О‘zr oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i Buyruq №434 2017



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/244
Sana11.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#349515
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244
Bog'liq
qishloq xojalik biotexnologiyasi va mikrobiologiya

Fizik  omillar. 
Namlik  —  mikroorganizmlar  hujayrasida  bir  murakkab, 
makromoddalar  parchalansa,  boshqa  bittasi  kichik  molekulalardan  paydo  bо‘ladi. 
Har  ikkala  jarayon  ham  kо‘plab  biokimyoviy  jarayonlar  natijasida  amalga 
oshiriladi.  Bu  jarayonlarning  barchasi  faqatgina  suvli  muhitda  amalga  oshadi, 
xolos.  Suvsiz  muhitda  oziq  moddalari  hujayra  ichiga  kiraolmasliklari  sababli 
oziqlanish  tо‘xtaydi.  Mikroorganizmlarni  suvsizlikka  chidamliligi  ham  turli  xil 
bо‘ladi.  Quritilgan  holda  mikroorganizmlar  faoliyat  kо‘rsata  olmaydilar,  chunki 
suvsizlikda  barcha  kimyoviy  jarayonlar,  ya’ni  metabolizm  sekinlashadi  va 
tо‘xtaydi,  oqibatda  hayotiy  zarur  jarayonlar  tо‘xtab  anabioz  boshlanadi.  Bunday 
hujayralar namlanganda yoki suvli sharoitga о‘tkazilganda yana hayot boshlanadi, 
biokimyoviy  jarayonlar  tiklanib,  metabolizm  boshlanadi.  Mikroorganizmlarni 


40 
 
suvsiz  sharoitga  о‘tkazish  usuli,  ularni  va  ular  asosida  tayyorlangan 
biopreparatlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. 
Osmotik bosim - Mikroorganizmlarni hayoti uchun katta ahamiyatga molik 
omil  muhitni bosimi  bо‘lib, u  muhitda  erigan  moddalar  miqdori bilan  о‘lchanadi. 
Agar  oziqa  muhitida  erigan  moddalarni  miqdori  baland  bо‘lsa,  osmotik  bosim 
oshadi,  ba’zida  hujayra  ichidagi  suv  tashqariga  chiqa  boshlaydi,  hujayra 
suvsizlanadi,  tashqi  muhit  bilan  almashinuv  jarayonlari  buziladi,  oqibatda 
plazmoliz  boshlanadi  va  hujayra  nobud  bо‘ladi.  Kо‘pgina  bakteriyalar,  hujayra 
devorining о‘ziga xosligi va sitoplazmatik membranalarini boshqaruv funksiyalari 
tufayli  tuzlar  miqdoriga  unchalik  e’tibor  bermaydilar,  hatto  0,5-3,0%  -  li  tuzli 
eritmalarda  ham  yashayveradilar.  Ba’zi  bir  bakteriyalar  yuqori  osmotik  bosimda 
ham  mо‘tadil  ravishda  rivojlanib  kо‘payadilar.  Osh  tuzining  tо‘yingan  eritmasida 
rivojlanadigan bakteriyalar ham ma’lum. Bunday mikroorganizmlar osmofillar deb 
ataladi. 
Gidrostatik bosim -  Hamma  mikroorganizmlar ham gidrostatik bosimga bir 
xil chidamli emas. 100-140 MPa bosimga hamda chuqur vakuumga ham chidamli 
mikroorganizmlar  ma’lum.  Ammo  kо‘pchilik  mikroorganizmlar  ham  tabiiy  ham 
laboratoriya  sharoitlarida  mi’tadil  sharoitda,  ya’ni  oddiy  atmosfera  bosimida 
yashab, о‘sib, rivojlanadilar. 
Harorat  -  Mikroorganizmlarni  tashqi  muhit  haroratiga  chidamliligi  katta 
ahamiyatga ega. ×unki, harorat nafaqat, mikroorganizmlarni о‘sish tezligini, balki 
ularni  yashash  imkoniyatlarini  ham  belgilaydi.  Har  bir  mikroorganizm  о‘zining 
ma’lum  о‘sish  haroratiga  ega.  Mikroorganizmlar  о‘sish  va  rivojlanishning 
haroratga bog‘liqligiga qarab, uch guruhga bо‘linadilar:  

 
psixrofillar;  

 
mezofillar;  

 
termofillar.  
Psixrofil 
mikroorganizmlarni 
mi’tadil 
о‘sish 
harorati 
15-200S, 
mezofillarniki  25-270S,  termofillarniki  esa  500S  dan  oshmaydi.  Haroratni 
mikroorganizmlarga  nisbatan  о‘ldirish  imkoniyatiga  asoslanib,  pasterizatsiya  va 
sterillash jarayonlari ixtiro qilingan. Pasterizatsiya (fransuz olimi Lui Paster nomi 
bilan  bog‘liq)  mikroorganizmlar  saqlovchi  suyuqliklarni  60-700S  da  bir  necha 
daqiqa  qizdirishga  bag‘ishlangan  bо‘lib,  natijada  vegetativ  hujayralar  nobud 
bо‘lsada,  sporalar  tirik  holda  saqlanib  qoladi.  Sterilizatsiyada  esa  butun  tirik 
mikroorganizmlarni vegetativ hujayralari va sporalari nobud bо‘ladi. Sterilizatsiya 
yuqoriroq  haroratda  va  har  xil  bosimda  olib  boriladi,  u  haqda  ushbu  kitobning 
“Oziqa muhitini tayyorlash va sterilizatsiya qilish” bо‘limida batafsilroq tо‘xtalib 
о‘tilgan.  Past  harorat  ham  mikroorganizmlar  hayotiga  salbiy  ta’sir  kо‘rsatadi. 
Kо‘pchilik  hollarda  past  harorat  bakteriostatik  samara  kо‘rsatib,  bakteriyalar 
о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishini tо‘xtatib qо‘yadi. 
Yorug‘lik  -  Mikrorganizmlarni  rivojlanishiga  quyosh  yorug‘ligi  va  boshqa 
nurli  energiya  shakllari  о‘ziga  xos  ta’sir  kо‘rsatadi.  Quyosh  yorug‘ligi  (tо‘lqin 
uzunligi 300-1000 nm) faqat ma’lum bir guruh mikroorganizmlar uchungina ijobiy 
ta’sir kо‘rsatadi.  Bu  guruhga,  xlorofill  saqlovchi  bakteriyalar  kirib,  ular  yorug‘lik 


41 
 
energiyasidan  fotosintez  uchun  foydalanadilar.  Barcha  boshqa  bakteriyalar 
qorong‘uda  yaxshi  rivojlanadilar.  Mikroorganizmlarga,  kо‘rinmas,  qisqa  tо‘lqinli 
ultra  binafsha  nurlar  (tо‘lqin  uzunligi  10-300  nm)  eng  katta  ta’sir  kо‘rsatadilar. 
Ularni  ta’siri  ildiruvchi,  yoki  mutagenli,  ya’ni  irsiyatni  о‘zgartiruvchi  holatda 
bо‘lishi  mumkin.  Ionlashtiruvchi  radiatsiya  (tо‘lqin  uzunligi  10  nm  dan  kichik) 
ham ultra binafsha nurlari kabi yoki о‘ldiruvchi, yoki mutagen ta’sir etadi. Ammo, 
tabiatda  yuqori  meyorli  ultra  binafsha  yoki  ionlashtiruvchi  radiatsiya  nurlariga 
chidamli bakteriyalar ham kо‘plab uchraydi. Ulardan ba’zilari atom reaktorlaridan 
ajratilganlar. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish