О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

(C
6
H
10
O

)+hH
2


nC
6
H
12
O
6

Ikkinchi  bosqichda  bakteriyalar  glyukozani  moy  va  sirka  kislotalari  (CO
2

gacha, gidrogen va metan gazlarigacha bijg‘itadi. 
Hosil  bо‘lgan  mahsulotlarning  turiga  qarab,  bu  jarayon  gidrogenli  yoki 
metanli  bijg‘ish  deb  ataladi.  Sellyulozaning  bijg‘ishida  bakteriyalarning  quyidagi 
turi qatnashadi: 
1.  Gidrogenli  bijg‘ishda  batsillus  sellyuloza  gidrogenikum  (Bacillus 
cellulosae hidrogenicum) nomli bakteriya qatnashadi. 
Bu  bakteriyaning  uzunligi  10–12  mikron  keladi.  Sporalari,  vegetativ 
hujayraning  bir  qutbida  joylashganligi  sababli,  baraban  tayoqchasiga  о‘xshab 
kо‘rinadi. 
2.  Metanli  bijg‘ishda  batsillus  sellyuloza  metanikus  (Bacillus  cellulosae 
methanicus) nomli bakteriya qatnashadi. Reaksiya vaqtida vodorod о‘rniga metan 
gazi ajralib chiqadi. 
Metanli  bijg‘ishda  qatnashadigan  batsillalarning  hujayra  hajmi  gidrogenli 
bijg‘ishda ishtirok etadigan batsillalarning hajmidan kichik bо‘ladi. 
Odam  ahlatida  uchraydigan  batsillus  sellyuloza  dizolvens  (Bacillus 
cellulosae  dessolvens)  nomli  batsilla  ham  kletchatkani  parchalashda  qatnashadi. 
Uning  uzunligi  12  mikron  bо‘lib,  u  oval  shaklda  spora  hosil  qiladi.  Sellyulozani 
31–51

C  da  parchalab,  moy  va  sirka  kislotalari,  etil  spirt,  karbonat  angidrid  va 
vodorod hosil qiladi. 
Batsillalarning  sporalari  100

C  haroratda  50  minut  qaynatilganda  ham 
tiriklik xususiyatlarini saqlab qoladi. 


58 
 
Yuqorida  aytib  о‘tilgan  mikroblar  sellyulozani  anaerob  sharoitda  bijg‘itadi, 
shuning uchun ular obligat anaerob bakteriyalar deb ataladi. 
Aerob  sharoitda  yashovchi  miksobakteriyalardan  sellfalsikula,  sellvibrio 
(Cellfalcicula, cellvibrio) va aktinomitsetlar sellyulozani parchalashda qatnashadi. 
Bu  tirik  organizmlar  birinchi  galda  sellyulozani  shakarga  gidrolizlab,  keyinchalik 
shakarlarni karbonat angidrid va suvgacha oksidlaydi. 
О‘simlik tanasida doimo uchrab, о‘simlik hujayralarini bir–biriga yopishtirib 
turadigan moddaga nemis olimi Erlix pektin (studen) deb nom bergan. 
Pektin sovuq suvda erimasa ham, suv qо‘shib qaynatilganda gidrolizlanadi. 
Natijada  65%  gidropektin  va  35%  araban  (arabinoza  angidrid)  hosil  bо‘ladi. 
Gidropektinning asosiy qismini pektin kislota tashkil etadi. 
Pektinning  bijg‘ishida  qatnashadigan  bakteriyalar  pektinaza  degan  ferment 
ishlab chiqaradi. 
Pektinning  bijg‘ish  jarayonidan  zig‘ir,  nasha,  kanop  va  boshqa  tolali 
о‘simliklarning  tolalarini  ajratib  olishda  foydalaniladi.  Bu  jarayon 

 
ivitish
  deb 
ataladi. Ivitish usuli suvli va shudringli ivitishlardan iborat ikki xilga bо‘linadi. 
Suvli  ivitishda  anaerob  bakteriyalar  qatnashadi.  Bu  jarayonda  asosan 
klostridium 
pektinovorum 
(Clostridium 
pectinovorum) 
va 
klostriddium 
felg‘zineum (Clostridium felsineum) nomli bakteriyalar ishtirok etadi. 
2.  Shudringli  ivitishda  aerob  bakteriyalar  va  mog‘or  zamburug‘lari 
qatnashadi.  Suvli  ivitishga  nisbatan  shudringli  ivitish  juda  sekin  о‘tadi.  Agarda 
ivitish  vaqtida  mukor  stolonifera  (mucor  stolonifera)  nomli  mog‘orli  zamburug‘i 
ishtirok  etsa,  u  holda  jarayon  tezlashadi.  Chunki  bu  zamburug‘  haroratning  past 
bо‘lishiga  qaramasdan,  kuz  faslida  tо‘kilgan  barglarni  ham  osonlik  bilan  chirita 
oladi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish