Yorug‘likka talabi. Dukkakli don ekinlari ana shu belgisiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1) uzun kun o‘simligi - ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyopin, kun uzayishi bilan ularning o‘suv davri qisqaradi; 2) qisqa kun o‘simligi-soya, loviya, moshning ayrim turlari, yorug‘ kun qisqarishi bilan ularning o‘suv davri qisqaradi; 3) neytral o‘simliklar guruhi -loviya va no‘xatning ko‘p navlari kiradi.
Burchoq bilan no‘xat qurgoqchilikka juda chidamli hamda bruxus kasalligidan kam kasallanadi, shuning uchun ularning ekin maydoni janubga va janubiy sharqga tomon surilib bormoqda. Bu yerda ko‘k no‘xatdan ko‘pincha kam hosil olinadi. Janubda esa loviya va soya ko‘p tarqalgan. Burchoqning o‘suv davri uzoq bo‘lib, u harorat va namda juda talabchan.
Tuproqqa va oziq; moddalarga talabi. Tarkibida yetarli miqdorda fosfor, kaliy, kalsiy bo‘lgan kuchsiz kislotali yoki neytral soz va qumoq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi.
Ular kislotali tuproqlarda yaxshi usmaydi va ohakka talabchan, chunki tuproqdan ko‘p kalsiy o‘zlashtiradi. Juda serpam sizot suvlari yoza joylashgan va yengil qumtuproqlar dukkakli don ekinlari uchun yaroqsiz bo‘ladi. Lyopin bundan mustasno, u kislotali va qum tuproqli yerlarda ham yaxshi o‘sadi. Asosiy yg‘it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy solinadi. Ular o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga, ildizda azottuplovchi bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. Ba’zi dukkakli don ekinlari (lyopin, ko‘k no‘xat, soya) tuproqdagi qiyin eriydigan fosfatlar tarkibidagi fosforni yaxshi o‘zlashtirishini hisobga olib, ularga fosforit kukunini solish mumkin.
Fosforli o‘g‘itlar dukkakli ekinlar uchun katta ahamiyatga ega. Lekin tuproq unumdorligini ortib borishiga va o‘simliklarning fosfatlar bilan ta’minlanishiga qarab fosforning ahamiyati birmuncha kamayadi va kaliyli vitaminlarning ahamiyati oshadi.
Azotli o‘g‘itlar masalasi bir oz murakkabroq, azotli o‘g‘itlarni dukkakli don ekinlariga solish mumkin emas, chunki ularni uzi havo azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksasiyasini bushashtiradi deb hisoblanar edi. Lekin keyiigi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar (M.V.Fedorov, V.V.Bernard, G.SHmidt, L.M.Dorosinskiy va N.M.Lazerev) dukkakli don ekinlari azot fiksasiyalari xususiyatiga qaramay, ildizda tugunaklar hosil bulguncha dastlabki o‘sishda kichikroq dozadagi azotga (gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi, deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |