning rivojlanish xususiyatlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu 
ta’sir keng kuy rivojiga ega bo‘lgan lirik turdagi mavzularda ham, bir vaqtning o‘zida 
opera so‘zlashuvining nutqiy ifodasiga yaqin bo‘lgan deklamatsiya ohanglarida ham 
yaqqol aks etadi. 
Baletlar. 
Chaykovskiy dahosiga musiqaning nozik tovlanishlarini chuqur his eta olish 
xos bo‘lib, u yaratgan opera, simfoniya va romanslarda raqs ritmlari muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chaykovskiy baletlari rus klassik baleti tarixini ochib beradi. Unga qadar 
balet janrida musiqa yordamchi ahamiyatga ega edi. Uning baletlarida esa musiqa 
bilan raqs aynan yaxlitlikda asar mazmunining ifodasini ochishga xizmat qiladi. 
Chaykovskiy yaratgan baletlar - asl dramatik asarlardir. Har bir raqs faqat musiqa 
bilan, ular orasidagi orkestr epizodlari esa bir-biri bilan mexanik tarzdagina emas, 
balki mazmun mohiyatiga ko‘ra ham bog‘langan. Chaykovskiy baletda mavjud 
bo‘lgan an’analarni buzmagan holda, musiqaning mohiyatini tubdan o‘zgartiradi. 
Kompozitor balet janriga yangilik kiritadi, ya’ni baletga dasturli simfonik asar 
sifatida yondoshadi. U an’anaga aylangan 

Download 331,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish