5 - jadval
Don ekinlarini fenologik kuzatish
Ekin nomi
|
Ekish muddati
|
Fazalarning davomiyligi, kun
|
unib chiqish
|
tuplanish
|
naychalash
|
gullash
|
pishish
|
Bug’doy
|
|
|
|
|
|
|
Arpa
|
|
|
|
|
|
|
Suli
|
|
|
|
|
|
|
Javdar
|
|
|
|
|
|
|
Tritikale
|
|
|
|
|
|
|
Makkajo’xori
|
|
|
|
|
|
|
Oq jo’xori
|
|
|
|
|
|
|
Tariq
|
|
|
|
|
|
|
Topshiriq:
1. Oziqabop donli ekinlar, vakillarini bilish va ularning xususiyatlari xamda farqlarini yozib olish.
2. Donli yem - xashak o’simliklarini morfologik xususiyatlarini (ildiz, poya, barg, gul meva) o’rganish va rasmini chizish.
3. Donli ekinlari morfologik belgilarini o’rganish.
4. Talabalar ajratish taxtachasidagi g’alla ekinlarini donlarida po’stlilik, donning shakli, egatcha va popuklarning borligiga qarab g’alla ekinlarining turlarini aniqlaydilar va ularning belgilarini quyidagi jadvallarga yozib oladilar.
BLITS-SO’ROV savollari:
1. G’allasimon donli ekinlar vakillarini sanab bering?
2. Donli ekinlar nechta guruhga bo’linadi?
3. Haqiqiy don ekinlarini sanab bering?
4. Tariqsimon don ekinlarini sanab bering?
5. Haqiqiy va tariqsimon don ekinlarini bir-biridan farqini aytib bering?
6. G’allasimon don ekinlarini morfologik tuzilishini aytib bering?
7. G’allasimon don ekinlarini barg qini va barg yaprog’ini tutashgan joyida nimalari bo’ladi.
8. Donli ekilarning pishish fazasi necha davrga bo’linadi?
9. G’allasimon don ekinlarini rivojlanish fazalarini aytib bering?
10. G’allasimon don ekinlar orasida qaysilarida bahargi, kuzgi va duvarak shakillari bor?
3-амалий машғулот
Xashaki don-dukkakli ekinlarning umumiy morfologik xususiyatlari
Ishning maqsadi: Talabalarga dunyoda va O’zbekistonda keng tarqalgan dukkakli don ekinlarining vakillari bilan tanishtirish. Ularning farqlarini, morfologik xususiyatlarini o’rgatish. Oziqa ekini sifatida ahamiyatlarini bilish.
Kerakli jihozlar va o’quv qo’llanmalari: Don-dukkakli ekinlarning gerbariysi, don va maysalarining namunalari, jadvallar, rangli rasmlar, darslik, uslubiy qo’llanmalar .
Dukkakli don ekinlariga ko’k no’xat, no’xat, soya, mosh, loviya, yasmiq, burchoq, xashaki dukkak, vigna, lyupin, vika kiradi. Ularning hammasi dukkaklilar - oilasiga mansub. Biol ogiyasi, o’stirish texnologiyasi, oling an mahsulot sifati bo’yicha bu ekinlar o’xshash.
Dukkakli do n ekinl ari do n ekinl arig a nisbat an o qsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don hosili beradi вa tug anak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o’zlashtirish xususiyatiga eg a.
Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo’jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi: 1) Don yetishtirishni ko’paytirish; 2) O’simlik oqsili muammosini hal yetish; 3) Tuproq unumdorligini o shirish.
Ularning do nida o qsilning miqdori 25 - 50 % bo’l adi. Sifatli t ayyorlang an dukkakli do n ekinl arining somo nida 8- 14 % oqsil bo r, do n ekinl arinikid a esa 3- 4 %. Ammo ul arning somoni ho zirg a qadar o ziqa sifatid a ishl atilm aydi.
Ma’lumotl arg a ko’ra 1 kg hayvon oqsili olish uchun 5-7 kg, ba’zan 8-9 kg o’simlik oqsili sarfl anadi. Oziqa moddal arni yo’qolishi ularni tayyorlash davrida 20-30 % tashkil qiladi. Bu oqsil tanqisligini yana kuchaytiradi. Zootexnik me’yorlarig a ko’ra bir energetik oziqa birligi (EOB)da 110-115 g hazmlanadigan oqsil bo’lishi kerak. Hozirda chorvachilikda foydalaniladigan bir oziqa birligida 85 g hazmlanadigan oqsil bor.
Dukkakli do n ekinl arining urug’ida o qsil ko’p, arpa va sulining 1 o.b.da hazml anadig an oqsil 70 va 63 g., ko’k no’xat, vika, soyada 160, 186, 300 g . yetadi. Shuning uchun dukkakli do n ekinl ari ajoyib o ziqa v a o ziq-ovqat ekinlari bo’lishi bil an bir qatord a boshqa o ziqal arning ham qimmatini oshir adi.
Ildizi. Don-dukkakli ekinlarning ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqda 2 metr chuqurlikka kirib boradi, asosiy miqdori tuproqning 30 sm chuqurligigacha joylashadi. Dukkakli ekinlarning ildizida tuganaklar bo'ladi, bu tuganaklarda havo azotini o'zlashtiradigan bakteriyalar - Rizobium yashaydi. Ekinlarning turiga qarab ildizda bakteriyalami har xil tur xillari bo'ladi. Tuganaklar shakli va kattaligi bilan farq qiladi. Tuganaklar yirik va ko‘p bo'lsa, demak havo azoti yaxshi o'zlashtiriladi va tuproqda ancha azot to'planadi. Ekinlarning ildizida tuganaklar yaxshi rivojlanishi uchun urug'lar ekilishidan oldin sun’iy maxsus bakteriya yuqtiriladi. Bu bakteriyali o'g'it nitragin deb ataladi.
Poyasi. Dukkakli ekinlarning poyasi o'tsimon tik yoki chirmashib o'sadi, tukli va tuksiz bo'ladi. Masalan, no'xat, xashaki dukkaklar, soya ekinlarining poyasi tik o'sadi, ko'k no'xatni poyasi chirmashib o'sadi. Dukkakli ekinlarning poyasi shoxlanadi. Yon shoxlar barg qo'ltiqlaridan o'sib chiqib ikki xil bo'ladi: monopodial va simpodial. Monopodial shoxlar poyada pastdan yuqoriga qarab rivojlanadi, simpodial shoxlar esa yuq oridan pastga qarab rivojlanadi, bu holda asosiy poyani uchki qismida gulto'plam hosil bo'ladi.
Barg. Barcha dukkakli don ekinlarining bargi tuzilishi bo'yicha birbiridan ancha farq qiladigan 3 ta guruhga bo'linadi:
Uchtalik barglar - loviya, maxalliy loviya.
Patsimon barglar:
A) juft patsimon - ko’k no’xat, yasmik, burchoq, vika;
B) tok patsimon - no’xat.
Panjasimon barglar lyupin.
Patsimon barglar juft va toq patsimon bo'ladi. Toq patsimon barglarning uchida toq yaproqchasi bo'ladi. Juft patsimon burglar uchida yirik-mayda va har xil darajada shoxlangan jingalaklar mavjud. Ba’zi bir ekinlar jingalaklar yordamida tayanch o'simlikka o'ralib o'sadi.
Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz bo'lishi mumkin. Bargning asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo'ladi. Yon bargchalarga qarab ekin turlarini aniqlash mumkin.
Gul. Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat holda barg qo'ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shakldagi gulto'plam hosil qiladi. Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon bo'ladi, gullar ikki jinsli bo'lib, 5 ta gultojibargdan tashkil topgan. Gultojibarglar har xil bo'ladi, eng yirigi yelkan, yon tomondan ikkita kichikrog‘i qanot va pastki cheti bilan bir-biriga tutashib o‘sgan, ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi.
Changchisi 10 ta bo‘lib, to‘qqiztasi tutashib o'sadi, o‘ninchisi erkin o'sadi.
Meva. Gullar changlangandan keyin tugunchasi o‘sib mevaga aylanadi. Mevasi dukkak deyiladi. Mevada kalta bandga joylashgan urug'lar mavjud. Ko‘pchilik dukkakli don ekinlari yetilganda dukkagi uzunasiga chatnaydi, urug’i sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no‘xat, yasmiq, oq lyupin) mevasi chatnamaydi.
Dukkakning shakli cho‘zinchoq, romb shaklida, silindrsimon, buyraksimon, yuzasi silliq, burushgan, tukli yoki tuksiz bo‘ladi. Dukkakda bittadan o‘ntagacha urug‘ bo‘ladi.
Urug'i. Dukkakli don ekinlarining urug'i qo‘ng‘irboshli don ekinlaridan farq qilib urug‘i dukkagining ichida joylashadi. Urug’ qalin po‘st bilan qoplangan, uning yuzasi ekin turiga qarab silliq, yaltiroq, burishgan bo‘ladi. Urug‘ning ustida turlarni bir-biridan ajratishga yordam beradigan har xil belgilari bo'ladi. Shulardan biri urug’ kertigi, urug’i bandining urug’ rivojlanib chiqadigan urug’ kurtakka birikadigan joyidir.
Urug’ yetilganda ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. Dukkakli don ekinlari urug‘ kertigining katta-kichikligi, rangi, shakli va holati bilan bir-biridan farq qiladi. Urug‘ qobig‘ining tagida murtak joylashgan. Dukkakli ekinlarda qo‘ng‘irboshli don ekinlari kabi endosperm bo'lmaydi. Murtak rivojlanishining birinchi davrida zarur oziq moddalar uning o‘zida, urug‘ palla barglarida zaxira holda to'planib boradi.
Dukkakli o‘simliklar urug'ining murtagi urug'ning ikkita yarmidan iborat bo‘lgan, ikkita urug‘palladan tashkil topgan bo‘lib, ular bir tomondan ochiladi, ikkinchi tomonidan esa urugi kertigi yonida tutashgan bo‘ladi. Urug‘ pallalar urug’ kertigi bilan tutashgan joyda murtak ildizchasi bilan kurtakcha bo'ladi. Ba’zi dukkakli ekinlar urug'ining kurtakchasi ancha baquvvat rivojlangan va dastlabki ikkita chinbarg boshlang'ichiga ega bo'ladi, o'simlikning o'sish nuqtasi shulaming orasida bo'ladi. Urug'ning tuzilishini bo'rtgan urug'lardan ko'rish eng qulay bo'ladi. Bunday urug'laming po'sti oson ajraladi va murtagining barcha qismi yaxshi ko'rinib turadi.
Topshiriq:
1. Dukkakli-don ekinlarining morfologik xususiyatlarini o’rganib daftarga yozib borish.
2. No’xat, soya, loviya, yasmiq va burchoqni asosiy turlari va navlari farqlarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |