47
15-rasm.
OPEK tashkilotiga a’zo davlatlar (2018-y.).
Davlatlar orasida, 2016-yil yakunlariga ko‘ra, neft qazib olish bo‘yicha
Saudiya Arabistoni (583 mln. t), Rossiya (548 mln. t), AQSH (537 mln. t),
Kanada (220 mln. t) hamda Eron (200 mln. t) yetakchilik qiladi.
Mazkur
davlatlar hissasiga umumiy qazib olingan neftning 48,3 % i to‘g‘ri keladi.
Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft
eksportyorlari hisoblansa, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa davlatlari esa
asosiy neft sotib oluvchi davlatlardir.
Gaz sanoati
tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg‘ilar-
dan sun’iy gaz olish, gazdan kimyoviy mahsulotlar ajratishni o‘z
ichiga
oladi. Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan bir qancha
afzalliklarga egadir. Boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib
olish osonligi va arzonligi, issiqlik
berish quvvatining yuqoriligi, trans-
portabelligi, neft va ko‘mirga nisbatan ekologik jihatdan tozaligi kabi
holatlar gaz konlarini izlash va ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat
qaratili shiga sababchi bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning umumiy geologik zaxirasi,
taxminan, 180
trillion m
3
ni tashkil etadi. Yillik qazib olish hajmi 3,6 trln. m
3
ga teng
(2016-y.). Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo,
Shimoliy Amerika, Yevropa
mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida esa AQSH (749 mlrd. m
3
)
Rossiya (641 mlrd. m
3
), Eron (190 mlrd. m
3
), Qatar (182,8 mlrd. m
3
),
Kanada (174 mlrd. m
3
) kabilar peshqadamlik qiladi.
http://eduportal.uz
48
So‘nggi yillarda gaz eksportida suyulti-
rilgan gaz bilan savdo qilish katta ahamiyat
kasb etmoqda (16-rasm). Tabiiy gaz suyuq
holatga o‘tkazilishi jarayonida o‘rtacha hi-
sobda 600 marotabagacha siqiladi.
Bu esa
juda katta miqdordagi gazni tashish imko-
nini beradi. Natijada maxsus gaz tashuvchi
tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport
qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Jahonning
30ga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz
ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malay-
ziya kabi davlatlar
ular orasida yetak chilik
qiladi. Yaponiya, Koreya Respublikasi,
Xitoy kabi davlatlar suyultirilgan gazning
asosiy iste’molchilaridir.
Ko‘mir sanoati
yoqilg‘i-energetika tarmoqlari
orasida eng birinchi
shakllangan tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq ko‘p mablag‘ va ishchi ku-
chi talab etuvchi soha hisoblanib, uning mahsulotlaridan elektr energeti-
ka, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.
Hozirgi vaqt-
da qazib chiqarilayotgan ko‘mirning asosiy iste’molchisi issiqlik elektr
stansiyalaridir. Qazib chiqarilayotgan ko‘mir, asosan, o‘sha davlatlarning
o‘zida iste’mol qilinadi. Qazib chiqarilayotgan ko‘mirning atigi 10 % i
eksportga chiqarilmoqda.
Jahon bo‘yicha deyarli 7,3 mlrd. t. ko‘mir qazib olinadi (2016-y). Qa-
zib olingan ko‘mirning 75 % dan ortig‘i Xitoy (3242 mln. t), Hindiston
(708 mln. t), AQSH (672 mln. t), Avstraliya (503 mln. t),
Indoneziya
(460 mln. t) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elektr energetika sanoati
elektr energiyasini ishlab chiqarish va is-
te’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi vaqtda jahonda, taxminan, 25 trln. kW·h elektr energiyasi
ishlab chiqarilmoqda (2016-y.). Xitoy (6,17 trln. kW·h), AQSH (4,4 trln.
kW·h), Hindiston (1,4 trln. kW·h), Rossiya (1,1 trln. kW·h), Yaponiya
(1,0 trln. kW·h) elektr energiyasini eng ko‘p ishlab chiqaruvchi davlatlar
hisoblanadi.
Ma’lumki, elektr energiyasi ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro
va atom elektr energetika tarmoqlari) va noan’anaviy (quyosh, shamol,
Do'stlaringiz bilan baham: