42
Tabiiy
sharoitlarda,
shu
jumladan
oziq-ovqat
mahsulotlarida,
mikroorganizmlarning turli vakillari birgalikda rivojlanadilar. Ular orasida qaror
topgan o’zaro taosir va munosabat turlicha bo’ladi. Ayrim hollarda ikki yoki undan
ortiq mikroorganizm turlarining birgalikda hayot kechirishi o’zaro foydali bo’lishi
va, hatto, birgalikda ular yakka holda hayot kechirganlaridan yaxshiroq hayot
kechirishlari mumkin. Bunday o’zaro taosir simbioz deyiladi. Simbiontlar orasida
mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlarining o’zaro almashtirib o’zlashtirishi
ham kuzatiladi. Simbiozga misol qilib sutachitqi bakteriyalari va achitqi
zamburug’larining birgalikda rivojlanishlarini keltirish mumkin. Sutachitqi
bakteriyalari sut kislota sintez qilib achitqi zamburug’lari uchun qulay sharoit
yaratadilar. Achitqi zamburug’i hayot faoliyatining ayrim mahsulotlari (masalan,
vitaminlar) sutachitqi bakteriyalari tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari,
achitqi zamburug’lari kislotani o’zlashtirib muhit kislotaligini tushiradilar va
sutachitqi bakteriyalari rivojlanishi uchun qulay sharoit tug’diradilar. Bu
mikroorganizmlarning simbiotik rivojlanishi ayrim sutachitqili mahsulotlar (qimiz,
kefir) ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Birgalikda rivojlanishi o’zaro foyda ham zarar ham keltirmasa, bunga
kommensalizm deyiladi. Bunga odam organizmining normal mikroflorasi misol
bo’ladi.
Birgalikda rivojlanish bitta organizmga foyda keltirib, ikkinchisiga keltirsa
bunga parazitizm deyiladi. Parazitlar bo’lib odam, hayvon, o’simliklarning
kasalligini qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar, tirik bakteriya hisobida yashovchi va
uni yemirovchi bakteriofaglar hisoblanadi.
Mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan o’zaro taosir turlaridan bir mikrob
hayot faoliyati natijasining ikkinchi mikrob hayot rivojlanishi uchun qulay sharoit
yaratishini misol qilib keltirsa bo’ladi. Bunda birinchi mikrob ikkinchi mikrob
hayot faoliyati natijasida hosil bo’lgan mahsulot bilan ozuqlanadi va unga zarar
yetkazmaydi. Bunday o’zaro taosir metabioz deyiladi. Masalan, oqsillarni oddiy
birikmalargacha parchalovchi mikroorganizm bu qobilyatga ega bo’lmagan
mikroorganizm uchun qulay azot manbai yaratadi. Turli mikroorganizmlarning
birgalikda yashashi bir moddaning navbat bilan boshqa moddaga aylantirishga
asoslangan.
Masalan,
achitqi
zamburug’lari
qandlarni
etil
spirtigacha
parchalaydilar. Etil spirtini esa sirka achitqi zamburug’lari sirka kislotasigacha
oksidlaydilar. Sirka kislota esa o’z navbatida mog’orlar tomonidan o’zlashtiriladi.
Mikroorganizmlar orasida antagonistik o’zaro taosir ham tarqalgan. Bu
usulda bir mikrob turi ikkinchisining rivojlanishini to’xtatib qoyishi va, hatto,
o’limigacha olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: