P. I. Chaykovskiy asarlari mazmunining umumnazariy-tarixiy jarayonlari



Download 331,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana07.04.2022
Hajmi331,61 Kb.
#534545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2834-Article Text-5775-1-10-20220325

«Men uchrashishga muyassar bo‘lgan barcha insonlar 
orasida, Chaykovskiy - eng dilbari edi. U betakror nozik qalb egasi, buyuk insonlar 
kabi juda kamtar, oddiy va sodda edi».
P.I.Chaykovskiy musiqa san’atining deyarli 
barcha sohalariga ijodiy yangiliklar kiritgan. Simfonizm tamoyillarining ta’siri
musiqiy asarlarning g‘oyaviy - obrazli mazmundorligida ham, kompozitorlarning 
ijodiy uslubida ham, musiqiy dramaturgiyaning va ifoda vositalarining o‘ziga xos 
bo‘lgan xususiyatlarida ham aks etdi. Chaykovskiy ijodi XX asr madaniyatining, 
musiqiy teatr, dirijyorlik va ijrochilik mahoratining rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatdi. P.I.Chaykovskiy qoldirgan musiqiy meros insoniyat madaniyati tarixida 
doimiy ahamiyatga ega betakror san’at mo‘jizalari qatoriga kiradi.
P.I.Chaykovskiy ijodiy merosining ko‘lami nihoyatda kengdir. Kompozitor rus 
va G’arbiy Yevropa musiqa madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib 
olgani holda, rus xalq ijodiga va XIX asr xalq romansi ohanglariga tayanib, rus 
milliy musiqa san’atining mumtoz namunalarini yaratadi. P.I.Chaykovskiy lirik opera 
va rus mumtoz baletining yaratuvchisidir, uning fortepiano va skripka uchun 
konsertlari jahon kamer-cholg‘u musiqasiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Fortepiano 
uchun yozgan miniatyuralari va lirik romanslari ham o‘zgacha jaranglaydi, o‘ziga xos 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
763


ohanglar kashf etadi. P.I.Chaykovskiyning musiqasi lirik ko‘rinishga ega. 
Kengaytirilgan kuy asosiy ifoda vositasi bo‘lib, rus xalq qo‘shiqchiligiga xos bo‘lgan 
keng kuylash hamda inson nutqining jonli ifodali kuylovchanligi kabi xususiyatlarni 
o‘z ichiga qamrab oladi. P.I.Chaykovskiyning musiqasi yuqori saviyaga egaligi, shu 
bilan birga oddiyligi va ommabopligi jihatidan farqlanadi. Uning musiqiy asarlariga 
xos bo‘lgan garmoniya va shakl musiqaning mazmunidan kelib chiqadi. Rangdor 
badiiy tafsilotlarga boy bo‘lmasa ham, garmoniyaning turli-tumanligi, asarning 
barcha ifoda vositalari keskinlik va jo‘shqinlikka hamda uning uzluksiz rivojiga 
bo‘ysundirilgan, asarlarida sekvensiya usullaridan keng foydalanilgan. Faqat 
baletlarida emas, balki simfoniya, opera, kamer-cholg‘u va vokal musiqasida ham 
tez-tez raqs ritmlari, ayniqsa vals ritmi yangraydi. Glinka kabi u ham boshqa 
xalqlar - ukrain, italyan, farang xalqlarining qo‘shiq va raqs kuylarini nozik his qiladi. 
B.V.Asafev P.I.Chaykovskiyning musiqasini shunday talqin qiladi: 
«Tinglovchi 
go‘yo shularni his etadi: musiqa ham unib-o‘sadi, gullaydi, hissiyotlar ham xuddi 
o‘zining qarama-qarshiligiga murojaat etib yana o‘zining tanish qiyofasini qabul 
qilganidek boyiydi, unda qayg‘u va shodlik, yorug‘lik va zulmat, sevgi va nafrat 
o‘zaro qiyoslanadi, asta-sekin rivojlanish jiddiylik bilan bog‘lanadi».
Opera 
kompozitori sifatida Chaykovskiyning ijodiy yo‘li murakkab va mashaqqatli kechdi. 
U tashqi harakatning maroqli bo‘lishini talab qiladigan, reallikdan uzoq, 
ideallashtirilgan romantik qahramonlarni emas, balki o‘zining zamondoshlariga yaqin 
bo‘lgan odamlarni tasvirlaydigan, hayotni boricha qabul qilishga asoslangan realistik 
lirik operani yaratishga intiladi. U bunday badiiy natijaga faqat beshinchi, ya’ni
«Yevgeniy Onegin» operasidagina erishadi. 
Chaykovskiy operalaridan farqli o‘laroq, ilk simfonik asarlarida o‘ziga xos 
bo‘lgan til va uslubni belgilab oladi. Simfonik turkumning yangi talqini, 
cholg‘uchilikdagi yangi uslub hamda garmonik rejalaridagi qatiylik birinchi 
simfoniyasidayoq tug‘iladi va shu tariqa u o‘zigagina xos bo‘lgan musiqa uslubini 
yaratadi. Chaykovskiy ijodining tadqiqotchisi bo‘lgan I.V.Tumanina shunday deb 
yozadi: 

Download 331,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish