Ozuqali muhitlar va mikroorganizmlarning undirish usullari



Download 141,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana12.03.2022
Hajmi141,07 Kb.
#491730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ozuqali muhitlar va mikroorganizmlarning undirish usullari.

go’sht-pepton agari
keng 
qo’llaniladi. Go’sht-pepton agari toza mikrob kul
ь
turalarini ajratib olish va saqlash 
uchun ishlatiladi. Bu muhitni tayyorlamoq uchun go’sht-pepton bul
ь
oniga 2-3 %
agar-agar (dengiz suv o’tlaridan olinadigan mahsulot) qo’shiladi va doim 
aralashtirib turib qaynatiladi. Agar-agar suyulgach (suyuqlanish harorati 90-100
0

bir qavat paxtada suziladi (fil
ь
trladi) va probirkalarga, flakonlarga, kolbalarga 
quyilib, avtoklavda 120° haroratda 15-20 minut sterillanadi. Probirkalarni 
qiyshaytirib yoki tikka qo’yib, agar sovitiladi, natijada qiyshiq agar va ustun 
shaklidagi agar hosil bo’ladi. Agar-agar 42-44° haroratda qotadi, shuning uchun 
termostat haroratida bu muhit zich turaveradi. Ba’zan maxsus maqsadlar uchun 
bul
ь
onga agar-agar o’rniga jelatina (10-15%) qushiladi (jelatina hayvonlarning 
tog’ay va suyaklarini qaynatish yo’li bilan tayyorlanadi). Jelatina 24-25° haroratda 
eriydi va 22° dan past haroratda qotadi. SHuning uchun mikroblarni termostat 
haroratida (37°) jelatinada undirib bo’lmaydi. 
Sobiq hamdo’stlikdagi institutlarda ishlab chiqarilayotgan quruq oziqli 
muhitlar (oddiy va murakkab turlari) so’nggi yillarda keng rasm bo’ldi. Bu 
muhitlar afzal, chunki ishlatishga qulay, standart bo’lib, osongina tayyorlanadi, 
uzoq saqlanadi va istagan masofaga yuborilsa bo’laveradi. 
Mikroblarni undirish texnikasi.
Tekshirish xususiyatiga va 
manbaning xiliga qarab, mikroblar suyuq yoki qattiq oziqli muhitlarga ekiladi. 
Mikroblarni ekish vaqtida oziqli muhitga havodan yot mikroblarni tushirmaslik 
chorasi ko’riladi. Buning uchun ekish texnikasita to’la-to’kis rioya qilish zarur. 
Mikroblar yoqib qo’yilgan spirt lampasining bevosita yonida turib ekiladi, 
qovuzlaq (bakterial ilmoq), pipetkaning uchlari shu lampaning alangasiga tutib 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


sterillanadi, probirkani ochgan va yopgan vaqtda chetlari alangaga tutiladi, 
shuningdek paxta tiqinlarni probirkalarning og’ziga tiqishdan ilgari ular ham 
alangaga tutib qizdiri6 olinadi. Mikroblar undirilgan probirkalarga havodan yot 
mikroblar tushirmaslik uchun bu probirkalar chap qo’lning bosh barmog’i bilan 
ko’rsatkich barmog’i orasida qiyshaytirib ushlanadi. Probirkalarning og’ziga tiqib 
qo’yilgan paxta tiqinlar o’ng qo’lning nomsiz barmog’i va jimjilog’i bilan 
chiqariladi. Bir tiqin shu barmoqlar orasida, ikkinchi tiqin esa jimjiloq bilan kaft 
orasida ushlab turiladi. Probkalarni chap qo’l barmoqlari bilan (ko’rsatkich 
barmog’i bilai o’rta barmog’i, o’rta barmog’i bilan nomsiz barmog’i o’rtasida) ham 
ushlash mumkin. Manba olishda, shuningdek mikroblarni ekishda chakqon harakat 
qilinadi. 
Mikroblarni suyuq muhitlarga qovuzloq (petlya), Paster pipetkasi yoki 
darajalangan pipetkada ekiladi. Suyuq manbani pipetkalar bilan tomiziladi, quyuq 
manbani esa sterillangan qovuzloqda olib, probirka devoridagi muhit sirtiga biroz 
surtiladi, so’ngra probirkani bir oz qiyshaytirib yoki silqitib olinadi yoki 
qovuzloqni bul
ь
onga botiriladi. Mikroblar ekilib bo’lgach qovuzloqni lampa 
alangasiga 
albatta 
tutib, 
cho’g’ 
holiga 
keltiriladi, 
pipetkalarni 
esa 
dezinfeksiyalovchi eritmalarga botirib qo’yiladi. 

Download 141,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish